• 6-rasm. Konussimon to‘rli yuzali separator
  • -rasm. Silindrik to‘rli yuzali separator




    Download 1,49 Mb.
    bet5/8
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,49 Mb.
    #243567
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Dilshoda

    5-rasm. Silindrik to‘rli yuzali separator.
    1-sidirgich; 2-to‘rli yuza; 3-sidirgich vali; 4-sidirgich o‘rnagan halqa; 5-kirish
    quvuri; 6-silindr shakldagi to‘rli yuza.
    Separatorning foydali yuzasi to‘r sirtiga joylashgan teshiklar soni yig‘indisihisoblanadi. Uni oshirish paxtani to‘r orqali so‘ruvchi aerodinamik kuchlarni kamaytirish imkonini beradi. Bu esa tolaning havo bilan chiqib ketishini
    kamaytiradi. Separator ishlaganda, paxta havo oqimi ta’sirida to‘r sirtiga yopishib qolishi sababli uning havo so‘rilishi mumkin bo‘lgan yuzasi kamayadi. Natijada, havoning so‘ruvchi kuchi kamayadi va ajratish kamerasida bosimning yo‘qolishi ko‘payadi. To‘rning havo so‘rilishi mumkin bo‘lgan yuzasini teshiklar shaklini o‘zgartirish orqali ham oshirish mumkin. Lekin, bunda to‘rli sirtning mustahkamligi kamayadi. Shuning uchun, to‘rli sirtning havo so‘rilishi mumkin bo‘lgan yuzasini oshirish uchun uning shaklini o‘zgartirish maqsadga muvofiq. Shu maqsadda konus shaklidagi to‘rli yuza ishlab chiqildi. Konussimon to‘rli sirtlar va (98-rasm) separator ajratish kamerasining yon tomonlariga o‘rnatilgan. Ular bir-biriga nisbatan uchli tomonlari qaragan holda joylashtirilgan. Avvalgi nazariy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra konussimon to‘rli sirt yuzasini qiya sidirgich bilan tozalash imkoniyati mavjud.

    6-rasm. Konussimon to‘rli yuzali separator.
    1-kirish quvuri; 2-ajratish kamerasi; 3-konus shaklidagi to‘rli sirt; 4-val; 5-
    sidirgich; 6-vakuum-klapan.

    Konussimon to‘rli yuzani separatorning ish jarayoni va ishchi qismlari SS-15A separatoriga o‘xshash. Konussimon to‘rli yuza CHortoq mexanika ustaxonasida tayyorlandi.Bugungi kunda paxta tozalash korxonalarida ishlatiladigan SX va SS-15A markali separatorlarning ishlashini tekshirib, quyidagi xulosaga keldik: SX separatorida asosiy kamchilik, kirish trubasining vakuum-klapan tomonga yo‘llangan kanali paxta bilan tiqilib qolishidir. Shuningdek, to‘rli yuzaning kirish trubasini qarshisida joylashishi paxtaning shu yuzaga kelib urilish ehtimolini ko‘paytiradi. Bunday bo‘lishiga asosiy sabab havoning ko‘p qismi kirish trubasining to‘rli yuza tomondagi qismi orqali so‘rilganligidir. Natijada chigitning sinishi va tola sifatining buzilishi ko‘payadi. Bundan tashqari to‘rli yuza bilan paxtani uchrashishi ko‘payganligi sababli havo va mayda iflosliklar bilan tolaning chiqib ketish ehtimoli ortadi. SS-15A separatorida to‘rli yuzaga umumiy paxtaning 25 foizi kelib urilishi


    isbotlangan. O‘tkazilgan dastlabki tadqiqotlarga asoslanib, bir qism tolaning havo oqimi ta’sirida mayda iflos aralashmalar bilan chiqib ketishi va aerodinamik qarshilik yuqoriligi sababli havo bosimi katta miqdorda yo‘qolishi aniqlandi. Bu kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri separator to‘rli yuzasi konstruksiyasining maqsadga muvofiq qilib ishlanmaganligidir. Separatorning ishchi kamerasida joylashgan to‘rli yuza qo‘zg‘almas bo‘lib, u doiraviy shaklga ega. To‘rli yuzaning teshiklari diametri 6 mm dan bo‘ladi.
    So‘ruvchi havo bilan aralashib, paxta separatorining ishchi kamerasiga kirishi bilan o‘zining inersiyasi ta’sirida vakuum-klapanga tushadi. Ishchi kameraga kirib kelgan paxtaning to‘rli yuzaga yaqinroq harakatlanayotgan qismi shu yuzaga yopishadi. To‘r teshiklariga chigit sig‘maydi, lekin paxtaning to‘rli yuzaga yopishtiruvchi havoning kuchi juda yuqori bo‘lganligi uchun, ayrim chigitlar bilan yaxshi bog‘lanmagan tolalar shu teshiklar orqali separatordan chiqib ketadi. Bundan tashqari, sidirgich bilan to‘r yuzasidagi paxtani ajratib olishda tolaning sifati buziladi, ya’ni chigitning shikastlanishxolatlari kuzatiladi. SHuning bilan birga separatorda havo bosimining ortiqcha yo‘qolishiga ham to‘r foydali yuzasining etarlicha katta bo‘lmagani sabab bo‘ladi. Separator to‘rining foydali yuzasini oshirish maqsadida bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Shu ishlardan birida sidirgich valiga to‘rli baraban o‘rnatish taklif qilingan. Baraban sidirgich vali bilan birga aylanadi va u orqali havo so‘riladi. To‘rli baraban yuzasiga yopishgan paxtani qo‘zg‘almas sidirgich bilan ajratib olinadi. Bunday o‘zgartirish bilan ma’lum darajada ijobiy samara olindi, ammo separator ishlagan vaqtida, to‘rli barabanning ichki qismini tozalash imkoni bo‘lmaganligi sababli, uning teshiklarida tez-tez tiqilib qolish xollari kuzatiladi. Konus shakldagi to‘rli yuza balandligini o‘zgartirish natijasida uning havoni so‘rishi mumkin bo‘lgan yuzasi maydonining o‘zgarishi va teshiklardan o‘tuvchi havo tezligi, shuningdek, havo bosimining yo‘qolishiga hamda tolaning to‘r orqali chiqib ketishiga ta’siri borligi aniqlangan.

    Download 1,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Silindrik to‘rli yuzali separator

    Download 1,49 Mb.