§. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari




Download 30,27 Kb.
bet5/6
Sana13.06.2024
Hajmi30,27 Kb.
#263511
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Pedagogik texnologiyaning ta’lim darajalari mundarija Mu

4§. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari
Pedagogik texnologiyaning yo’nalishlari ko’p bo’lib, ulardan ayrimlari quyidagilar: Hozirgi an’anaviy ta’lim. XVII asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko’p qo’llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo’nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo’nalishlarda rivojlanmoqda.
Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o’quvchi shaxsiga yo’naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: hamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.
O’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’lim, o’yinlar, tayanch signallar konspektlari texnologiyalari va boshqalar.
O’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalar o’rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo’lishi, bilimlarga tizimli nuqtai nazardan yondashish, o’quvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq yo’llarini o’rgatish kabi tamoyillarga asoslanadi.
O’quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil eilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.
Tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar. Bularga o’quvchining tabiiy imkoniyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning tabiiy imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan to’liq foydalanishni amalga oshirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar kiradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o’quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.
Bulardan tashqari xususiy (O’quv fanlari) pedagogik texnologiyalari, alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo’nalishlari ham mavjud.
Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu yo’nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik-(tajriba) sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkonyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv-(bilishga oid) atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik-(haqiqatni topish) yo’naltiriuvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish ta’lim metodi. Optimallashgan (ko’p variantlardan eng ma’qulini, mosini, muvofig’ini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.
Kreativ-(ijodiy) tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.
Inverison-(almashtirish) axborotlarni turli tomondan o’rganish, o’rnini almashtirish xususiyatiga ega bo’lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.
Integrativ-(yaxlitlash) axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko’p kichik qismlarning o’zaro ajralmas bog’liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to’g’ri xulosani aniqlash.
Adaptiv-(moslashtirish) axborotlarni va ulardan foydalanish jarayonini o’rganish hamda o’rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.
Inklyuziv-(tenglik) o’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan o’quvchilarning sog’lom o’quvchilar bilan birgalikda o’qishini tashkil qilish pedagogik texnologiyasi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari hozirgi an’anaviy ta’limni turli yo’nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib bormoqda. Turli fan o’qituvchilari tomonidan har bir o’quv fanining asosiy xususiyati, mazmunining tarkibi, amaliy, nazariy qismlarining nisbatiga muvofiq ravishda eng qulay pedagogik texnologiyalarning empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ ,adaptiv, inklyuziv va boshqa yo’nalishlarini to’g’ri tanlash jiddiy ahamiyatga ega.
Modul- pedagogik texnologiyani o`z ichiga olgan tarkibiy bo`lak bo`lib ; o`quv materiali mazmuni hamda dars jarayoni modullaridan tashkil topadi . Pedagogik texnologiya materiallarini modulllariga ajratish modullashtirish jarayoni bilan, kichik modul, modullar to`plami, birlamchi modul va modul darajasi tushunchalaridan foydalaniladi va quyidagichata’riflanadi.
Kichik modul,- pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni ifodalaydi. Amalda bunday kichik modulni tashkil qiluvchi boshqa kichik modullarga ajratish mumkin emas deb hisoblanadi.
Birlamchi modul— pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlashga dastlabki modul sifatida tanlangan va o`z tarkibiga bir yoki bir nechta kichik modullarni oladigan modul.
Modullar to`plami,- pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlash maqsadida bitta modul sifatida hisoblangan bir nechta modullar yig`indisi.
Modul darajasi— birlamchi modullarning o`z tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligiga qarab quyidagi darajalarga bo`linadi:

  • Bir o`quv mashg`ulotini o`tkazishga mo`ljallangan modullar;

  • O`quv fanining bir mavzusini, bir bo`limini, bir qismini yoki hamma tarkibiy bo`laklarini o`qitish texnologiyasini tashkil etuvchi modullar.Ularni bloklar deb ham nomlanadi;

  • Bir nechta turdosh o`quv fanlarini yoki ayrim fanlarni o`qitish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullari;

  • DTSning tarkibiy bo`laklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar;

  • O`quv reja va dasturlarning tarkibiy bo`laklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar;

  • Ta’lim vositalarini tashkil qiluvchi modullar;

  • Pedagogik texnologiya jarayonida qo`llaniladigan usullarni tashkil qiluvchi modullar.

