• Kasb-hunarga yoʼnaltirish
  • Mavzu: Psixolog-konsultant shaxsiga qo`yiladigan talablar Reja: Kachyunas varianti




    Download 382,1 Kb.
    bet3/5
    Sana16.05.2024
    Hajmi382,1 Kb.
    #237537
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Psixolog-konsultant shaxsiga qo`yiladigan talablar

    Psixologik maslahat (maslahat) bunda shaxsga shaxsiy, kasbiy va hayotiy muammolarini hal etishga yordam beriladi, ularni oʼz psixologik salomatliligini muhofaza qilishga oʼrgatiladi.Psixologik maslahat individual, guruhiy tarzda oʼtkaziladi, profilaktik va korreksion xarakterga ega boʼladi.
    Bu jarayonda psixolog quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: Shaxsda sodir boʼluvchi har xil nizolarning psixologik ildizini oʼrganish, shaxslararo munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, favqulotdagi vaziyatlarni yengillashtirish va ularni tamoman bartaraf qilish yoʼllari yuzasidan maslahatlar berish.
    Kasb-hunarga yoʼnaltirish - oʼquvchilarni layoqati, qiziqishi va qobiliyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashga tayyorlashdan iborat tadbirlar majmuasidir. Mazkur yoʼnalishlarning uzviy va uzluksiz bogʼliqligi psixologik xizmat mazmunining yaxlitliligini taʼminlaydi. 2. Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya psixologik konsultatsiya jarayonining qonuniyatlarini o’rganadigan zamonaviy fandir. Konsultatsiya lotincha “consultare” so’zidan olingan bo’lib, “maslahat bermoq”, “g’amxo’rlik qilmoq” ma’nolarini anglatadi. Shunga ko’ra konsultatsiyaga o’zbek tilidagi maslahat so’zi ma’nodosh bo’la oladi. Konsultativ psixologiya fanining vujudga kelishi XX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu jarayon bevosita Djeyms Byujental 1987-yil “Psixoterapevt san’ati” kitobini g’arbda nashr qilishi bilan bog’liq. Ushbu asar 2001-yil Rossiyada chop etilgan. Konsultativ psixologiya klinik jihatdan og’ishga ega bo’lmagan odamlarga psixologik yordam ko’rsatish maqsadida vujudga kelgan amaliy psixologiya tarmog’idir. H. Burkus va B. Steffire (1979) psixologik konsultatsiya jarayoniga quyidagi ta’rifni beradi: “Konsultatsiya-patsient bilan psixologning professional munosabatidir”. Psixologik konsultatsiyaning maqsadi potsentga hayot yo’lida yuzaga kelgan emotsional va shaxslararo xarakterdagi muammolarni yengishga ko’maklashishdan iborat. Psixolog olimlar George va Cristiani 1990-yil konsultativ psixologiyaning asosiy maqsadini ajratib berdi. Ular quyidagilar:
    1. Patsient xulq atvorini o’zgartirish natijasida undagi ijtimoiy chegaralanishni bartaraf etish hamda samaraliroq hayot tarzida yashashini ta’minlash.
