|
Mavzu: Qishloq xo'jaligi va transportning tabiiy xo'jalik tizimlarga ta'siri. Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 44,24 Kb. | | #231047 |
Bog'liq Mavzu Qishloq xo\'jaligi va transportning tabiiy xo\'jalik tiziml
Mavzu: Qishloq xo'jaligi va transportning tabiiy xo'jalik tizimlarga ta'siri.
Reja:
1.Transportning mamlakat rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati
2. Transportning mamlakatlarning o‘zaro manfa’atlari yo‘lida rivojlanishi
3. Transport vositalaridan qishloq va suv xo‘jaligida foydalanish
4.Temir yo‘l transporti
5.Harakatdagi avtomobil transporti tarkibi va turkumlanishi
KIRISH
Respublikamiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev faoliyatining ilk kunlarida boshlab Markaziy Osiyoni yagona mintaqa sifatida rivojlantirishning ahamiyati va dolzarbligini, Markaziy Osiyoda qulay siyosiy muhit yaratish, mintaqadagi mamlakatlar bilan barcha yo‗nalishlarda, jumladan, O‗zbekiston tashqi siyosatining ustuvor tarmoqlaridan bo‗lgan transport sohasi bo‗yicha konstruktiv va o‗zaro manfaatli munosabatlarni yo‗lga qo‗yish kabi vazifalarni belgilab bergan. Davlat rahbari Ostona shahrida bo‗lib o‗tgan Markaziy Osiyo Davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvidagi nutqida mintaqani yirik dengiz portlari va dunyo bozorlari bilan bog‗lash imkonini beradigan transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish ustuvor vazifa ekanligini ham ta‘kidlab o‗tgan. Hozirgi kunda O‗zbekistonda muhandislik-kommunikatsiya va yo‗l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Dastur milliy transport tarmog‗ini rivojlantirish sohasida xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan yaxlit kompleks strategiyani ishlab chiqish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini hududiy va jahon bozoriga olib chiqishni hisobga olgan holda ushbu strategiyani xalqaro transport tizimiga keng integratsiyalashni ta‘minlashni ko‗zda tutadi. Markaziy Osiyoda qo‗shimcha yuk tashish oqimlarini jalb etish imkonini beradigan yangi transport va tranzit yo‗laklarini shakllantirish, transport va logistika sohasida kadrlar tayyorlash bo‗yicha xorijiy tajribani o‗rganib, xalqaro logistika markazlari tarmog‗ini yaratish, mintaqa transport-logistika salohiyatini rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlarning portlaridan samarali foydalanish uslublarini shakllantirish, Markaziy Osiyoda Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyo, Evropa, YAqin va O‗rta SHarq mamlakatlarini birlashtiruvchi muhim tranzit yo‗l bo‗lib xizmat qiladigan yagona integratsiyalashgan tizimni yaratish masalalari mintaqamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning ichki transport tizimi xalq xo‗jaligida muhim ahamiyat kasb etib, mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonini davom ettiruvchi, nihoyasiga etkazuvchi, ya‘ni iste‘molchiga etkazuvchi sohaga aylangan. Transport sanoat va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishidagi etkazib beruvchi bo‗g‗in sifatida rivojlanmoqda. CHunki yuk tashish va yuk oqimlarining hajmi, xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdori, ularni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish punktlariga, Respublika xududining har qanday joylariga, mavjud yo‗llar orqali etkazilib berilishi transportning rivojlanishiga bog‗liq. SHuningdek, transport tovar ishlab chiqarish sohalarining ulkan iste‘molchisi bo‗lib, ishlab chiqariladigan mahsulotlar strukturasi va hajmiga bog‗liq holda tovar 5 aylanmasini tezlashtirish, bozor iqtisodiyotini jadallashtirishda juda katta ahamiyatga egadir. Transport jahon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining uchinchi muhim tarmog'idir. U sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlaridan farqli ravishda biron-bir xil mahsulot ishlab chiqarmasada, ishlab chiqarishning rivojlanishida juda katta o'rin tutadi. Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o'ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil qiladi. Ular quruqlik (temiryo'l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo'linadi. Transporting asosiy tarmoqlar guruhlari quyidagilardir: Quruqiik transporti tarmoqlari qatoriga avtomobil, temiryo'l va quvur transportlari kiradi. Bu sohani yanada rivojlanishi uchun O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida» gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Qishloq xo‗jaligini rivojlantirish sohasidagi qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar maxkamasining qarorlari Respublika qishloq va suv xo‗jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, har tomonlama etuk kadrlar tayyorlash taqozo etiladi. SHu maqsadda tayyorlanadigan kadrlar transport ishlari samaradorligini oshirish, suv va qishloq xo‗jaligi yuklarini tashishni tashkil etish; transport tashkilotlari faoliyatining tahlil qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; asosiy texnik iqtisodiy tushunchalar va ko‗rsatkichlar, texnik servis korxonalarini iqtisodiy baholash; ularning faoliyatini; traktor va avtomobil transport vositalarini qishloq va suv xo‗jaligidagi tutgan o‗rnini; transport