|
§. Pedagogik texnologiya darajalari
|
bet | 4/6 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 30,27 Kb. | | #263511 |
Bog'liq Mavzu Pedagogik texnologiyaning ta’lim darajalari mundarija Mu3§. Pedagogik texnologiya darajalari
Pedagogik texnologiyaning darajalari: texnologik, umumiy pedagogik (umumiy didaktik), xususiy metodik (fanga oid), lokal (modulli).
Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab va ko’p komponentlidir. Ta’lim samaradorligi pedagog va talaba-o’quvchining faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy-metodik mukammalligiga, jamiyatda ilmli kishilarga bo’lgan ehtiyojga va boshqa hali aniqlanmagan ko’pgina omillarga bog’liq. Jamiyat o’zining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ehtiyojlari asosida ta’lim samaradorligi yuqori bo’lishini talab etadi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati ta’limda talabalarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni talabalarning aksariyat ko’pchilik qismi puxta o’zlashtirishi pedagogik texnologiyani joriy etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya asosida dars o’tishda eng asosiy talab talabaning hayotiy tajribasi avval o’zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko’zda tutadi. Pedagogik texnologiya o’rganilayotgan soha bo’yicha talabalarda bilim yetarlicha bo’lmagan holda ham talabada salbiy kechinmaga o’rin qoldirmaslikni, bu talabaning aybi emasligini tan olishni talab etadi. Faollik ko’rsatilsa, bilimlarni o’zlashtirib olishga talabalarda ishonch paydo bo’lishiga erishish mumkin.
Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma’lumotlarda e’tibor ko’proq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va natijasini hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda talabaning avvalgi bilimlari, hayotiy tajribasi yetarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida avval o’tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog’lash taklif etilgan. Lekin shu yangi o’tilayotgan mavzu bo’yicha talabaning bilimni aniqlash, mavzuga xos bo’ladigan dastlabki ma’lumotlarni berish yetarlicha amalga oshirilmagan.
Pedagogik texnologiya talabalarning o’rganilayotgan soha bo’yicha bilimlarni esga tushirish, jonlantirish yangi bilimni o’zlashtirishga asos bo’ladi, deb ko’rsatadi. Bilimlar va tayyorgarlikni aniqlash talabani faollashtirish va bilim o’zlashtirishga ijobiy motivni keltirib chiqaradi. Mavzuni o’rganishga kirishishda erkin suhbat, munozara, aqliy hujum va boshqa shakllarda jonlantirish mumkin.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘plab yondashuvlar mavjud. Pedagogik texnologiyalarni xarakteri ana shu yondashuvdan kelib chiqadi. SHunga qaramasdan ko‘pgina pedagogik texnologiyalar o‘z mazmuni, maqsadi, metodlari va vositalariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash. Pedagogik texnologiyalarni ana shu o‘xshash xususiyatlariga qarab ularni bir necha turga ajratish mumkin. Qo‘llanilishiga, qamrov hajmiga (masshtabiga) ko‘ra ularni uch guruhga ajratiladi:
1. Umumiy pedagogik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya o’quv-tarbiya jarayonining yaxlit tizimliligi, ma’lum bir region, o’quv yurti tomonidan uzluksiz ta’lim ta’lim tizimining muayyan bir bosqichidagi texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, ilmiy-nazariy asoslari, tamoyillari, amaliyotda qo’llashning umumiy xususiyatlari, shart-sharoitlarini ifodalaydi (Umumiy pedagogik texnologiyalar o‘z ichiga yirik texnologiyalarni, ya’ni butun ta’lim tizimiga tegishli bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. Masalan: reyting tizimiga o‘tish, test texnologiyalariga o‘tish shular jumlasiga kiradi.)SHu o’rinda qayd etish kerakki, uzluksiz ta’lim tizimining har bir bosqichida ta’lim mazmuni orqali tegishli o’ziga xos maqsad va vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilganligi sababli, pedagogik texnologiya ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Bu darajada pedagogik texnologiya pedagogik tizim tushunchasiga sinonim hisoblanadi. Uning tarkibiga ta’lim-tarbiya jarayonining maqsad va vazifasi, mazmuni, vosita va metodlari, tarbiya jarayonining ob’ekti va sub’ekti faoliyatining algoritmlari kiradi.