    2. Mijozda hayotiy qiyinchiliklarni yengib o’tish uchun yangi layoqatlarni shakllantirish.
    3. Samarali qaror qabul qilish malakasini shakllantirish.
    4. Patsientda shaxslararo qiyinchiliklarda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish.
    5. Mijozni shaxs sifatida takomillashish, o’z patensialini namoyon qilishga erishtirishdan iborat.
    Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, psixologik xizmat o’zo’zidan yuzaga kelgani yo’q. Uning vujudga kelishida shaxs ma’naviy ehtiyojlari muhim rol o’ynagan. Xususan, odamlar o’zini qiynayotgan psixologik muammolarni hal etish, emotsional barqarorlikka erishishga bo’lgan intilish psixologik xizmatning ko’rinishlaridan biri psixologik maslahatning taraqqiy etishiga sabab bo’lgan. Bugungi kunda esa shaxsda psixologik madaniyatning rivojlanganligi, o’zi hamda o’zgalar hissiyotlarini tushuna olish qobiliyati ruhiy farovon bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Butun dunyo bo’yicha aholi tomonidan kun sayin psixolog maslahatiga talab ortib bormoqda. Konsultativ psixologiya psixologiyaning nisbatan yosh tarmog’i bo’lsa-da, juda ham tez rivojlanmoqda. Bo’lg’usi psixologlar esa ushbu yo’nalish bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lishi zarurdir.
    1. Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi deganda, psixolog konsultant mijoz bilan psixologik maslahat jarayonida ko’zlangan maqsadga erishish uchun foydalanadigan usul hamda vositalar tushuniladi. Xususan, psixolog N. Obozov ushbu masalaga quyidagicha yondashadi. U psixolog konsultant faoliyati samaradorligi uchun e’tiborga olishi lozim bo’lgan jihatlarni sanaydi: Insonning individual tafovutlariga baho bermasdan aloqa o’rnatish bo’lib, u quyidagi ko’nikma va malakalarni o’z ichiga oladi:
    1. Konsultatsiyaga murojaat qilgan shaxsning emotsional holatiga nisbatan aniq yondasha olish (ko’p savol bermaslik);
    2. Plastiklikka ega bo’lish bunda mijozni noqulay holatga soluvchi mavzulardan tez olib chiqib keta olish tushuniladi;
    3. Psixolog konsultantning emotsional vamin hamda sabrtoqatli bo’lishi;
    4. Xulq-atvorning umummadaniy qoidalariga amal qilishi (chiroyli gapirish, jargonlardan foydalanmaslik);
    5. Xulq-atvor doirasida belgilangan vazifalarni boshidan oxiriga qadar uzviyligini ta’minlay olish;
    6. Nizoli vaziyatlarda inson xulq-atvori bilan bog’liq bo’lmagan imkoniyatlar haqidagi bilimlarga ega bo’lish.
    N. Obozov singari R. Kochyunans ham quyidagi ta’sir texnologiyasi sifatida psixolog konsultatsiya jarayonida insonlar bilan munosabatda chuqur qiziqishni namoyon etishi lozim deb hisoblaydi va ular ichiga quyidagilarni kiritadi: - mijoz xulq-atvori hamda ustanovkasiga nisbatan sezgirlik; - emotsional barqarorlik va obyektivlik; - shaxsiy tajribaga nisbatan ochiqlik; - o’z o’zini anglashning rivojlanganligi. N.V. Somokina psixolog konsultant faoliyatida uchrashi mumkin tipik xatolarga quyidagilarni kiritadi.
    1. Konsultatsiya jarayonida psixolog konsultant o’zini ko’rsatishga intilishi;
    2. Haddan ortiq tabiiylik yoki sun’iylikka yo’l qo’ymasligi;
    3. Psixologning foydali maslahatlar berishga intilishi;
    4. psixologik konsultatsiya psixologning monologiga aylanib qolmasligi;
    5. psixolog shaxsiy qiyinchiliklarini mijozga ko’chirishi;
    6. psixolog tomonidan patsientni baholanishi;
    7. psixolog mijozning muammolarini o’z shaxsiy qiyinchilikari sifatida kechirishi;
    8. juda uzoq davom etgan konsultatsiya
    9. psixolog mijoz tomonidan manipulyatsiya obyektiga aylanib
    qolishi.
    2. Psixolog konsultant o’z faoliyatining samaradorligini oshirish uchun patsient xabar yetkazuvchi verbal hamda noverbal signallarni ham nazardan chetda qoldirmasligi darkor. Quyidagi jadvalda noverbal singnallarning umumiy ko’rinishlarini taqdim etamiz.