vositalarini suv va qishloq xo‗jaligi ishlariga jalb qilish va ularni yuklarning xususiyatlari bo‗yicha tanlash usullarini; transport ishlarini tashkil etish, maqbul harakat marshrutlarini ishlab chiqish va taqsimalashni; transport vositalari parkini tanlash, hisoblash va baholashni; texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlashni tashkil etish, boshqarishni; transport vositalaridan foydalanishda mehnat va atrof muhit muxofazasini, fan va texnika yutuqlarini qo‗llay bilishni bevosita amalga oshirish malakasiga ega bo‗lishlari kerak. Fanning maqsadi: Qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishining bo‗lajak mutaxassislariga berilgan tabiiy-ishlab chiqarish sharoitlariga asosan qishloq va suv xo‗jalik yuklarini tashishda avto-traktor transport vositalarini, texnologik komplekslarini, parklarini ilmiy asosda tanlash, yuqori samarada ishlatish, servis xizmatini tashkil etishni o‗rganish, ishonchlilik ko‗rsatkichlarini baholash, ishlash qobiliyatini hamda resursini eng zamonaviy usullar yordamida ta‘minlash asoslarini o‗rgatishga yordam berishdan iboratdir. 6 I-BOB. TRANSPORTNING MAMLAKAT RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI § 1.1. Transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilgan ishlar Ma‘lumotlarga ko‗ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari temir yo‗llarining uzunligi 22 ming kilometrga tengdir. Qozog‗iston eng yirik va eng ko‗p foydalaniladigan temir yo‗llar tizimiga ega, uning hissasiga mintaqadagi temir yo‗llarning 66 foizi va barcha yuk tashishlarning 84 foizi to‗g‗ri keladi. Mintaqadagi temir yo‗llarning qariyb 18 foizi O‗zbekiston hududidan o‗tadi va barcha tashishlarning qariyb 11 foizi mamlakatimiz hissasiga to‗g‗ri keladi. Turkmaniston taxminan 12 foiz mintaqaviy temir yo‗llarga egalik qiladi va barcha tashishlarning 4 foizini ta‘minlaydi. 1993 yilda Belgiya poytaxtida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‗zbekiston ishtirokida Bryussel deklaratsiyasi qabul qilingan. Mazkur hujjat Evropadan Qora dengiz, Kavkaz, Kaspiy dengizi orqali o‗tib, Markaziy Osiyo mamlakatlariga chiqish bo‗yicha transport yo‗lagini rivojlantirish maqsadida Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan TRASEKA texnik ko‗mak bo‗yicha mintaqalararo dasturining amalga oshirilishini boshlab bergan. 1996 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Eron va Turkiya hududlari orqali dunyo bozoriga chiqish imkonini beradigan yangi Transosiyo yo‗lagi – Tejon – Seraxs – Mashhad temir yo‗li ochilgan. So‗nggi yillarda Markaziy Osiyoda o‗zaro ishonch va do‗stona muhit sharoitida transport loyihalarini ro‗yobga chiqarish bo‗yicha amaliy choralar ko‗rilmoqda. O‗zbekistonni xorijiy mamlakatlarning, xususan, Frankfurt, Milan, Bryussel, Vena, Saragosa, Oslo, Bazel, Dubay, Tehron, SHanxay kabi yirik logistika markazlari bilan bog‗laydigan ―Navoiy‖ xalqaro intermodal logistika markazi faoliyati jadal rivojlanmoqda. 2016 yil 22 iyun kuni Angren – Pop temir yo‗li ochildi. Ushbu yo‗nalish Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa temir yo‗lining muhim bo‗g‗ini sifatida Xitoydan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eng qisqa yo‗l orqali chiqishni ta‘minlaydi va O‗zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2017 yil fevral oyida Toshkent va Dushanbe o‗rtasida 1992 yilda to‗xtatilgan aviaqatnovlar qayta tiklandi. 7 SHu yilning mart oyida Toshkent – Olmaota yo‗nalishi bo‗ylab tezyurar poezdlar harakati, milliy aviatashuvchilarning qo‗shimcha parvozlari yo‗lga qo‗yildi. 2017 yil sentyabr oyida O‗zbekiston – Qirg‗iziston chegarasidagi ―Do‗stlik‖ nazorat-o‗tkazish punkti faoliyati tiklangani O‗zbekiston va Qirg‗iziston tarixida muhim voqea bo‗ldi. Bu ikki mamlakat o‗rtasidagi azaliy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi. 2017 yilda Amudaryo orqali o‗tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir yo‗l va avtomobil ko‗priklari ochildi. Bu yuk tashish hajmini 2,5 barobar oshirish imkonini berdi. Amudaryo orqali o‗tadigan ko‗priklar yuk oqimlarini Osiyo va Tinch okeani mintaqasi, Janubiy Osiyo davlatlaridan Kaspiy dengizi, undan keyin Qora dengiz va O‗rtaer dengizi mintaqasi, Evropa, Kavkazorti, YAqin va O‗rta SHarq mamlakatlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri olib chiqish imkonini beradi. SHuningdek, ushbu ko‗priklar O‗zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‗mon transport-tranzit yo‗nalishining muhim bo‗g‗ini hisoblanadi. O‗zbekiston – Qirg‗iziston – Xitoy temir yo‗li qurilishi ham faollashgan. Uning amalga oshirilishi loyiha ishtirokchilari hamda Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlari va Xitoy o‗rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish imkonini beradi. Ushbu temir yo‗li Xitoydan Qirg‗iziston va O‗zbekiston orqali SHarqiy Evropa va YAqin SHarq mamlakatlariga yuk tashish imkoniyati yaratilishi tufayli Xitoy yuklarini Evropa mamlakatlariga etkazadigan eng qisqa yo‗llardan biriga aylanadi va butun Markaziy Osiyo transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2018 yil fevral oyida Markaziy Osiyodan ilk bor to‗g‗ridan-to‗g‗ri