|
Mavzu: Paxtani tashishda ishlatiladigan rbd g’arambuzgich uskunasini takomillashtirish
|
bet | 1/6 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 4,26 Mb. | | #243576 |
Bog'liq Ibrohim
MAVZU: Paxtani tashishda ishlatiladigan RBD g’arambuzgich uskunasini takomillashtirish.
REJA
KIRISH
ASOSIY QISIM
Paxta xaqida umumiy ma’lumotlar.
Paxtani tashish vositalari
Paxtani g’aramdan buzib olishda ishlatiladigan RBD mashinasi haqida umumiy ma’lumotlar.
Taklif etilayotgan RBD uskunasining freezer qismini tuzulishi.
III XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
V. ILOVALAR
KIRISH
Dunyo bozorida tabiiy tolalar, ayniqsa paxta tolasiga bo’lgan talab yildan-yil oshib bormoqda. «Paxta bo’yicha Xalqaro konsultativ qo’mita (ICAC)» ma’lumotlariga qaraganda so’ngi yillarda jahon miqyosida 23,0 mln. tonna atrofida paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda, uning iste’moli esa 24,55 mln tonnani tashkil etmoqda. Intensiv ravishda ortib borayotgan aholi soni hisobiga paxta tolasi iste’moli va unga bo’lgan talabning istiqbolda ham ortib borishi kutilmoqdaя. Shunga ko’ra jahon miqyosida paxta mahsulotlari sifatini yaxshilash va tannarxini kamaytirish, paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida, shuningdek paxtani quritish, uni mayda va yirik iflosliklardan tozalash, paxta tolasini chigitdan ajratish, paxta xomashyosi va tolasini namlash jarayonlarida mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytiruvchi avtomatlashgan, resurstejamkor texnologiyalarni yaratish muhim vazifalardan bo’lib qolmoqda. Jahonda paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasining asosiy bosqichi sifatida, paxta tolasini chigitdan ajratish (jinlash) jarayoni, texnika va texnologiyasini rivojlantirishga yo’naltirilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo’nalishda, jumladan, paxtani jinlash jarayoni samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari yaratilmoqda, ilmiy hajmdor, avtomatlashgan, shuningdek zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni jadallashtirish orqali mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, mazkur sohani rivojlantirishning asosiy omillari sifatida, paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonida tola va chigitning dastlabki sifat ko’rsatkichlarini saqlash, jarayon energiya sarfini kamaytirish imkoniyatini beradigan, mahsulot sifatini boshqara oladigan ixcham texnologiyalarni, paxta tolasini chigitdan ajratuvchi va jarayonni paxta xomashyosi bilan ta’minlovchi uskunalarining sodda, kam material va energiya sarflaydigan konstruktsiyalarini yaratish zarur hisoblanadi. Respublikamizda paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, paxta tozalash sanoatini modernizatsiya qilish asosida ichki va tashqi bozorda paxta mahsulotlari sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, uning raqobatbardoshligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «… milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, … iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish» vazifasi belgilab berildi. Ushbu vazifani bajarishda paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlarini nazariy va amaliy o’rganish muhim masalalardan hisoblanadi. Mazkur o’quv qo’llanma 5320300 - “Texnologik mashinalar va jihozlar” (to’qimachilik, yyengil va paxta sanoati turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishidagi bakalavriatura talabalari uchun tasdiqlangan namunavaiy fan dasturi asosida yozilgan. Qo’llanma 27 ta mavzu va 302 sahifadan iborat. O’quv qo’llanmada “Pахtаni dаstlаbki Ishlаsh tехnоlоgiyasi vа jihоzlаri” fanidagi asosiy materiallar, o’quv reja soatlaridan kelib chiqqan holda keltirilgan. O’quv qo’llanmada “Pахtаni dаstlаbki Ishlаsh tехnоlоgiyasi vа jihоzlаri” ning predmeti, maqsad va vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari barcha mavzular namunaviy fan dasturiga mosligi, mavzular so’ngida esa, nazorat savollarini berilishi, talabalarga fanni oson o’zlashtirish imkonini beradi.
Paxtamiz rangi, tolasining uzunligi, pishiqligi va mikroneyr ko’rsatkichlari bilan xalqaro standartlarga to’la javob beradi. Bu uning jaxon tola bozorida xaridorligini ta’minlaydigan eng muhim jihatlardandir. Ammo, prezidentimiz ta’kidlaganidek, ushbu tolani o’zimizda qayta ishlab, tayyor maxsulot shaklida jaxon bozoriga olib chiqsak-chi? Daromad bir necha barobarga oshishi tabiiy. Qolaversa, paxta o’simligidan olinadigan yana yuzlab maxsulotlar ham borki, bularning barchasi iqtisodiy samarani bir necha barobarga oshiradi. Eng muhimi, ko’plab yangi ish o’rinlari yaratiladi [1].
Hukumаtimizning qo’llаb quvvаtlаshi nаtijаsidа pахtа tоzаlаsh tarmоg’idа pахtаni dаstlаbki ishlаshning tехnikа vа tехnоlоgiyasini tаkоmillаshtirish bo’yichа sеzilаrli o’zgаrishlаr ro’y bеradi Rеspublikаning bаrchа hududlаridаgi pахtа tоzаlаsh kоrхоnаlаri rеkоnstruktsiya vа mоdеrnizаtsiya qilish ishlаrini jadal suratda o’sib borada.
Tarmoq korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash jahon paxta bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda qo’l kelmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo’llash tufayli erishilgan asosiy yutuqlardan biri elektr energiyasining tejalishidir. Bir tonna tola ishlab chiqarishga sarflanadigan solishtirma energiya sarfi o’rtacha 25-27 foizga kamaydi. Tizimda qiyin tozalanadigan selektsiya navlariga mansub paxta xomashyosidan olinayotgan oliy va yaxshi sifatli tola ulushini ko’paytirish hamda jahon andozalariga mos mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ham qator yumushlar bajarilmoqda.
|
| |