    Malakali konsultant psixolog shu kabi noverbal signallar orqali patsientning yashirin hissiyotlarini, psixologik maslahat jarayoniga nisbatan reaksiyasini bilib olishi mumkin. Quyida patsient haqida qo’shimcha ma’lumotlar beruvchi noverbal signallarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Mijozni qo’lni orqa belga chalishtirib turishi bu uning qat’iy hamda irodali inson ekanidan dalolat beradi. Gavda o’tirgan holda oldinga egilgan bo’lsa, konsultatsiya jarayoniga qiziqishni bildiradi. Oyoqlarni chalishtirib, ustidan qo’lni qo’yib o’tirish patsientning reaksiya tezligi yuqoriligidan, qolaversa, bahslarda biror fikrga ishontirish qiyinligidan xabar beradi. Agar mijoz suhbat jarayonida boshni tik tutsa, unda konsultatsiyaga nisbatan befarqlik munosabati borligini anglash mumkin. Qo’llar ko’krakda chalishtirilgan holda tursa, himoya reaksiyasi, qolaversa, suhbatga nisbatan tanqidiy munosabatdan dalolat beradi. Agar mijoz konsultatsiya jarayonida iyakni siypalasa, bu ayni damda unda xulosa hamda qaror qabul qilish jarayonlari kechayotganini anglatadi. Patsient otirgan o’rindig’ini ko’p bora orqa tomonga egsa, bu tushkun kayfiyat belgisi sifatida tahlil etiladi. Konsultatsiya jarayonida psixologning o’zi ham verbal hamda novrebal muloqotdan samarali foydalanishi patsientda psixologga nisbatan ishonch hissini oshiradi. Karl Rodjers gumanistik psixologiyaning vakillaridan mashhuri psixologik yordam ko’rsatish jarayonida psixolog bir qator faoliyatini amalga oshirishga ko’maklashuvchi tafakkur predmetiga ega bo’lishi kerak. Ular quyidagilar: 1.E’tibor qaratish. O’tmish – hozir - kelajak Ya’ni psixolog konsultant mijoz muammosi qachonga qaratilganiga e’tibor qaratishi lozim ekan. O’tmishgami, bugungi kungami yoki mijoz kelajakda yuzlashishi mumkin bo’lgan masalalarni o’ylab g’am chekayotganini tahlil qila olishi kerak. Psixologik muammoning qay zamonga qaratilganini aniqlash uni hal qilish jarayonini osonlashtiradi. 1. Strukturalashganlik.
    Bunda psixolog konsultatsiya jarayonida barqarorlik hamda o’zaro uyg’unlikka eriasha olishi muhim. Ya’ni psixologik masalahat chog’ida mijoz boshqa mavzularga o’tib ketmasligi hamda psixolog bilan o’zaro uyg’unlikda ish olib borilishini ta’moinlay olishi darkor. 2. Barqaror ( uyg’unlik) 3. Refleksivlik (tasdiqlash) Psixologik maslahatning eng muhim hamda mas’uliyatli shartlaridan sanaladi. Bunda psixolog konsultatnt mijoz muammosini mustaqil anglashi hamda o’zi hal qila olish darajasiga olib chiqa olishiga erishishi talab etiladi. Psixologik maslahat jarayonining muvaffaqiyati ko’p jihatdan konsulatativ ta’sir etish texnologiyalariga ham bog’liqdir. Psixologning mijoz tomonidan berilayotgan verbal hamda noverbal signallar mohiyatini tahlil qila olishi patsient bilan to’g’ri yondashuv hosil qilinishiga ko’mak beradi. Shunday ekan, amaliy psixologlar doimo o’z ustida ishlashi hmada konsultativ ta’sir texnologiyalarni muntazam o’rganib, amaliyotda qo’llashi maqsadga muvofiqdir.

    Download 382,1 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 382,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Psixolog-konsultant shaxsiga qo`yiladigan talablar Reja: Kachyunas varianti

    Download 382,1 Kb.