Xitoyga chiqadigan Toshkent – Andijon – O‗sh – Irkeshtom – Qashg‗ar avtomobil yo‗lagi bo‗yicha qatnov yo‗lga qo‗yildi. Mart oyida O‗zbekiston va Tojikiston chegarasida Samarqand va Panjikentni birlashtiruvchi ―Jartepa‖ nazorat-o‗tkazish punkti ishga tushdi. Sakkizta avtomobil va bitta ―Amuzang‖ temir yo‗l o‗tkazish maskani faoliyati tiklandi. G‗alaba – Amuzang – Xushadi temir yo‗l liniyasining ishga tushirilishi tranzit tashishlarini rivojlantirishda muhim rol o‗ynaydi, Turkmaniston va Afg‗onistonga chiqish uchun qo‗shimcha imkoniyatlar yaratadi. Markaziy Osiyoning strategik kelajagi va istiqbollari mintaqaning ajralmas qismi hisoblangan Afg‗onistondagi hududiy jarayonlarda faol ishtirok etishga bevosita bog‗liq. Afg‗oniston Prezidenti Ashraf G‗anining 2017 yilda O‗zbekistonga tashrifi doirasida "Surxon – Puli Xumri" elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish to‗g‗risida kelishuvga erishildi. YAngi liniya O‗zbekistondan 8 Afg‗onistonga elektr energiyasi etkazib berishni 70 foizga oshirish, ya‘ni yiliga 6 milliard kVt/soatga etkazish imkonini beradi. 2011 yilda Afg‗onistondagi ilk temir yo‗l – Hayraton – Mozori SHarif liniyasini bunyod etgan O‗zbekiston ushbu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga katta hissa qo‗shmoqda. § 1.2. Transportning mamlakatlarning o‘zaro manfa’atlari yo‘lida rivojlanishi Transportning mamlakatlarning o‗zaro manfaatlari yo‗lida rivojlanishi istiqbolda Afg‗oniston iqtisodiyotini tiklashga xizmat qiladigan "Mozori SHarif – Hirot" temir yo‗lini qurish loyihasi amalga oshirilishi ko‗zda tutilgan. Mazkur yo‗l O‗zbekistonning tovar ayirboshlash va tranzit imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Natijada, mamlakatimiz Erondagi, shu jumladan, Bandar Abbos va CHobahor bandargohlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri chiqish imkoniyatiga ega bo‗ladi. 2017 yilda O‗zbekiston va Afg‗oniston o‗rtasida aviaqatnovlar yo‗lga qo‗yilgani muhim voqea bo‗ldi. Bu Toshkent aeroportidan Afg‗oniston samolyotlarida Germaniya, Buyuk Britaniya va Evropaning boshqa mamlakatlariga amalga oshirilayotgan parvozlar uchun foydalanish imkonini beradi. Afg‗oniston bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda transafg‗on yo‗lagi doirasida yangi temir yo‗llarini barpo etish istiqbolda Markaziy Osiyoning eng qisqa yo‗llar orqali Hind okeani va Fors ko‗rfazidagi bandargohlarga chiqishini ta‘minlaydi, Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyoni Evropa va Xitoy bozorlari bilan bog‗laydi. 2018-2023 yillarda Xitoy va G‗arbiy Evropani bog‗laydigan "Evroosiyo" transport yo‗lagini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ushbu magistral Pekindan boshlab Ostona, Moskva va Minsk orqali Berlinga qadar davom etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‗ra, 2050 yilga borib ushbu yo‗lak orqali yiliga 37 million yo‗lovchi tashilishi ko‗zda tutilgan. "G‗arbiy Evropa – G‗arbiy Xitoy", uning Xitoy –Qozog‗iston qismi 2016 yilda ish boshlagan bo‗lib, Evropaga eltuvchi eng qisqa avtomobil yo‗li hisoblanadi. Bu erda yuk tashish muddati 10-12 kunni tashkil etadi. 2030 yilga qadar to‗liq ishga tushirilishi kutilmoqda. Yo‗lak Sankt-Peterburg – Moskva – Orenburg – Oqto‗ba – Olmaota – Qorg‗as orqali o‗tadi. 2017 yilda Afg‗oniston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya vakillari "Lojuvard" transport yo‗lagini yaratish to‗g‗risidagi kelishuvni imzolanganlar. Unga muvofiq, temir va avtomobil yo‗llari orqali Torkundi shahri (Afg‗oniston) Ashxobod bilan va Kaspiy dengizidagi Turkmanboshi bandargohi bilan 9 bog‗lanadi. So‗ng yo‗lak Kaspiy orqali Bokuga, keyinchalik Tbilisi orqali Anqaraga, yo‗l-yo‗lakay Poti va Batumi portlarida tarmoqlanib, Anqaradan Istanbul va Qarsga eltadi, shu tariqa Evropaning transport tizimiga ulanadi. Qozog‗iston – Turkmaniston – Eron yo‗lagi bo‗yicha 2018 yil may oyida Xitoydan ushbu yo‗nalishda konteynerli poezd yurishi yo‗lga qo‗yildi. Ushbu masofani bosib o‗tishga 2 haftaga yaqin vaqt ketadi. Bu dengiz yo‗liga qaraganda o‗rtacha ikki barobar jadal ekanligini anglatadi. 2022 yilga borib temir yo‗l orqali yuk tashish hajmi yiliga 15 million tonnani tashkil etishi kutilmoqda. "SHarq – G‗arb" loyihasida Xitoy va Evropa o‗rtasida transport aloqasini yo‗lga qo‗yish maqsadi qo‗yilgan bo‗lib, Boku – Tbilisi – Qars temir yo‗li ushbu transport yo‗lagining muhim bo‗g‗ini hisoblanadi. Mazkur loyiha Turkiya va Evropadan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy va Eronga muntazam yuk tashishni yo‗lga qo‗yishda muhim rol o‗ynaydi. O‗zbekiston ham ushbu loyihada ishtirok etishdan manfaatdor. Prezidentimizning "2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‗nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi qaroriga binoan Boku – Tbilisi – Axalkalaki – Qars temir yo‗li orqali tashqi savdo yuklarining dastlabki tranzit tashuvlarini amalga oshirish choralari ko‗rilmoqda. «SHimol – Janub» loyihasi bo‗yicha 2020 yilga mo‗ljallangan ushbu transport yo‗lagi Sankt-Peterburg bandargohini Eronning Bandar Abbos va CHobahor bandargohlari bilan bog‗laydi va shu tarzda dengiz yo‗li Hindistondagi