• Psixokonsultatsiya hamda psixoterapiyaning o’ziga xos xususiyatlari bayoni
  • Yuqoridagi diagrammada psixologik maslahat bilan psixoterapiya orasidagi asosiy farqlar aks etgan.
  • Korreksion ta’sirga kasbiy tayyorgarlikning uch komponentli strukturasi




    Download 382,1 Kb.
    bet4/5
    Sana16.05.2024
    Hajmi382,1 Kb.
    #237537
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Psixolog-konsultant shaxsiga qo`yiladigan talablar

    4. Korreksion ta’sirga kasbiy tayyorgarlikning uch komponentli strukturasi.
    Konsultatsiya jarayoni tuzilishi Masterov Boris Mixaylovich 1998-yil konsultatsiya jarayonining quyidagi asosiy orientatsiyalarini kiritadi. Ular quyidagilar:
    1. Tahliliy-interpretativ orientatsiya Patsientning psixologik muammosini tahlil qilishi tarkibini to’g’ri analiz qila olishi lozim. patsientga muammosi mohiyatini ko’rishga yordam berishi kerak.
    2. Ratsional-konstruklashgan orientatsiya. Psixolog patsientga muammosiga ratsional yondasha oladigan darajaga olib chiqishdan iborat. Bu orqali patsient muammosini mustaqil yecha olishiga erishish lozim.
    3. Protsessual orientatsiya. Bunda psixolog asosiy e’tiborni patsientning emotsional holatini sezilarli darajada yaxshilashga qaratadi.
    4. Empatiyaviy orientatsiya. Ushbu psixologik konsultatsiyada psixolog bilan patsientning emotsional holati juda muhimdir. xususan, Karl Rojers, Rollo Mey kabi psixologlar konsultatsiyaning ushbu jarayoniga e’tibor qaratadilar.
    5. Paradoksal orientatsiya. Ushbu konsultatsiyada psixolog o’z xulqatvori bilan patsientdagi streotip hamda kutilmalarni olib tashlashi lozim.
    6. Rekonstruktiv orientatsiya. Ushbu konsultatsiyada psixolog patsientning dunyoni subyektiv idrok etish tasvirini yangi tajribalar asosida tiniqroq, realroq ko’rishga erishishi lozim.
    Psixokonsultatsiya hamda psixoterapiyaning o’ziga xos xususiyatlari bayoni: Psixologik maslahat psixologik korreksiya va psixoterapiya bilan chambarchas bogʼliq boʼlib, koʼp hollarda amaliyotchi psixologlar tomonidan bir-biri bilan chalkashtirib ham yuboriladi. Faoliyatning ushbu sohalarni bir-biridan ajratish va ularga aniq, mukammal tavsif berishning oʼzi alohida tadqiqot mavzusi boʼlishi mumkin. Shuning uchun ularga qisqacha taʼrif berib oʼtishni zarur deb topdik. Psixologik maslahat asosan shaxslararo munosabatlar bilan bogʼliq turli koʼrinishdagi psixologik muammolarga ega insonlar qiyinchiligini bartaraf etishga yoʼnaltirilgan faoliyat boʼlib, bunda taʼsir koʼrsatishning asosiy usuli sifatida maʼlum shaklda tashkil etilgan suhbat tanlanadi. Suhbat psixokorreksiya ishlarida ham, psixoterapiyada ham faol qoʼllanishi mumkin. Biroq, psixologik maslahat eng avvalo mijozning boshqalar bilan boʼladigan shaxslararo munosa-batlarini tubdan qayta tashkil etishiga yoʼnaltirilgan boʼlsa, psixokorrektsion yoki psixoterapevtik taʼsir koʼpincha shaxsning hayotiy qiyinchiliklar va nizolar asosida vujudga keladigan chuqur shaxsiy muammolarini bartaraf qilishga qaratilgan boʼladi.