• I. Asosiy qism: I.1. Piroliz jarayonining - neft-gaz kimyo sanoatidagi ahamiyati
  • Mavzu; Piroliz benzini olish kimyosi va texnologiyasi Reja Kirish: I. Asosiy qism: I piroliz jarayonining neft-gazkimyo sanoatidagi ahamiyati




    Download 64,24 Kb.
    bet2/10
    Sana13.02.2024
    Hajmi64,24 Kb.
    #156023
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Mavzu; Piroliz benzini olish kimyosi va texnologiyasi Reja Kiris-fayllar.org

    Kursi ishi tuzilishi: ushbu kurs ishi tuzilishi III ta asosiy bobni tashkil qiladi. Kurs ishi kirish qismida mavzuning dolzarbligi, zarurati, obyekti, predmeti, vazifalari ilmiy yangiliklari berilgan. I bob asosiy qism deb ataladi. 3 ta qismdan iborat. II bob tajribaviy qism bo’lib 3 qismdan iborat kurs ishi oxirida xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Kurs ishi 40 betdan iborat.

    I. Asosiy qism:
    I.1. Piroliz jarayonining - neft-gaz kimyo sanoatidagi ahamiyati O’zbekiston Respublikasining yoqilg’i-energetika bazasining asosini tashkil qiluvchi gaz sanoati dunyo hamjamiyatida o’ziga xos nufuzga ega bo’lib, Markaziy Osiyodagi polimer va tabiiy gaz bo’yicha asosiy eksportyor sanaladi. “Uzbekneftgaz” ma’lumotlariga ko’ra o’zbek gazining eksport strukturasi Xitoyga 8 𝑚𝑙𝑟𝑑. 𝑚3, Rossiyga 4,5 𝑚𝑙𝑟𝑑. 𝑚3, Qozog’istonga 2,5 𝑚𝑙𝑟𝑑. 𝑚3 hamda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga 500 − 550 𝑚𝑙𝑛. 𝑚3dan tashkil topgan. Mamlakat iqtisodiyotining muhim bo’g’iniga aylangan gazni qayta ishlash sanoati polimer ishlab chiqarishni jadalllashtirish bilan bir qatorda O’zbekistonni ekologik toza energoresurslar ishlatiladigan kelajak sari oltin yo’lini belgilovchi, tozalangan metan gazidan sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish (gas-to-liquid, GTL texnologiyasi)ga mo’ljallangan, gazdan ichki bozor va eksport uchun yiliga 1,5 million tonna dizel yoqilg‘isi, kerosin, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishga imkon beruvchi Uzbekistan GTL zavodining barpo etilishi, barcha jabhalarda mamlakat ravnaqi va aholi farovonligiga qaratilgan tub yangilanishlar bo’y ko’rsatayotgan O’zbekiston uchun neft-gazkimyo sanoatining navbatdagi yorqin yutuqlaridan biridir.
    Neft-gazkimyo sanoatining asosini tashkil etuvchi organik sintez sanoatining xom ashyo bazasi alohida mamlakatlar va mintaqalarning yoqilg’i-energetika balansi tuzilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli, organik sintez sanoatining zamonaviy taraqqiyot darajasi “neftkimyoviy” (yoki, olefin) sanoatining rivojlanganlik ko’rsatkichiga ko’ra baholanadi.
    Piroliz jarayoni 19-asr oxiridan boshlab qo’llanila boshladi. Bunda neftni kerosin fraksiyasidan gaz olindi. 20-asrning 50-yillaridan esa piroliz natijasida etilen, propilen, butenlar, butadien, siklopentadien, benzol, toluol ksilollar va h.k. olina boshlandi. 1980-yilga kelib, piroliz yo’li bilan dunyo miqiyosida olinadigan neft va gazning 6% , 2000-yilga kelib, 20% dan ortiq turli xil uglevodorodlar olina boshlandi. Piroliz jarayonining asosiy xomashyosi neftni qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan gazlar, neftning benzin va gazoyl fraksiyalari hisoblanadi,
    Piroliz natijasida hosil bo’lgan mahsulot chiqimi, destruksiyaga uchratish darajasi xomashyoning uglevodorod tarkibiga bog’liq. C2-C4 tarkibli gazlar va benzin fraksiyasidagi n-parafinlarni piroliz qilish natijasida, asosan pirogaz hosil bo’ladi (1jadval).
    Piroliz jarayoni isitiladigan reaktorlarda olib boriladi. Jarayonga quyidagi texnologik parametrlar ta’sir etadi: temperatura, xomashyoni reaktorga kelish vaqti va suv bug’i konsentratsiyasi (suyultirgich). Temperatura ko’tarilishi bilan reaksiya tezligi ortadi. Piroliz jarayoni unumdorligi xomashyoni reaksiya zonasiga kelish vaqtiga bog’liq.
    Suv bug’ini piroliz reaktorlariga yuborishdan asosiy maqsad, uglevodorodlarni parsial bosimini pasaytirish va oraliq reaksiyalar tezligini kamaytirishdir. Suv bug’i konsentratsiyasi ortishi bilan etilen, buten, butadien hosil bo’lishi ko’payadi, aromatik uglevodorodlar chiqimi kamayadi.

    Download 64,24 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 64,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu; Piroliz benzini olish kimyosi va texnologiyasi Reja Kirish: I. Asosiy qism: I piroliz jarayonining neft-gazkimyo sanoatidagi ahamiyati

    Download 64,24 Kb.