Mumbay bandargohiga qadar uzaytiriladi. Ushbu transport yo‗lagi Eron orqali Fors ko‗rfazi mamlakatlariga yuk tashish jarayonini soddalashtirishi tufayli Markaziy Osiyo uchun dolzarb ahamiyatga ega. Har yili yo‗lak orqali 3-5 million tonna yukni tranzit qilish imkoniyati paydo bo‗ladi. Prezidentimiz 2017 yil may oyida Pekinda bo‗lib o‗tgan "Bir makon, bir yo‗l" xalqaro forumidagi nutqida ushbu loyihaning Markaziy Osiyo uchun dolzarbligini alohida ta‘kidlab o‗tgan. "Bir makon, bir yo‗l" tashabbusi, avvalo, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga, Xitoyni jahon aholisining 60 foizi va yalpi ichki mahsulotining 30 foizi to‗g‗ri keladigan 65 dan ortiq mamlakat bilan bog‗laydigan yangi transport yo‗llarini shakllantirishga qaratilgandir. O‗zbekiston – Qirg‗iziston – Xitoy temir yo‗lini qurish va ishga tushirish "Bir makon, bir yo‗l" tashabbusi doirasidagi yirik transport loyihalaridan biri hisoblanadi. "Bir makon, bir yo‗l"ni innovatsiyalar bilan boyitish, xususan, Buyuk ipak yo‗lini 10 raqamlashtirish maqsadida raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni faollashtirish ham e‘tiborga molik. 2017 yilda o‗tgan "Bir makon, bir yo‗l" xalqaro iqtisodiy forumi doirasida XXR Raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus raqamli iqtisodiyot va raqamli diplomatiyaga doir milliy tizimlarni rivojlantirish, superkompyuter markazlari, global raqamli do‗konlar, "aqlli shaharlar"ni tashkil etish, elektron tijorat va tibbiyotni kengaytirish, shuningdek, davlatlarning turli ichki siyosiy va tashqi siyosiy vazifalarini hal etishda sun‘iy ong texnologiyasidan foydalanishga qaratilgan. Bugungi kunda deyarli barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda transport va logistikaga oid raqamli xizmatlar jadal rivojlanmoqda. Ushbu tendensiyani hisobga olgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlarining avtomobil, temir yo‗l va havo transporti tizimlarida axborot texnologiyalari, raqamli marketing xizmatlarini joriy etish bilan bog‗liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. YUqoridagilar asosida xulosa qilish mumkinki, transport har qanday ijtimoiy hayotning zarur vositasi hisoblanadi. Transport asosan xalq xo‗jaligining tovarmahsulot ishlab chiqarish jarayonini davom ettirib, uni nihoyasiga ya‘ni iste‘mol doirasigacha etkazuvchi sohasidir. Demak transportning umumjamiyat ishlab chiqarishdagi asosiy vazifasi sanoat, qishloq xo‗jalik va transportni o‗zaro birlashtirishdan iboratdir. Bir tomondan, tashish hajmi, yuk oqimlari yo‗nalishlari va transport texnikasi vositalarining rivoji xalq xo‗jaligi tarmoqlarida ishlab chiqaradigan mahsulotlar miqdori, ularni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish punktlarining Respublika xududida qanday joylashganligiga, ikkinchi tomondan, mavjud yo‗llarning o‗tkaza olish qobiliyati, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va ularning qaerda joylashganligiga bog‗liqdir. SHuningdek, transport ishlab chiqarish sohasining ulkan iste‘molchisi bo‗lib uning ishlab chiqargan mahsulotlari strukturasi va hajmiga o‗tkaziladigan ta‘siri kattadir. Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning yuk tashish muntazamligi hisoblanadi. Zarur mahsulot, xom ashyo, ehtiyot qismlar va yonilg‗i moylash mahsulotlari yo‗llarning o‗z vaqtida va muntazam ta‘millanganidagina, ularning bazalar hamda omborlardagi zaxirasi etarli miqdorda bo‗lishini ta‘minlashi mumkin. 11 II-BOB. TRANSPORT VOSITALARIDAN QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA FOYDALANISH § 2.1. O‘zbekiston transporti XXI asr xalqimiz turmush tarzining o‗sish, sonining ko‗payish, farovonligining ortish, qishloqlarning shahar qiyofasiga aylanish, yangilanish, shaharlarimizning navqiron tus olish asri hisoblasak mubolag‗a bo‗lmaydi. Bular qatorida transport tizimi ham rivojlanib bormoqda. Transport har bir region halq xo‗jaligi kompleksining ajralmas bo‗g‗ini hisoblanadi. Transportning qudratisiz har qanday masshtabdagi mintaqalarni samarali va ratsional rivojlanishiga erishib bo‗lmaydi. Xozirgi kunda O‗zbekiston qudratli transportga egadir. SHaharlarning asosiy transporti sifatida atomobillar, avtobuslar, taksi, tramvay, metro, monorelsli yo‗llar qo‗llanilmoqda. Salmoqli yuk tashishlar umumiy ishlarga mo‗ljallangan avtomobillar bilan amalga oshirilmoqda. SHulardan ancha qismi ixtisoslashtirilgan va shahar sharoitiga moslashtirilgan transport vositalari bilan bajarilmoqda. SHuni ta‘kidlash kerakki, Toshkentda O‗rta Osiyoda yagona bo‗lgan metro tizimi faoliyat ko‗rsatadi. Qishloq va suv xo‗jaligi ishlab chiqarishida yuklarni o‗z vaqtida olib ketish va etkazib berishda ham transport alohida o‗rin tutadi. Qishloq va suv xo‗jaligi vazirliklari tasarrufidagi suv va qishloq xo‗jaligi boshqarmalari, joylardagi bo‗limlari, irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmalari, joylardagi tashkilotlari, transport korxonalari, mashina-traktor parklari, qurilish-montaj korxonalari, davlat unitar korxonalari suv va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining asosiy bajariladigan ishlaridan hisblanadi. YUk aylanmasining 90 % dan ortig‗ini temir yo‗l transporti egallagan. Bu turdagi transportning asosiy o‗rni uning yil davomidagi har qanday ob-havo sharoitida qat‘iy nazar yuqori darajadagi yuk o‗tkazish qobiliyati va muqimligidir. Hozirgi kunda O‗zbekistonning temir yo‗llari uzunligi qariyb 4 ming km dan ortiqdir. O‗zbekistonning temir yo‗l bilan ta‘minlanganlik darajasi boshqa qo‗shni davlatlarga nisbatan (Qozog‗istondan tashqari) ancha yuqori bo‗lib, yo‗llarning holati yaxshi va ko‗p texnikalar bilan jixozlangan. Respublikamiz temir yo‗llarining katta qismi tekisliklar va daryolar yoni bo‗ylab o‗tgan. Temir yo‗lning eng yuqori nuqtasi okean satxidan 850 m balandlikdan o‗tadi. Bu asosan Jizzax-Samarqand temir yo‗lidirdir. 