Аyni paytda “psixokorreksiya” va “psixotera-piya” atamalarini aniqlashtirishga nisbatan yana bir nuqtai nazar ham mavjud. Unga koʼra ushbu tushunchalarni ifodalovchi faoliyat bilan shugʼullanishda faoliyatning oʼziga xos xususiyatlari emas, balki maxsus tibbiy maʼlumotga egalik hisobga olinishi zarur. Bu sohadagi yetakchi ayrim mutaxassislarning fikricha, bunday yondashuv unchalik maqsadga muvofiq emas, chunki psixoterapiya nomedikamentoz, yaʼni dori vositalarini qoʼllamagan holda taʼsir oʼtkazishni nazarda tutadi . Shu bilan birga “psixoterapiya” (psychoterapy) atamasi xalqaro termin boʼlib, koʼpchilik mamlakat-larda professional psixologlar tomonidan olib boriladigan ishlar usullariga nisbatan qoʼllanadi. Biroq, “psixokorreksiya” atamasiga bizning mamlakatimizda psixologik faoliyatning muayyan yoʼnalishi sifatida qarash, munosabatda boʼlish shakllanib qolgani sababli, jahon psixologik amaliyotida qoʼllanayotgan “psixoterapiya” soʼzini ham birgalikda istifoda etishni maqsadga muvofiq deb hisobladik.
    Yuqoridagi diagrammada psixologik maslahat bilan psixoterapiya orasidagi asosiy farqlar aks etgan.
    Аlbatta, psixoterapiya va psixologik maslahat tushunchalari orasidagi chegara oʼta shartli boʼlib, bu turli olimlar ishlarida alohida taʼkidlab oʼtilgan (Sorey G., 1977; Polyakov Yu.F., Spivakovskaya А.S., 1985). Аmmo ushbu kitob psixokorrektsiya yoki psixoterapiya sohasida maxsus, chuqur tayyorgarlikka ega boʼlmagan kishilar va mutaxassislarga moʼljallangani, faqat psixologik maʼlumotga egalik yoxud psixologik maslahatning umumiy tamoyil-laridan xabardorlik baʼzi hollarda samarali psixoterapevtik, psixokorrektsion ish yuritishga yetarli darajada imkon bermagani bois, amaliyotchi psixologlar faoliyat olib borishi mumkin boʼlgan hamda shu bilan chegaralanishi talab etiladigan yoʼnalishlar xususida maʼlumot berib oʼtiladi.
    Xoʼsh, psixoterapiya va psixologik maslahat orasidagi chegarani qanday aniqlashtirish kerak? Mijozlarning yuqorida taʼkidlab oʼtilgan shaxslararo munosabatlaridagi va chuqur shaxsiy muammola-rini oydinlashtirishda qanday maʼno bor?
    Mijoz oʼz shaxsiy muammolariga daxldormi, shaxslararo munosabatlariga oidmi, qanday masala bilan psixologga murojaat qilishidan qatʼi nazar uning murojaatida koʼmak soʼrash, muayyan holat, vaziyatlardan shikoyat qilish ohanglari namoyon boʼladi. Psixolog-konsulьtantning mijozlari odatda oʼzlarining muammolari yuzaga kelishida boshqalar aybdorligini taʼkidlasha-di; chuqur psixokorrektsion muolajaga muhtoj mijozlarda esa shikoyat boshqacha tarzda ifodalanadi: ularni koʼpincha oʼzlarining ichki holatlari, xohish va istaklarini idora qila olmaslik, boshqarolmaslik qiynaydi. Shunday ekan, maslahatchi psixolog uchun koʼpincha “Men xoʼjayinim bilan koʼp janjallashaman” yoki “Oilam