O`qituvchining aktyorlik mahorati




Download 10,38 Kb.
bet2/2
Sana19.01.2024
Hajmi10,38 Kb.
#141437
1   2
Bog'liq
Mavzu Pedagogik texnika va aktiyorlikka xos xususiyatlar. Pedag-fayllar.org

O`qituvchining aktyorlik mahorati

Pedagogik texnikalar tizimiga o`qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta`sir ko`rsatadigan yana bir mahorat o`qituvchining aktyorlik va rejissyorlik mahoratidir. Xususan, adbiyot, odob, ma`naviyat asoslari, tarix fanlari o`qituvchilari uchun aktyorlik mahorati juda zarur. Ayrim mavzular, obrazlar, tarixiy qaxramonlarni tasvirlash, aktyorlik, tarbiyaviy ma`lumotlar so`rash, o`quvchilar vaoliyatini tashkil etishda o`qituvchidan rejissyorlik mahorati zarur. Bu ko`nikmalar o`qituvchiga yoshlar bilan muloqotda bo`lishda –o`quvchilarning intelektiga emas, balki ularning his-tuyg`ulariga ta`sir o`tkazishga, dunyoga hissiy jihatdan qimmatli bo`lish tajribasini o`rgatishda yordam beradi.


Pedagogik texnika xususiyatlari
Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o'qituvchining o‘quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko'nikma va malakalari o'qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda shakllanib boradi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida zarur so'z va gap ohangi, qarash, imo ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik v aziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik. aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabiqobiliyatiarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o‘qituvchj kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bogiiq.
0‘qituvchining shaxsiy “Mehnat professiograimnasi”ni ishlab chiqdilar. Olimlaming fikrlariga ko‘ra o‘qituvchi professiogrammasi o‘qituvchilarga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga oladi hamda har bir fan o‘qituvchisining alohida ixtisoslashgan xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradigan “o‘qituvchi-murabbiy professiogrammasi”da quyidagi hislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari mujassamlashgan bo‘lishini ta’kidlaydilar.
1) 0 ‘qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi,dilkashligi, mehnatsevarligi.
2) Kasbiga xos bilimlari: ta ’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, о 'quvchilarning yosh xususiyatlariga asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta ’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, otaonalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta bilishi.
3) Kasbiga xos hislatlari: milliy mqfkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’ana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi,o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini anglay olishi, pedagogik takt, nutq madaniyati.
4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg'ulotlarida zarurmateriallami tanlay olishi, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta ’lim-tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o'quvchilar ja moasini boshqara olishi.
5) Tashkilotchilik malakalari: o'quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli ziddiyatli vaziyatlarda ham о'quvchilar jamoasini boshqarishi, amaliy muammolarni hal etishda uddaburonligini namoyish eta olishi.
6) Kommunikativ malakalari: о ‘quvchilarni о 'ziga jalb etishni bilishi, o'quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogic muloqotlarni tashkil qilishi, о'quvchilarning jamoada о'zaro munosabatlarida bir xil muvozamtni tartibga solishi.
7) Gnostik malakalari: o'quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi, o'z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz о 'qituvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan О`rganib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan to'g ‘ri foydalana bilishi, о`quvchilar xulq-atvorini mukammal о ‘rganishi.
8) Ijodiy hislatlari: o'z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi, о'quvchilarni tarbiyalashda о 'z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o'quvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, o'quvchilarga pedagogik ta ’siri natijalarini oldindan ко ‘ra olishga intilishi.
Psixolog olimlaming fikricha, ushbu professiogramma yosh o‘qituvchilarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab, kasbiy mahoratlarini takomillashtirib borishlariga yordam beradi
XULOSA :
Hozirgi davr talablari nuqtai nazaridan, o'qituvchiga qo'yilayotgan javobgarlik hissi kengayib, murakkablashib bormoqda.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlaming yuksak natijalari
bevosita o'qituvchilarning qizg'in mehnati samarasiga bog'liq. Vatanimizning porloq kelajagi uchun yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib voyaga etkazishda o'qituvchining kasbiy bilimi, faoliyat
texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada bo'lishi kerak. 'Ta’lim to'g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq o'qituvchi o'zining ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar
ustuvorligiga doimo e’tibor berib kelishi lozim. O'qituvchining pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlashga, o'quvchilarning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishiga asoslangan bo'lishi shart.
http://fayllar.org
Download 10,38 Kb.
1   2




Download 10,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`qituvchining aktyorlik mahorati

Download 10,38 Kb.