1931 yil qurilgan Turkiston-Sibir temir yo‗l magistrali Respublikamiz halq xo‗jaligining rivojlanishiga jiddiy ta‘sirini ko‗rsatdi. Bu yo‗lning ochilishi Rossiya federatsiyasidan O‗rta Osiyo 12 orqali g‗alla va yog‗och materiallarini etkazib berishni yaxshilagan bo‗lsa, o‗z navbatida Respulikamizdan Sibir va Uzoq sharqqa meva va sabzavotlarni yuborish ancha o‗sdi. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining ma‘lumotlariga ko‘ra qator yillar bo‘yicha yuk tashish va yuk aylanmasi quyidagi jadvallarda keltirilgan. 1-jadval Transport turlari bo`yicha yuk tashish va yuk aylanmasi 2000 y. 2001 y. 2002 y. 2003 y. 2004 y. Jo`natilgan yuklar, mln.t 804,6 763,2 733,8 707,6 716,3 shu jumladan transportda: temir yo`l 42,4 41,5 44 45,1 45,3 avtomobil 701,2 658,7 627,9 596,2 603,2 quvur yo`li 61 63 61,8 66,3 67,8 havo yo`li, ming 15,2 8,7 9,5 6 5,7 yuk aylanmasi, mlrd. t-km 54,6 55,6 59,9 63,1 64,7 shu jumladan transportda: temir yo`li 15 15,7 18,4 18,9 18 avtomobil 8,9 8,7 9 9,6 11 quvur yo`li 30,6 31,1 32,4 34,5 35,6 havo yo`li, mln. t-km 120,1 96,4 126,4 95,3 117,3 2-jadval Transport turlari bo`yicha yuk tashish va yuk aylanmasi 2005 y. 2006 y. 2007 y. 2008 y. 2009 y. 2010 y. Jo`natilgan yuklar, mln.t 755,9 812,8 879,3 950,4 1 078,00 1 176,80 shu jumladan transportda: temir yo`l 45,8 50 58 62,8 65,6 56,9 avtomobil 638,6 689,8 745,2 811,2 959,3 1 066,10 quvur yo`li 71,5 73 76,1 76,4 53 53,7 havo yo`li, ming 6,2 6,6 6,7 6 15,9 29,5 yuk aylanmasi, mlrd. t-km 68,9 73,4 78,8 83,8 77,8 75,8 shu jumladan transportda: temir yo`li 18,1 19,3 21,6 23,4 24,2 22,3 avtomobil 13,8 16 18,1 21 23,2 24,5 quvur yo`li 36,9 38 39 39,3 30,3 28,9 havo yo`li, mln. t-km 97,8 77,1 76,7 84 102,9 168 13 3-jadval Transport turlari bo`yicha yuk tashish va yuk aylanmasi 2011 y. 2012 y. 2013 y. 2014 y. 2015 y. 2016 y. Jo`natilgan yuklar, mln.t 1 275,50 1 329,30 1 387,10 1 458,90 1 527,00 1132,5 shu jumladan transportda: temir yo`l 59,2 61,5 63,7 65,7 67,2 67,6 avtomobil 1 156,40 1 203,20 1 258,30 1 327,40 1 399,80 1002,8 quvur yo`li 59,9 64,5 65 65,8 60 62,2 havo yo`li, ming 30,7 24 22 23 24,6 26,5 yuk aylanmasi, mlrd. t-km 78,8 83,4 83,7 85,7 86,9 63,5 shu jumladan transportda: temir yo`li 22,5 22,7 22,9 22,9 22,9 22,9 avtomobil 26,1 27,5 29,2 31,5 33,9 13,3 * quvur yo`li 30,1 33 31,5 31,2 30 28,9 havo yo`li, mln. t-km 162,5 121,9 116,3 125,1 131,1 132,2 O‗zbekistonni iqtisodiyotida avtomobil transporti ham muhim rol o‗ynaydi. Xozirgi kunda halq xo‗jaligining biron bir tarmog‗i yo‗qki, u erda transport qo‗llanilmasa. Avtomobil transpotining muhimligi va istiqboli nisbatan qisqa masofalarga yuklarni tez etkazishi va yuqori manevrchanligi bilan o‗z ifodasini topadi. 4-jadval Transport turlari bo‘yicha yuk tashish va yuk aylanmasi № YUk tashish va yuu aylanmasi 2019 yil yanvar-mart 2018 yil yanvarmartga nisbatan % 1. Transportda tashilgan yuklar, mln.t 255,4 105,5 - temir yo‗l transporti 17,3 103,6 - avtomobil transporti 219,4 105,4 - havo transporti, ming t. 1,8 43,4 - quvur transporti 18,7 109,6 2. Transport yuk aylanmasi, mln. t-km 16 746,6 103,6 - temir yo‗l transporti 5 390,3 97,8 - avtomobil transporti 2 782,8 104,1 - havo transporti 22,3 79,5 - quvur transporti 8 551,2 107,5 14 Avtomobil transporti yuklarni «eshikdan eshikkacha» prinsipi asosida etkazib beradi. Transport turlari bo‗lmagan tumanlar va aholi yashaydigan punktlarda avtotransport yagona aholini extiyojini qondiradigan transport turi bo‗lib xizmat qiladi. Ayniqsa transportning ahamiyati zamonaviy transport bora olmaydigan tog‗li rayonlarda juda kattadir. O‗rta hisobda avtomobil transporti bilan 600 mln tonnadan ko‗p yuklar tashiladi. Avtomobil yo‗llarining uzunligi esa 90 ming kilometrdan ortiq bo‗lib, shulardan qariyb 75 min kilometrdag ortig‗i qattiq qatlamli yo‗llar hisoblanadi. Respublikamiz mustaqilligidan so‗ng yo‗l qo‗rilishiga davlatimiz rahbari tomonidan e‘tibor kuchayganligini vatanimiz bilan bog‗lovchi halqaro magistral yo‗llarni qo‗rilishi bilan bog‗lasak bo‗ladi. Bu yo‗nalishda O‗zbekiston yo‗llarni qurilishi, rekonstruksiya qilinishida o‗zining salmoqli xissasini qo‗shib kelmoqda. Boshqa davlatlar kabi O‗zbekistonda halqaro yo‗nalishlarda yuklarni avtomobillarda tashish Ittifoqi tashkil etilgan. Transport ta‘minotida respublikamizda aviatransport ham katta o‗rin egallagan. Bu turdagi transportda asosan passajirlarni manzillariga etkazish va katta halq xo‗jaligi