2. Xususiy metodik darajada pedagogik texnologiyaning muayyan bir predmet, kursni o’qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan ta’lim mazmuni, o’qitish vositalari, metodlari va shakllarining majmuasi tushuniladi. Xususiy pedagogik texnologiyalar esa ma’lum fan doirasida qo‘llanilishi mumkin va qulay bo‘lgan texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Masalan: iqtisodiyot fani uchun qulay bo‘lgan texnologiyalarni ishlab chiqish.
3. Lokal (modul) darajada o’quv-tarbiya jarayonining ma’lum bir qismining xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. Unda o’quvchi- talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, ular bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarini shakllantirish kabi masalalar ko’zda tutiladi. Modulli kichik universal texnologiyalar biror refleksni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, turli fanlarni o‘rganishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardir. Masalan: didaktik o‘yinlar, fikrlashga o‘rgatuvchi texnologiyalar. Ular universal xarakterda bo‘lib, ko‘p vaqt talab etmaydi. Masalan: didaktik o‘yinli texnologiyalar.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida yetakchi rol o’ynayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
− pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiya;
− o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar;
− ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar;
− o’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlashga asoslangan pedagogik texnologiyalar;
− xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar;
Endi shu texnologiyalarga qisqacha to’xtalib o’taylik.
a) Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar.
b) Bu texnologiya o’qituvchi va o’quvchi shaxsi o’rtasidagi munosabatlarni mukammallashtirish, o’quvchi shaxsiga individual yondashish, ta’limtarbiya jarayonini demokratlashtirish, ta’lim mazmunini insonparvarlik g’oyalari bilan qamrab olishni nazarda tutadi.
d) O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining sa maradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiya o’tilayotgan fanni (fizikani) o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu texnologiyalar guruhni didaktik-o’yin, rivojlantiruvchi muammoli, modulli va kommunikativ ta’lim texnologiyalarini o’z ichiga oladi.
c) Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar.Mazkur texnologiyalar berilgan fanni o’qitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Ularga dasturli o’qitish , differensial ta’lim, ta’limni individuallashtirish, guruhli va jamoaviy hamkorlik ta’lim texnologiyalari kiradi.
e) O’quv materiallarini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologiya.Bu texnologiya o’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash orqali o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda tutadi.
f) Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiya.Ushbu texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanish ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligiga asoslangan tarbiya texnologiyalaridan iborat. Fizika fanini o’qitishda mazkur texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarni mustaqil ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol g’oyalarini singdirish imkonini beradi.Ko’rsatib o’tilgan pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal(modul) va xususiy metodik darajada qo’llaniladi.Fan o’qituvchisi o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal darajada qo’llashi maqsadga muvofiq. Bunda yangi mavzu avval o’rganilib o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilish va baholashda nazorat testlari, turli mashqlar, musobaqalar, trening o’tkaziladi.O’quvchilarning bu faoliyatga kirishishi, muayyan ko’nikma va malakalarni egallagandan so’ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o’tkazish, ya’ni xususiy metodik darajada qo’llash mumkin.Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda o’qituvchi o’rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari, darsda o’quvchilarning bilishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlari, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash mezonini belgilash lozim.Shunday qilib, berilgan fanni o’qitishda qaysi texnologiyalardan foydalanish shu fanning xususiyatiga, mazmuniga va boshqa omillarga bog’liq bo’lib, berilgan mavzu uchun biror bir pedagogik te xnologiyadan foydalanish tavsiya etiladi.
|
| |