• 3. Qatlamni gidravlik yorishni olib borish texnologiyasi
  • QGYO ni xorijiy davlatlarda qо




    Download 242,5 Kb.
    bet2/7
    Sana25.12.2023
    Hajmi242,5 Kb.
    #128236
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Reja Qatlamni gidravlik yorish usuli tahlili-fayllar.org

    2. QGYO ni xorijiy davlatlarda qоllanilishi
    Qatlamni gidravlik yorish texnologiyasi yoki gidravlik yorish bо‘yicha butun dunyoda bahslashuv ketmoqda. Qarshi bо‘lganlar atrof muhitga potensial ta’sir qilishi, tarafdorlari-jahon iqtisodiy krizisni yengib о‘tishning eng yaxshi imkoniyati deb hisoblaydi. Birinchi о‘rinda gidravlik yorishni qatlam suvlariga ta’sir qilishi bilan bog‘liqdir. Metanning ta’sir qilishi, otilmalarni chiqishi, qatlam suvlarini ifloslanishi jiddiy favqulodlardagi xatolarga sabab bо‘ladi. Agarda grunt suvlaridan foydalanilayotgan bо‘lsa, u holda atrof muhitning holati katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Bugungi kunda lokal muammolarni yechimini izlashda uni bor yо‘qligigaishonch hosil qilishimiz kerak. Texnik jihatdan qaraganimizda bu muammo mavjud, gidravlik yorish texnologiyasini qо‘llanilishi talab qilinadi. Qatlamni gidravlik yorish usulini qо‘llab, slanets gazlari qazib olinganda foydalaniladigan uglevodorod yoqilg‘isi kuchayadi. Xalqaro energetika agentligi hisobotini kо‘rib chiqadigan bо‘lsak, "Oltin gaz asrning oltin qoidasiga muvofiq kо‘mirni slanets gazi bilan almashtirish klimatni katostrafik о‘zgarishini inkor qiladi. Boshqa hisobotda: tabiatni muhofaza qilish, quyosh, shamol va atom hamda uglevodorod gazlarini ushlab qolish va saqlash iqlimni toza asrashda muhim rol о‘ynaydi.