ahamiyatiga ega bo‗lgan yuklarni tez etkazib berish muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Respublikamizda havo transportining rivojlanishi tarixiy kun 1993 yil 28 yanvar "O‗zbekiston havo yullari" milliy aviakompaniyasining tashkil etishi bilan bog‗liqdir. § 2.2. Qishloq xo‘jaligida traktor va avtomobillarning o‘rni, ularning yaratilish tarixi va rivojlanish istiqboli Traktor-qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishidagi asosiy energiya manbai hisoblanadi. Qishloq xo‗jaligida bajariladigan jarayonlar o‗rta energiya sig‗imiga ega bo‗lganligi sababli, energetik vosita-tortish manbai sifatida traktor va avtomobillar keng qo‗llaniladi. Traktorlar turli xil iqlim sharoitida, junubning issiq cho‗l-dashtlarida, shimolning o‗ta namlik va sovuq zonalarida, tog‗, tog‗-bag‗ri, bepayon tekisliklarda keng miqyosda ishlatiladi. Traktorlar +500 dan -300 issiq va sovuq iqlim sharoitida ishlashga moslashtirilib hamda har xil energiya sig‗imli qilib ishlab chiqarilmoqda. Biroq og‗ir spetsifik sharoitlarda ishlash uchun traktorlarni yaratishga, tanlashga va ishlatishda ma‘lum talablar qo‗yiladi. SHuning uchun ham traktorlar ishlash 15 sharoitiga (yo‗l sharoiti, erning tuzilishi, re‘lefi, o‗lchamlari, va boshqalar), ayrim texnologik jarayonlarni bajarishga qarab ishlab chiqariladi (1-6-rasmlar). 1- rasm. 38 – 46 o.k. traktor modellarining kengayishi 2- rasm. 46 - 62 o.k. traktor modellarining kengayishi 16 3- rasm. 80 o.k. traktor modellarining kengayishi 4- rasm. 110 o.k. traktor modellarining kengayishi 17 140 o.k. 5- rasm. 140 o.k. traktor modellarining kengayishi 6- rasm. 250 o.k. traktor modellarining kengayishi Nam tuproqli va botqoqli erlarda ishlash uchun zanjiri kengaytirilgan, tog‗li erlarda va qiyaliklarda ishlatish uchun alohida tik-qiyalik traktorlar ishlatiladi. Ko‗chatzor va parniklardagi ayrim jarayonlar kam quvvatli traktorlar bilan bajariladi. Agarda dala maydoni keng va uzun hamda mexanizatsiyalashtirilgan texnologik jarayonlar katta quvvat talab qiladigan bo‗lsa (er xaydash, zovur qazish va boshqalar), u holda kuchli traktorlardan foydalaniladi. Ekinlarni parvarishlash yig‗im-terim va boshqa ishlashlarni bemalol bajarish uchun traktorning yo‗l tirqishi (darojnыy prosvet) etarli, g‗ildiraklar oralig‗i (koleya) keng hamda o‗zgartiriga moslana oladigan, ularning yurish qismi o‗simliklarga zarar etkazmaydigan darajada kenglikka ega konstruksiyalarga ega bo‗ladi. Transport ishlarida qo‗llaniladigan traktorlar harakat tezligi, o‗tuvchanligi, manevrchanligi bo‗yicha farq qiladi. 250 o.k. 18 2PTS-4-793A 2PTS-4-793A-03A TSP-39 2PTS-4,5 TSP-10 2PTS-6,5 Avtopoezd PS-60A 7-rasm. Pritseplar modellarining kengayishi Transport agregati etarli darajada manyovrchan, boshqarishga qulay bo‗lishi, transport jarayonlarini yuqori sifatda bajarilishini, mahsulot sifatini, maksimal tortish kuchi va kam yonilg‗i sarfini ta‘minlashi kerak. Demak g‗ildirakli traktorlar o‗zlarining universalligi, manevrchanligi, 19 qo‗zg‗aluvchanligi, yo‗l tirqishining yuqoriligi, g‗ildiraklar oralig‗ini o‗zgartirib rostlash mumkinligi bilan zanjirli traktorlardan farq qiladi. Avtomobillar traktorlar bilan bir qatorda suv va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida yuk tashishda va maxsus ishlarni bajarishda keng qo‗llaniladi. Mayda yuklarni, masalan ko‗chat, turli asboblar va mahsulotlarni tashishda kam litrajli avtomobillardan foydalaniladi. Passajirlar, yuklar va maxsus asbob-uskunalarni tashish uchun mo‗ljallangan mustaqil dvigateliga ega bo‗lgan o‗zi yurar mashinalarga avtomobillar deb ataladi. Avtomobillar vazifasiga qarab passajir, yuk tashiydigan va maxsus turlarga bo‗linadi. Passajir avtomobillari kuzovining konstruksiyasi hamda ularga qancha passajir sig‗ishiga qarab ikki guruxga-engil avtomobillar va avtobuslarga bo‗linadi. YUk avtomobillari yuk ko‗tarish qobiliyatiga qarab sinflarga bo‗linadi. 1908 - 1924 yy. Riga shahridagi Russko-Baltika vagonsozlik zavodida ishlab chiqarilgan 451 ta engil va kam sonli yuk avtomobillarini hisobga olmaganda XX asr boshlarigacha Rossiyada avtomobilsozlik sanoati deyarli yo‗q darajada bo‗lgan. SHu sababli 20-yillardan boshlab avtomobillar ishlab chiqarish sanoatini barpo etish yuzasidan keskin choralar ko‗rilgan. 1924 y. oxirlarida avtomobillar ustaxonalari zaminida tashkil qilingan Moskva avtomobil zavodida (Lixachyov nomli avtozavod) 1,5 tonna yuk ko‗tarish qobiliyatiga ega bo‗lgan AMO-f-15 tamg‗ali birinchi avtomobil ishlab chiqarilgan. 1925 y. boshlab YAroslavl avtomobil zavodi dastlab 3 tonna, so‗ngra 3,5 tonna yuk ko‗tara oladigan YAAZ tamg‗ali yuk avtomobillarini yoppasiga tayyorlashga kirishgan. Keyinchalik bu zavodlar rus avtomobilsozligining etakchi korxonalarga aylangan. Keyinchalik Rossiya avtomobil zavodida ZIL-130, ZIL-131 va ZIL-133 kabi yuk avtomobillari, KAMAZ, dizel motorli ZIL-133 V.S.V, ZIL-645, ZIL -4331 yuk avtomobillari tayyorlangan. Gorkiy avtomobil zavodida yuk ko‗tarish qobiliyati 2 tonnalik (GAZ-66), 2.5 tonnalik (GAZ-52) va 4 tonnalik (GAZ-53A) avtomobillari ishlab chiqarilgan. Ulug‗ Vatan urushi yillarda evakuvatsiya qilingan ZIL zavodi zaminida Uralda yangi UAZ (1942 y) zavodi qurib ishga tushurilgan. Urushdan keyin 1947 y. Minskda va 1951 y. Kutaisida faqat dizel dvigateli o‗rnatilgan o‗zi ag‗daradigan yuk avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavodlar qurib, ishga tushirilgan (MAZ-5335; MAZ-5423; MAZ-7910 va KAZ-4540). 