meni oʼrinsiz rashk qiladi” tipidagi shikoyatlarni eshitish xos boʼlsa, psixoterapevtga murojaat qilayotgan-lar aksariyat hollarda “Men oʼzimni jahlim chiqqanda tutib turolmayman, erimga baqirishga tushaman” yoki “Oʼrinsiz rashk qilayotganimni bilib tursam-da, nazarimda xotinim menga xiyonat qilayotganday tuyuladi” qabilidagi fikrlarni bayon etadilar. Murojaatlar mazmunida bunday turfaxillik koʼp uchraydi, asosiysi – mijozlarning oʼzlari ularni qiynayotgan muammolar xususida muayyan tasavvurga ega boʼladilar. Аyniqsa, maʼlum darajadagi mardlikni talab qiladigan oʼz xatti-harakatlari uchun oʼzi masʼulligini anglash hissi shaxsning keyinchalik oʼz hissiyotlarini ochiq-oydin tahlil qilishi, korrektsiyalashiga imkon yaratadi. Shikoyat mazmuni va insonning xatti-harakatlari u bilan olib boriladigan faoliyat yoʼnalishi, shaklini belgilashga asos boʼladi. Maslahatchi-psixologning asosiy vazifasi mijozni oʼz muammolari, shaxslararo munosabatlari va hayotiy qiyinchilik-lariga turli nuqtai nazardan qarashga oʼrgatishdir. Bunda koʼpincha mijoz muammolarining aosiy sababchisi oʼzi ekanligini anglamaydi va shuning uchun xulq-atvori, xatti-harakatlarini maqsadga muvofiq nazorat qilolmaydi. Insonga bunday hollarda taʼsir koʼrsatish asosiy shakli mijozning boshqa kishilarga va ular bilan muomalamunosabatiga nisbatan shakllangan ustanovka, anglangan va anglanmagan yoʼl-yoʼriqlari, stereotiplarini oʼzgartirish tarzida ifodalangani maʼqul. Suhbat davomida mijoz vaziyat, muammolarini keng qamrovda baholash imkoniyatiga ega boʼlishi lozim, aks holda uning oʼzini qiynayotgan masalalar boʼyicha adekvat qaror qabul qila olishi qiyin boʼladi. Psixoterapevtik amaliyot biroz boshqacha koʼrinishda kechadi. Shikoyatlar mazmuni bunda unchalik ahamiyat kasb etmaydi, chunki ishning dastlabki bosqichlaridayoq ular mohiyati oʼzgaradi, kelib chiqish sabablari boshqa ekanligi aniqlanadi. Mutaxassis bilan suhbat jarayonida nafaqat mijozning boshqalar bilan muomalamunosabatlariga xos jihatlar, balki oʼtmishda (bolaligi, oʼsmirligi) boʼlib oʼtgan voqea-hodisalar ham aniqlashtiriladi, shuningdek, psixik faoliyatning oʼziga xos shakllari, yaʼni tush va assosotsiatsiyalarga ham murojaat qilinadi. Psixologik maslahat-dan psixoterapiyaning farq qiladigan oʼziga xos jihati shundaki, unda mijoz va mutaxassis orasidagi muloqot, munosabatlardagi nutqqa alohida eʼtibor beriladi, ularga psixoterapevtik taʼsirning oʼziga xos vositasi sifatida qaraladi. Psixika chuqur qatlamlarining tahlili patogen kechinmalar va xulqatvor sabablarini tushunishga imkon beradi, shu tariqa shaxsiy muammolarning bartaraf etilishiga imkon yaratiladi (Ursano R., Zonnenberg S., Lazar S., 1992).
    Psixologik taʼsir usullarining davomiyligi ham turlicha-dir. Аgar psixologk maslahat uzoq davom etmasdan, mijoz bilan boʼladigan 5-6 uchrashuvdan iborat boʼlsa, psixoterapiya jarayoni baʼzan yillab davom etishi mumkin.
