• Gidravlik yorish ishlari quyidagi tartibda olib boriladi
  • QGYO texnologiyasini olib borish tartibi




    Download 242,5 Kb.
    bet3/7
    Sana25.12.2023
    Hajmi242,5 Kb.
    #128236
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Reja Qatlamni gidravlik yorish usuli tahlili-fayllar.org

    4. QGYO texnologiyasini olib borish tartibi
    QGYO texnologiyasini umumiy olib borish tartibi. Boshlanishida kо‘taruvchi quvurlar shablonlanadi va quduq tubiga tushiriladi. Undan keyin quduqni qabul qiluvchanligi ikki-uch marta barqaror rejimda suyuqlikni quduqqa ruxsat etilgan bosim chegarasida haydash va yoriqni kritik ochilish bosimi Ryoril aniqlash va kerakli ishchi agent hajmi aniqlanadi hamda QGYoni amalga oshirish uchun paker о‘rnatish yoki о‘rnatish kerak emaslik masalasi hal qilinadi. Bu tadqiqot asosida haydash bosimiga quduqni qabul qiluvchanlik bog‘lanish grafigi quriladi. Agar bog‘lanish grafigi debit о‘qiga botiq bо‘lsa, quduqning qabul qiluvchanlik koeffitsiyenti maksimal haydash rejimi minimal haydash rejimiiing qabul qiluvchanlik rejimiga nisbatan qatlamda yoriqlarni ochilish ruxsat etilgan bosim chegarasida mustahkamlash quvurlari tizmasida 2-3 marta о‘sadi. Buvday quduqlarda QGYO usuli pakersiz qо‘llaniladi. Qarshi holatlarda mustahkamlash quvurlarini qatlamni yorishda va yoriqlarga qumni haydashda yuqori bosimdan himoyalash uchun paker о‘rnatiladi. Porshenli nasoslar yordamida ishchi suyuqliklarni haydashda paydo bо‘ladigan pulslanuvchi bosimni ta’sirida pakerni о‘qli siljishini oldini olish uchun uning usti qismiga gidravlik yakor о‘rnatiladi.Quduqning ustiga maxsus boshchali yuqori bosimli quvur tezda biriktiruvchi mufta о‘rnatiladi va nasos jihozi bilan biriktiriladi.
    Gidravlik yorish ishlari quyidagi tartibda olib boriladi:
    1. Quduq ustidagi markaziy zulfin yopiladi va kо‘tiladigan bosimga nisbatan bir yarim karrali bosim bilan bog‘lanma jihozlarning tizimi opressovka qilinadi.
    2. Nasos agregatining har xil tezliklarida va ketma-ket qо‘shish rejimida quduqning qabul qiluvchanligi sinaladi. Indikator diagrammasini qurish yoki quduqning qabul qiluvchanlik koeffitsiyentini taqqoslash asosida qatlamda yoriqlar paydo bо‘lishi о‘rnatiladi. Bir vaqtda sinashda quvur oraliqlaridagi fazoning germetikligi (nasos agregatining doimiy ishida bosim о‘zgarmasligi kerak) aniqlanadi.
    3. Haydash kо‘rsatgichi pasaytirilmasdan qum aralashtiruvchi va suyuqlik agregatlaridan birini qо‘llagan holda-qum tashuvchi idishdan quduqqa belgilangan hajmdagi hajm haydaladi. Bunkerdan qum aralashtiruvchi agregatga aralashtiruvchi bachok orqali aralashma kirib keladi. Oqimdagi qumning konsentratsiyasi boshqaruv pulti orqali va shu bilan birgalikda bir vaqtda hamma uzatish agregatlari birgalikda ishlatilganda ulardan keladigan oqim ham boshqariladi.
    4. Belgilangan hajmdagi qumni quduqqa haydash tugallangandan keyin haydash kо‘rsatgichi pasaytirilmasdan sig‘imdan yuvuvchi suyuqlik quduqqa haydaladi. Haydovchi suyuqlikning hajmi NKQning hajmiga teng bо‘ladi. Yuvuvchi suyuqlik ortiqcha haydalganda uning ta’sirida qum qatlamga chuqurroq kirib boradi. Buning ta’sirida quduq devoriga yaqin joylashgan yoriqlar yana qaytadan bir-biri bilan birlashib ketishi mumkin va QGYO samarasi pasayib ketadi. Qumni quduq tubiga chо‘kishi va qum tiqinlarini paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun haydash kо‘rsatgichi pasaytirilmaydi va quduqqa qum haydash tо‘xtatiladi.

    Download 242,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 242,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    QGYO texnologiyasini olib borish tartibi

    Download 242,5 Kb.