1959 yildan boshlab 27-180 tonnalik yuk ko‗tara oladigan avtomobillar ishlab chiqaradigan KrAZ va BelAz zavodlar ishga tushirilgan. 20 O‗zbekiston Respublikasi mustakillikka erishgandan so‗ng yurtimizda avtomobil transportining rivoji yangi bosqichga kirdi. Respublikada avtomobilsozlik sanoati yaratilib, avtomobil sanoatiga ega bo‗lgan 28-davlat bo‗ldi, Asaka shahrida dastlab engil avtomobillar ishlab chiqaruvchi qo‗shma korxona, Samarqandda Uz–Otayul kichik turkumdagi avtobuslar (M.23, M.24, M.29, M.50) va ixtisoslashgan yuk avtomobillari (35.9, 65.9, 85.12 va boshqalar), keyinchalik MAN yuk avtomobillari ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. Xozirgi kunda bunday avtomobillar xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlarida foydalanilmoqda. SHu bilan bir qatorda, iqtisodiyotimiz talablarini qondirish maqsadida xorijdan maxsus avtomobillar: - tog‗-metallurgiya sanoati uchun o‗ta og‗ir yuk ko‗taruvchi (8-39 t) «DEU» avtomobillari; - shahar transportida o‗rta va katta sig‗imli Mersedes-Bens 0405 va DEU VS-106 avtobuslari; - kommunal xo‗jalikda ixtisoslashtirilgan «DEU» avtomobillari qo‗llanilib kelmoqda. Mustaqil O‗zbekiston iqtisodiyotining keyingi taraqqiyoti mashinasozlikning boshqa bir qator tarmoqlarini ham shu yo‗sinda tashkil etish va rivojlantirishni ko‗zda tutadi. SamAvto avtomobil zavodi 1999 yilning mart oyida Turkiyaning ―Koch‖ kompaniyasi bilan hamkorlkda ishga tushirilgan. Oʻsha vaqtda korxonada 2 xil avtobus va 3 xil yuk avtomobillari yirik jamlash uslubida ishlab chiqarilgan. Keyinchalik SamAvto Yaponiyaning ―ISUZU Motors‖ va ―Itochu corporation‖ kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatdi. Bugungi kunda Samarqand avtomobil zavodida 7 turdagi zamonaviy avtobuslar, 36 xil yuk va maxsus avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 1200 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Shu paytgacha zavodda 33 ming 700 dan ortiq avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarildi. Mahsulot nafaqat Oʻzbekistonda balkim Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Ozarboyjon va Gruziyaga eksport qilinmoqda. SamAvto avtomobillari bu texnikada yuqori sifatda amalga oshirilgan, novatorlikka oid konstruktorlik g‘oyalarning dadil tadbiqidir. Dunyo avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlashgan holda, zamonaviy dizayn va yuqori texnik tavsif yig‘indisi SamAvto texnikasiga xalqaro avtotexnika bozorida barqaror o‘rinni 21 egallashga imkon bermoqda. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida asosiy e‘tibor, ishlab chiqarish sifati darajasini oshirishga qaratiladi. 8-расм. NQR 71 PL rusumli yuk avtomobili 9-rasm. Самосвал MAN TGS 33.360 6×4 BB 20 т Dvigatel quvvati 360 o.k, EURO – 3; Ruxsat etilgan og‘irligi - 33 000 kg Yuk ko‘taruvchanligi - 20 000 kg; Kuzovining hajmi - 16 м 3 22 10-rasm. Самосвал MAN CLA 31.280 6×4 ВВ 16 т Dvigatel quvvati 280 o.k, EURO – 3; Ruxsat etilgan og‘irligi - 31 000 kg Yuk ko‘taruvchanligi - 16 000 kg; Kuzovining hajmi - 15 м 3 . § 2.3. Transportning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati Transport mamlakatimiz iqtisodiyotida g‗oyat ko‗p va xilma-xil ishlarni bajaradi. Transport kundalik, Respublika, viloyatlar va rayonlar o‗rtasidagi muntazam aloqalarni ta‘minlashda juda kata ahamiyat kasb etadi. Hozir transport Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarining tarkibiy qismi sifatida fan va texnika yutuqlarini keng miqyosda tadbiq etuvchi o‗lkan dinamik tizimga aylangan. Demak transportning umumjamiyat ishlab chiqarishdagi asosiy vazifasi sanoat, qishloq xo‗jalik va transportning o‗zaro bog‗liqligi bilan belgilanadi. YA‘ni: yuk tashish hajmi, yuk oqimlari yo‗nalishlari va transport vositalarining rivoji xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdori, ularni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish punktlarining Respublika xududida qanday joylashganligiga; mavjud yo‗llarning o‗tkaza yuborish qobiliyati, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga va ularning qaerda joylashganligiga bog‗liq. SHuningdek, transport tovar ishlab chiqarish sohalarining ulkan iste‘molchisi bo‗lib, ishlab chiqariladigan mahsulotlar strukturasi va hajmiga bog‗liq holda tovar aylanmasini tezlashtirish, bozor iqtisodiyotini jadallashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning yuk tashish muntazamligi hisoblanadi. 