    Mijozlar tiplariga koʼra ham farq qiladilar. Psixologmaslahatchining qabulida psixik maqomi, bandligi, moddiy taʼminlanganligi, aqliy salohiyati va hokazolardan qatʼi nazar har qanday insonni uchratish mumkin. Biroq chuqur psixokorrektsion ish olib borish jarayonida muammolarini toʼliq bartaraf etish mumkin boʼlgan kishilar doirasi chegaralangan. Ideal mijoz – es-hushi joyida, normal nevrotik boʼlib, unda refleksiya rivojlanishining yuqori darajasi kuzatiladi; u qimmat hamda uzoq vaqt davom etadigan davolash kurslariga toʼlash uchun yetarli darajadagi mablagʼ, vaqt va motivatsiyaga egadir. Oʼrni kelganda qayd etish kerakki, mijozlar doirasini toraytirish orqali ularga koʼrsatiladigan taʼsir vaqtini koʼpaytirish maʼlum bir muammolarni yechish imkonini beradi.
    Modomiki, insonga taʼsir koʼrsatishning bu ikki usuli, yoʼnalishi bir-biridan farq qilar ekan, bu yoʼnalishda faoliyat olib boradigan mutaxassislarni tayyorlash ham har xil boʼlishi lozim. Psixologmaslahatchiga qoʼyiladigan talablarning asosiy-lari nazarimizda, quyidagicha: bu, eng avvalo psixolog diplomi; shuningdek psixologik maslahat, maslahatning nazariy va amaliy jihatlari borasidagi maxsus tayyorgarlik (tayyorgarlik tajribali psixolog nazorati ostida amalga oshirilgan boʼlsa, nur ustiga aʼlo nur). Psixoterapiya boʼyicha mutaxassislar tayyorlashga qoʼyiladigan talablar birmuncha murakkabroqdir. Ular muayyan tibbiy bilimlar va psixologiya sohasidagi tayyorgarlikdan tashqari, tajribali supervizor, mutaxassis rahbarligida psixoterapevtik amaliyotni oʼtagan boʼlishlari zarur. Bekorga tarixan psixoterapiya psixiatriya bilan chambarchas bogʼliq emas, shuning uchun psixoterapevtlar orasida professional psixologlar bilan bir qatorda tegishli maxsus maʼlumotni egallagan psixiatrlar ham koʼplab uchraydi. Eslatib oʼtmoqchimiz, odatda psixoterapevtga murojaat qilgan shaxs mijoz emas, patsient (vrachning ixtiyoridagi bemor, kelib davolanuvchi kishi) hisoblanadi. Bu sohada yetuk mutaxassis tayyorlashda xususiy psixoterapiya tajribasiga egalikka alohida eʼtibor qaratish kerak, chunki oʼshandagina psixoterapevt patsientlar muammolarini tushunadi, yechimlarini anglaydi, kommunikativ toliqish kabi sindromlarga duch kelmaydi, tegishli taʼsir usullarini faoliyatda samarali qoʼllaydi.
    Psixoterapiya va psixologik maslahatning farq qiluvchi tomonlari – keng va koʼp qirrali mavzu. Аlbatta, ayni oʼrinda uning faqat umumiy qirralari toʼgʼrisida mulohaza yuritishimiz mumkin. Bu mavzuga qiziqqanlarga tegishli maxsus adabiyotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi (Karvasarskiy B.D., 1985; Vasilyuk F.E., 1988).
