• Doimiy narx
  • Auksion bahosi
  • Birja kotirovkalari
  • Mavzu: Past xarajatlar strategiyasi




    Download 112 Kb.
    bet4/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi112 Kb.
    #229037
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    М.Past xarajatlar strategiyasi

    Harakatlanuvchi narx - shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd etilgan va ma’lum sharoitda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra). Sirpanuvchi narx - bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda tayyorlanadigan mahsulotga belgilangan narx (masalan, kema). Shartnoma tuzilayotganda unda qayd etilgan narx ikkala tomonning kelishuviga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
    Vaqt omilini hisobga olgan holda doimiy va vaqtinchalik (mavsumiy) narxlar farqlanadi.
    Doimiy narx - bu amal qilish muddati kelishilmagan narx.
    Vaqtinchalik (mavsumiy) narx - bu vaqtning ma’lum davrida (mavsumda) amal qiluvchi narx.
    Mahsulotlarni yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra netto narx, brutto narxlar farqlanadi. Netto narx- bu tovarning “sof” narxi. Brutto narx (yalpi narx)- bu oldi-sotdi shartlarini hisobga olib, belgilangan narx (tovarlar bo‘yicha soliqlar, chegirmalar, “franko” turi, sug‘urta).
    Narxning yana bir necha turlari mavjud bo‘lib, narxlar mahsulot ishlab chiqarilgan rayondan iste’mol rayoniga tashish bilan bog‘liq transport xarajatlari kimning zimmasida bo‘lishiga qarab narxlar (Franko, FOB, FOS va hokazolar), mahsulot yetkazib beruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida qanday taqsim bo‘lishiga qarab bir-biridan farq qiladi.
    Bozorning turiga bog‘liq holda auksionlar, birja kotirovkalari narxi farqlanadi. Auksion bahosi - bu auksionda sotilgan tovarning real bahosi. Auksion bu-tovarni raqobatli savdo yo‘li bilan sotish usuli. Sotib oluvchi auksion ishtirokchilaridan minimal narxga erishilganlik sharti bilan eng yuqori narxni taklif qilgan odam bo‘ladi. Auksionlarda momiq-mo‘ynali tovarlar, choy, qadimgi predmetlar, qimmatbaho toshlar va b.lar kabi tovarlar sotiladi.
    Birja kotirovkalari -bu tovar birjalarida tuziladigan shartnomalar baholari. Ushbu bozor tovarni hozir kelishilgan narxda olish-sotishni, biroq uni ma’lum paytda yetkazib berishni ko‘zda tutadi. Birja tovarlari narxlari naqd savdo qiluvchi bozorning joriy narxlariga asoslanadi, lekin bundan tashqari ularda foiz stavkalari va inqiroz sur’atlarining o‘zgarishlari ham hisobga olinadi.
    Tovar birjalarida narxlari vaqti-vaqti bilan kuchli o‘zgarib turadigan tovarlar bilan operatsiyalar o‘tkaziladi. Haqiqiy tovar almashinishi yuz beradigan naqd pulli bozorlardan farqli ravishda tovar birjalarida faqat shartnomalar oldi- sotdilari o‘z o‘rniga ega.
    shartnomalar qo‘shimcha ustama xarajatlarsiz, vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning maqsadga muvofiqligini kuzatishdir. Xaridorning mahsulot sotib olishi jarayonidagi narx va qiymat o‘rtasidagi muvozanat jadvalda keltirilgan.

    Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha narx iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni bo‘lgan. Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va shuningdek, ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday yondashuv bugungi kunda ham adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx siyosatining roli tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga oid bo‘lmagan choralarga nisbatan tushmoqda. Shu munosabat bilan mutaxassislar bevosita narxga oid raqobatdan qochishni, narxga oid bo‘lmagan raqobatdan faol foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z o‘rnini qidirib topish, tovarni, uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni ishlab chiqish, reklama metodlari va vositalarini kengaytirish va savdoni rag‘batlantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya qilmoqdalar. Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga va tadbirkorning oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing




    Download 112 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 112 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Past xarajatlar strategiyasi

    Download 112 Kb.