Algoritm — pedagogik texnologiya bo`laklari (modullar)ning o`zaro joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma -ketligining avvaldan belgilangan tartibi, ya’ni qoidasidir.
Algoritmlash esa pedagogik texnologiya tarkibiy bo`laklarini amalga oshirish jarayonining ketma-ketligini belgilash bo`lib, ko`zlangan maqsadga erishish kafolatini amalga oshiradi. Odatda, pedagogik texnologiyani loyihalashda oldin uning algoritmi ishlab chiqiladii. Shu algoritmga muvofiq holda modullarning o`zaro joylashuvi tartibi aniqlanadi.
Pedagogik texnologiyada algoritmlar alohida mashg`ulot yoki uning biror bo`lagi algoritmi, o`quv fanini o`qitishning umumdidaktik izchilligi algoritmi, o`quvchi faoliyatini, o`qituvchi faoliyati, o`zlashtirishni nazorat qilish jarayoni, maktabni boshqarish jarayoni algoritmi kabi turlarga bo`linadi.
Pedagogik faoliyatning eng kichik bo`laklari o`zaro joylashuvini va shu faoliyatni amalga oshirish ketma-ketligini belgilash algoritmlashning birlamchi darajasi bo`lib, ularni birlamchi algoritmlar deyiladi.
Algoritmlash orqali pedagogik texnologiyani tegishlicha tayyorgarlikka ega bo`lgan mutaxassislar tomonidan oldindan belgilangan maqsadlarning to`liq amalga oshirilishini kafolatlagan holda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Modullashtirish va algoritmlash madaniyati ta’lim-tarbiya jarayonida odat tusiga kirgan holdagina turli darajalardagi pedagogik texnologiyalarni yaratish va amalda qo`llash faoliyati yanada keng rivojlana boradi.
XULOSA
Bugun biz yangi ko‘rinishdagi ta ’lim tizimini ishlab chiqishda Turkiston sivilizatsiyasining eng ko‘p gullab-yashnagan davridagi, ya’ni VII-XTI asrlardagi mehnat va kasb ta'lim tajribalariga tayanmog'imiz lozim. O'sha davr madaniyati va fanining asosini ta ’lim tashkil etgan, rivojlanishning eng yuqori cho‘qqilariga erishish yo'lida faylasuf va pedagoglaming aniq va konseptual g‘oyalari shakllangan edi. Hozirgi zamon atamasi bilan aytganda, ta’lim va tarbiya, ilm — bu uzluksiz ravishda ma’naviy, jismoniy va aqliy salohiyatini rivojlantirish jarayonidir. 0 ‘sha davr faylasuflari insonning m a’naviy, jismoniy va aqliy xususiyatlarini yakka mujassamlikda, deb belgilashgan. Bunday falsafiy pedagogik konsepsiya ta’lim jarayonini shaxsning ma’naviy-axloqiy xususiyatlarini boshlab beruvchi omil deb, e’tirof etadi. Bu konsepsiyalarning mazmuni faqatgina faylasuflar ishlarida emas, balki mehnat va ijodning turli vakillari asarlaiida ham o‘z aksini topgan edi. Masalan, risola - bu hunarmandlar va ularning o‘quvchilari uchun mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, unda urf-odat, rasm-rusum, turli udumlar majmuasi aks ettiriladi. Risolalar kichik hajmdagi kitobcha shaklida bolib, ularning mazmuni ushbu soha hunarmandchiligi bo'yicha mashg‘ulotlar va ba’zi bir pandu nasihatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, deyarli barcha risolalar bir xil qolipdatuzilgan bo‘lib, odatda, kitobchaning boshlaridabutun olam egasi bo'lgan Alloh, payg‘ambarlar va uning barcha choriyorlarini ko‘klarga ko'tarib maqtash, so‘ng ushbu hunarmandchilikning Alloh ne’mati ekanligi, keyin esa hunarmand ishi boshlanadiwww.ziyouz.com kutubxonasi gan va har bir xatti-harakati yoki lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki jarayondan oldin aytish lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki boshqa duolar. usta-hunarmandlarning ma'naviy - axloqiy sifatlari yoritiladi. Risolalarni tadqiq etish natijasida ularning o'rta asr hunarmandligida o'ziga xos pedagogik qo'llanma sifatida xizmat qilganligiga, risolalarda zamonaviy til bilan aytganda, hunarmand kasbiy faoliyatning mazmunini aks etganligiga guvoh bo'lamiz. O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrda milliy mafkurani shakllantirish. yoshlami milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan bo'lib qolmoqda. Chunki davlatning asosini ma'naviyat tashkil etadi, ma’naviyatiga e'tibor bermagan davlat ning kelajagi ham boimaydi. Milliy pedagogika tajribalariga murojaat qilish esa bunday maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biridir. Yoshlami mustaqil bilim olishga o'rgatish-bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, bugungi kunda yoshlami ma’naviy-intellektual rag'batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma'naviy intellektual sifatlami zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samaraii o'zgarishlar kiritadi. O'quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklami odilona baholash tizimi tarbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. O'quvchi va talabalarning bilimini, aqliy holatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi m uhim ahamiyatga ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni o'quvchi bilimining boyishiga, ular shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta’sir ko'rsatadi.


Download 30,27 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 30,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari

Download 30,27 Kb.