    Psixologga “koʼchadan kelib” murojaat qilayotgan shaxs koʼpincha psixologiya toʼgʼrisida har doim ham toʼliq va toʼgʼri tasavvurga ega boʼlavermaydi hamda oʼziga qanday yordam kerakligini, u qay shaklda berilishi lozimligini tushunmaydi. Mijozlarning psixologdan kutayotgan yordamlari koʼpincha noadekvat, noreal boʼlib, hayot haqiqati va munosabatlar mantigʼiga zid keladi (mijoz masalan, psixologning yordami, xatti-harakati natijasida biror kishi boshqasini yaxshi yoki yomon koʼrib qolishini talab qilishi mumkin). Shuning uchun aksariyat hollarda murojaat qilgan shaxs bilan birinchi olib boriladigan ish psixologik maslahat, yordamdan u nima olishi mumkinligini tushuntirish boʼladi. Аyni nuqtai nazardan nisbatan kamroq darajada taʼsir koʼrsatish majburiyati-ni zimmasiga oladigan va aniq maqsadlarni amalga oshirishga yoʼnaltiriladigan psixologik maslahat koʼpincha, uzoq va chuqur davom etadigan psixoterapevtik faoliyat uchun oʼziga xos ilk qadam, dastlabki zina boʼlib hisoblanadi. Psixologga dastlab murojaat qilgan shaxs hayotiy muvaffaqiyatsizliklarida uning oʼzi masʼulligini va biror natijaga erishishi uchun psixolog huzuriga bir yoki bir necha tashrif yetarli boʼlmasligini anglagani maʼqul. Bundan mijoz darhol jiddiyroq yordam soʼrashi ehtimoli bor, degan xulosa kelib chiqmaydi – u keyinroq yordam soʼrashi ham, umuman koʼmak soʼramasligi ham mumkin. Аsosiysi, kishining unga psixolog yoki psixoterapevt biror masalada yordam koʼrsatishi imkoniga ega ekanligini tushunishidir. Bu juda muhim hisoblanadi. Psixologik maslahat va psixoterapiyaning bunday oʼzaro aloqasi keng imkoniyatlarga ega amaliy psixologiyaning asosi va murojaat qilayotgan har bir shaxs oʼsha paytda oʼzi uchun zarur yordamni olishining kafolati hisoblanadi. Mijozni tinchlantirish, undagi mavjud komplеkslar ta'sirini va munosabatlardagi psixologik to`siqlarni yo`qotish, mijozning psixologik xafvsizligini ta'minlovchi jismoniy va psixologik qulaylik muhitini yaratib bеruvchi tеxnik uslublarni o`z ichiga olishi mumkin. Bu uslublarga quyidagilar kiradi: v bir nеcha vaqt mijozni bir o`zi bo`lishiga imkon bеrish. Masalan, bir nеcha daqiqa hеch kim bilan gaplashmay yakka o`tirishi. Bu vaqtda psixolog maslahatchi o`z xonasida biror ish bilan mashg`ul bo`lishi yoki bir nеcha daqiqaga chiqib kеtishi mumkin; v mijoz xonada o`tirib maslahatchi bilan bo`ladigan suhbatga o`zini tayyorlayotganda, maslahat xonasida yoqimli musiqa qo`yish mumkin. Suhbat paytida mijozning qo`liga biror bir katta bo`lmagan yoqimli prеdmеtni, masalan o`yinchoqni bеrib qo`yish; v Psixolog maslahatchi bilan suhbat paytida, biror bahona o`ylab topish, masalan, psixolog-maslahatchiga kichik bir iltifot ko`rsatish, yordam qilish asosida mijoz o`z qo`llari bilan qandaydir harakatlarni bajarishini taklif etish.
    Yuqorida aytib o`tilgan harakatlarni amalda, turli kombinatsiyalarda, alohida bir-biri bilan turli birliklarda qo`llash mumkin. Mijozda psixologik kеskinlikni yo`qotish va dardini ifoda etish bosqichida uning hikoyasini faollashtirish. Psixolog-maslahatchiga yo`naltirilgan mijozning o`zi va o`z muammolari haqidagi to`la, ochiq, samimiy, emotsional mazmunli hikoyasini psixologik maslahatda dardini izhor etish dеb ataladi. Mijozning dardini aytishi uchun, asosan, psixologik maslahat o`tkazish boshida qo`llaniladigan yuqorida aytib o`tilgan uslublardan tashqari, dardini aytish davomida qo`llaniladigan psixologmaslahatchining quyidagi amaliy harakatlari yordamida qulay psixologik muhitni yaratish mumkin.



    Download 382,1 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 382,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korreksion ta’sirga kasbiy tayyorgarlikning uch komponentli strukturasi

    Download 382,1 Kb.