    3. Qatlamni gidravlik yorishni olib borish texnologiyasi
    1) Geologik xizmati boshqaruvi tomonidan QGYoni hisobi uchun ma’lumotlarni о‘rnatilgan shakli tuziladi.
    2) Elektron hisoblash mashinasidagi hisoblarni natijasi bо‘yicha QGYoni olib borishni programmasi tuziladi.
    3) Quduqning teritoriyasida jihozlarni va QGYO agregatlarini joylashtirish uchun maydon tayyorlanadi.
    4) Quduqda maxsus quduq usti jihozlari о‘rnatiladi.
    5) Quduqni kapital ta’mirlash ustasi QGYO bо‘yicha mas’ulga ishlarni olib borish akti topshiriladi.
    6) Ilovadagi sxemaga muvofiq QGYO muhandisi boshchiligida agregat va jihozlar joylashtiradi.
    7) Quduq usti jihozlari, manofoldlar va haydovchi chiziqni bog‘lovchi agregatlar 10 daqiqa davomida 700 atm bosim ostida germetiklikka sinaladi.
    8) Quduq ustidagi birikmalarni germetikligi о‘rnatilgandan keyin quduqqa QGYO uchun gelli suyuqlik haydaladi. Kompyuterdagi programma asosida quduqni qabul qiluvchanligiga erishish guvohnomasi о‘rnatiladi.
    9) Quduqni yorishga erishilgandan keyin programma bо‘yicha qudukka 10 dan 40 m3.gacha toza gelli yorish suyuqligi haydaladi.
    10) Yoruvchi suyuqlikka gellangan suyuqlik hisobiy dozadagi propant 100 dan 900 kg/m3 gacha belgilangan programma asosida 450 atm. bosim ostidahaydaladi. Yoriqlarni mahkamlash uchun 4-30 t propant haydaladi.
    11) Propant va suyuqlikdan keyin qatlamning shipigacha hajmda suyuqlik bostiriladi. QGYO jarayonini amalga oshirish pult yordamida va radio aloqa orqali boshqariladi.
    12.Qatlamning kon-geologik ma’lumotlariga asosan suyuqlikni haydash kо‘rsatgichi 3-7 m3/min. chegarasida ushlab turiladi.
    13) Quduqqa gelni tushishi uchun 24 soat davomida tanffus bosim ostida qoldiriladi.
    14) QGYoda quyidagi parametrlar doimiy ravishda nazorat qilinadi: haydash bosimi, haydash kо‘rsatgichi, quvur orti bosimi, propantning miqdori, suyuqlikning zichligi, kimyoviy reagentlarning miqdori. Parametrlarni yozib olish bir vaqtning о‘zida EHMning ekranida grafik kо‘rinishida, yozuvlar EHMning xatirasida, disketda,printerda pechatlanadi va ma’lumotlar jadval kо‘rinishida yoziladi.
    Qatlamni gidravlik yorish-tanlangan quduq uchun QGYoda debit aniqlanadi (qabul qiluvchanligi), quduq tubi va qatlam bosimi, mahsulot qazib olinadigan quduqdagi suvning miqdori va gaz omili aniqlanadi. Quduq tubini va qatlam quduq tubi atrofini tozalash tadbirlari amalga oshiriladi. Ishlatish tizmasining va sement halqasining germetikligi tekshiriladi.Quduqqa NKQ (bosimni yо‘qotilishini kamaytirish uchun kattaroq diametrli quvur) paker va yakor bilan birgalikda tushiriladi. Paker yoriladigan qatlamdan 5- 10 m yuqori otmetkaga о‘tkazmaydigan qatlamga (loyli, argillitga, alevrolit) о‘rnatiladi. Pakerning ostiga NKQ (xvostovik) о‘rnatiladi. Xvostovikning uzunligi shunday tanlanadiki, haydaladigan qumning yoriq bо‘ylab harakatlanishi ta’minlanadi va qum zumpfga о‘tirib qolmasligi kerak. Quduqning ichi ustigacha neft konidan qazib olinadigan gazsizlantirilgan neft bilan haydovchi quduqlar haydaladigan suv bilan tо‘ldiriladi.
    Paker о‘rnatilgandan keyin ochiq quvur orqasiga NKQ orqali neft yoki suv haydash orqali opressovka qilinadi. Pakerdan suyuqliklarni chiqishi kuzatilganda u uzib olinadi va qaytadan о‘tqaziladi hamda opressovka qilinadi. Agarda bunday holatda pakerni germetikligiga erishilmaganda paker almashtiriladi yoki о‘rnatish joyi о‘zgartiriladi. QGYO uchun jihozlar maydondagi quduqning oldiga shaxsan GYO olib boradigan brigada tomonidan texnologik sxemaga asosan taxlanadi, jihozlarga quvur uzatmalarining bog‘lanmasi (past bosimli uchun quldasta yordamida, yuqori bosim bо‘lganda - pо‘lat quvurlar) о‘rnatiladi. Hamma quvur uzatmalar о‘natilgan keyin zaxira koeffitsiyenti vakutiladigan ishchi bosimga (agarda ishchi bosim 650 atm kutilganda 1,25 zaxira koeffitsiyenti bilan) opressovka qilinadi. Sig‘imda joylashgan qatlamni gidravlik yorish suyuqligi kimyoviy reagentlar va yuqori qovushqoqli kо‘rsatgichda tayyorlanadi. Suyuqlikni yorishga tayyorlashni davom etishi uning hajmiga, sifatiga va haroratiga bogliq bо‘ladi. Texnologik sxemaga muvofiq QGYO jarayoni yoruvchi suyuqlikni sarf va bosim bilan haydash asosida olib boriladi. Qatlamni yorish bosimini pasayishi va quduqning qabul qiluvchanligini oshishiga qarab aniqlanadi.
    Quduq P tubini gidravlik yorish bosimi RQGYoformula yordamida aniqlanadi:
    Rqgyo = Ryorish + R tog‘.b (1)
    bu yerda: Ryorish - mahsuldor qatlam tog‘ jinsining yorilishga chegaraviy mustahkamlik bosimi, MPa;
    R tog‘.b - tog‘ bosimi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    R tog‘.b = N*r*10(yexr-5) (2)
    bu yerda: N-ishlanadigan qatlamning chuqurligi, m; R-quduqning qirqimida joylashgan qirqim tog‘ jinsining zichligi, kg/m3 .
    Quduqning ustidagi qatlamni gidravlik yorish bosimi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    P q.u = R tog‘.b + P quv.ishq – P qat (3)
    bu yerda: P quv.ishq - quvurlarda suyuqlikni ishqalanishga yо‘qotiladigan bosimi, MPa; P qat - qatlam bosimi, MPa.
    Qatlam yorilgandan keyin quduqni qabul qiluvchanligini kuchaytirish uchun suyuqlik sarfi va yoruvchi bosimning kattaligi oshiriladi. Yoriqlarni kattaligini hosil qilish uchun yoriqlarni mustahkamlash va yorilish holatida saqlab qolish uchun unga yelimlanuvchi material haydaladi. Bu bosqich maksimal bosimda va yoriqlarni maksimal ochilishini ta’minlash unumdorligi qiymatida olib boriladi. Qatlamga yelimlovchi material haydalgandan keyin bosim kо‘rsatgichi pasaytirilmagan holda quvurning hajmiga teng bо‘lgan hajmda yuvuvchi suyuqlik bostiriladi; undan keyin agregatlar ishdan tо‘xtatiladi, quduqning usti zulfin bilan yopiladi hamda quduqda bosimni taqsimlanishi va gellarni tushishi uchun 24 soat dam beriladi.

    Download 242,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 242,5 Kb.