Mavzu: Pedagogik texnologiyaning ta’lim darajalari mundarija: Muqaddima Asosiy qism




Download 30,27 Kb.
bet3/6
Sana13.06.2024
Hajmi30,27 Kb.
#263511
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Pedagogik texnologiyaning ta’lim darajalari mundarija Mu

2§. Pedagogik texnologiya turlari

Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi


Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos bo`lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi.
Bilish faoliyatini boshqarish bo`yicha pedagogik texnologiyalar turlari:

  • Klassik ma’ruza;

  • Texnika vositalari yordamida o`qitish;

  • Maslahatchilik tizimi;

  • Darslik bo`yicha o`qitish;

  • Kichik guruhlar tizimi;

  • Kompyuter yordamida o`qitish

  • Repetitorlik tizimi;

  • Dasturlashtiriladigan boshqaruv.

Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagicha nomlanadi:

  • Avtoritar;

  • Didaktik yo`naltirilgan;

  • Ijtimoiy yo`naltirilgan;

  • Antropologik yo`naltirilgan;

  • Pedagogik yo`naltirilgan;

  • Shaxsga yo`naltirilgan;

  • Insonparvarlikka va shaxsga yo`naltirilgan;

  • Hamkorlik texnologiyalariga yo`naltirilgan;

  • Erkin tarbiyaga yo`naltirilgan;

  • Ezoterik ta’lim va tarbiyaga yo`naltirilgan.

Qo`laniladigan asosiy metod bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:

  • Dogmatik, reproduktiv metod ;

  • Tushuntirish, ko`rgazmali;

  • Rivojlantiruvchi ta’lim;

  • Muammoli, izlanishli;

  • Ijodiy metod;

  • Dasturlashtirilgan ta’lim metodi ;

  • Dialogli metod;

  • O`yin metodi ;

  • O`z-o`zini rivojlantiruvchi ta’lim metodi;

  • Axborotli ( kompyuterli) ta’lim metodi

Tashkiliy shakllariga ko`ra pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga bo`linadi:

  • Hozirgi an’anaviy ta’lim;

  • Shaxsga yo`naltirilgan pedagogik jarayon asosidagi pedagogik texnologiyalar;

  • O`quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar;

  • O`quv jarayonini boshqarish va tashkil qilish samaradorligi asosidagi pedagogik texnologiyalar;

  • Materialni didaktik takomillashtirish va rekonstruksiyalash asosidagi pedagogik texnologiyalar;

  • Xususiy fanlar pedagogik texnologiyalari;

  • Alternativ texnologiyalar;

  • Tabiatga moslashtirilgan texnologiyalar;

  • Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalri;

  • Mualliflik maktablari pedagogik texnologiyalari;

  • Texnologiyalarni loyihalash va o`zlashtirish texnologiyalari.

Bundan tashqari shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo`naltirilganlik bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:

  • Fanlar bo`yicha bilim, ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirilgan –axborot texnologiyalar;

  • Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yo`naltirilgan –operatsion texnologiyalari;

  • Estetik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo`naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional axloqiy texnologiyalar;

  • Shaxsning o`z-o`zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo`naltirilgan o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyalari;

  • Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan –evristik texnologiyalar;

  • Amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo`naltirilgan amaliy texnologiyalar.

Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko`ra tasnif qilinadi:

  • Qo`llash darajasiga ko`ra;

  • Falsafiy asosiga ko`ra;

  • Asosiy rivojlantiruvchi omiliga bo`yicha;

  • O`zlashtirish konsepsiyasi bo`yicha;

  • Shaxsiy belgi-sifatlariga ko`ra yo`nalganligi bo`yicha;

  • Mazmun xususiyatlari bo`yicha ;

  • Boshqaruv turiga bo`yicha;

  • Bolaga yondashuv bo`yicha;

  • Ko`p qo`llanilgan metodlari bo`yicha;

  • Ta’lim oluvchilar toifalari bo`yicha.



Download 30,27 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 30,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Pedagogik texnologiyaning ta’lim darajalari mundarija: Muqaddima Asosiy qism

Download 30,27 Kb.