|
§. Pedagogik texnologiya haqida ma’lumot
|
bet | 2/6 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 30,27 Kb. | | #263511 |
Bog'liq Mavzu Pedagogik texnologiyaning ta’lim darajalari mundarija Mu1§. Pedagogik texnologiya haqida ma’lumot
Texnologiya – biror ishda, san’atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi. (Izohli lug`at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o`zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig`indisi. (V.M.Shepel).
Pedagogik texnologiya – Bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamidao`quvchi ( talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov ).
Pedagogik texnologiya – o`qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o`zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo`yuvchi o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya – bu o`qitishga o`ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)
Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz mumkin:
“Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”. Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko`lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz mumkin.
Pedagogik texnologiya – axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya – bu o`z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o`zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodidir.
|
| |