23 Zarur mahsulot, xom ashyo, ehtiyot qismlar va yonilg‗i-moylash mahsulotlarining o‗z vaqtida va muntazam etkazilib berilishi ularning ombordagi zaxirasini minimal miqdorda bo‗lishini ta‘minlashi mumkin. Transport tizimi deganda – yuklarni tashish jarayonida bir-biriga bog‗liq bo‗lgan barcha turdagi transportlar majmui tushuniladi. Odatda «transport tizimi» termini biror davlat, region yoki katta shaharga tegishli ma‘noda qullaniladi. Xozirgi davr transporti tizimi tarkibiga temir yo‗l, dengiz, daryo, avtomobil, havo, truboprovod transporti va elektron transporti turlari kiradi. YAgona transport tizimi deganda - yuklarni ishlab chiqarish punktlaridan iste‘mol qilish punktlariga etkazib berish, ularga xizmat ko‗rsatish uchun zarur bo‗lgan texnika qurilish va inshootlar, xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlaridagi har xil transport yo‗l vositalari va uzellari ya‘ni temir yo‗l va avtomobil vokzallari, daryo va dengiz portlari va hokozolar, korxona va tashkilotlarga qarashli harakatlanuvchi sostav, yuk tashish, ortish, tushirish mashina va mexanizmlari, ulardagi texnik jihozlarning jami tushiniladi. Magistral transporti - deganda moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ularni iste‘mol qiluvchi korxonalarining iqtisodiy aloqalari manfa‘atlari yo‗lida yuklarni uzoq masofalarga tashuvchi, odatda umum foydalanadigan transport tushuniladi. Magistral transport tarkibiga temir yo‗l, dengiz, daryo, avtomobil (asosan umumfoydalanadigan), havo, truboprovod transportlari kiradi va ularni har xil vazirliklar boshqaradi. Umum foydalanadigan transport - deganda tegishli qonun va nizomlarga asosan barcha davlat korxonalari va tashkilotlari (qaysi vazirlik va davlat boshqarmasiga tegishli bo‗lishdan qat‘iy nazar), jamoat muassasalari yoki shaxsiy yuklarni tashib beruvchi transport tushuniladi. 11-rasm. Transport vositasining tashish masofasiga nisbatan ish unumi va yuk aylanmasimning o‘zgarish grafigi 24 YUk aylanmasi (gruzooborot) - yuk tashish jarayonida bajariladigan ish bo‗lib, u tonnalarda o‗lchanuvchi tashilgan yuk hajmini o‗rtacha tashish masofasiga ko‗paytirish yo‗li bilan aniqlanadi. O‗lchov birligi - tonna-kilometr (tkm) qabul qilinadi. Demak yuk tashishda transport ishini baholash uchun o‗lchov birlik qilib tonna va tona-kilometr qabil qilingan. Ma‘lum vaqt birligida tonna hisobida qabul qilingan va jo‗natilgan yuklar xajmlari punktlarning yuk aylanmasi deyiladi. § 2.4. YUk tashish jarayoni va uning elementlari YUk tashish texnologik jarayoni deganda kompleks va yuqori samarali ilg‗or ish uslublariga asoslangan holda bajarilishi lozim bo‗lgan ishlarni rejali tizimga solish tushiniladi. YUklarni tashishda transport jarayoni uchta asosiy elementlarni o‗z ichiga oladi: 1. Transport vositalariga yuk ortish; 2. YUklarni bir joydan ikkinchi joyga tashish; 3. Transport vositalaridan yuklarni tushirish. Har qanday transport turining asosiy ish ko‗rsatkichi – bu ortilgan yuk hajmi va bajarilgan yuk aylanmasi hisoblanadi. YUk tashish jarayoni deganda yuk tashish bilan bog‗liq bo‗lgan ishlar majmuasi tushuniladi. Bu majmuaga yuk ortish, tashish va tushurish ishlari kiradi. Bu uchta element birgalikda reys deb ataladi. YUk tashish jarayoni transport vositalarining borib-kelish vaqti bilan ifodalanadi. tb.k= tor + th.yuk + ttush + tsalt (1) bunda tor, ttush - transport vositasining tegishlicha ortish va tushirishga sarflagan vaqti, soat; th.yuk, tsalt - transport vositasining tegishlicha yuk bilan va yuksiz harakat vaqti, soat. Agar borib kelishda transport vositasi, texnik va boshqa sabablarga ko‗ra to‗xtasa, u holda t x k o salt tuch salt yuk h yuk b k оr t E t t L t t . . . . [ . . . . (2) 25 bunda tt.x.k - texnik xizmat ko‗rsatishga ketgan vaqt, soat; th.yuk ,yuk, Lsalt ,salt -mos holda yuk bilan va yuksiz qatnash masofasi (km) va harakat tezliklari (km/soat); E0 - salt yurishlar vaqti, soat. YUk tashish ishlari tashiladigan yuklarning tonna (Qt ) yoki ko‗pincha tonnakilometr hisobidagi hajmi bilan ifodalanadi. Vaqt birligi ichida tashiladigan yuk hajmi yuk tashish unumi deb ataladi. YUk tashish unumi quyidagicha aniqlanadi T Q Wm tonna/soat Т L L W yuk salt kм km/soat (3) Т Q L W yuk тkm tkm/soat bunda Qi – tashilgan yuk hajmi , tonna; T - ishlash vaqti (soat, smena, sutka); Lyuk, Lsalt - mos holda yuk va yuksiz qatnash masofasi. YUk tashish vositalarining ish unumi foydali ishlash vaqtiga, harakat tezligiga, yuk bilan bosib o‗tgan masofaga, yuk ko‗tarish kuchiga va mashinalardan foydalanish darajasiga bog‗liq bo‗ladi. YUk tashish vositalarining smena vaqti balansi T sm = T t.ya. + T h.yuk.+ T or.tush. + T h.salt (4) bunda Tt.ya. – tayyorlash yakunlash vaqti, soat; Th.yuk., Tor.tush, Th.salt - mos holda yuk bilan, yuksiz harakatlanish, yuk ortish va va yuk tushurishga ketgan vaqt, soat. Barcha transport turlarining ish ko‗rsatkichlari qatoriga yukni manzilga etib borish tezligi ham kiradi. Tashish tezligi ko‗p omillarga bog‗liq. YAni: harakatlanuvchi tarkib (vosita) konstruksiyasi uchun belgilangan tezlik, tashish jarayonini tashkil etishning mukammaligi, tashish masofasining uzunligi va boshqalarga bog‗liq. Agar temir yo‗l transportidagi yuk tashish tezligi 100 % deb qabil qilinsa, havo transportida 150-300 %, uzoq manzillariga avtomobilda yuk tashishda 180-200 %, daryo transportida 60-70 %, truboprovod transportida 40-50 % tashkil etadi. Transport vositasining harakatlanish tezligi ikki xil bo‗lishi mumkin: texnik tezlik va ekspluatatsion (foydalanish) tezlik. 26 Texnik tezlik – transport vositalarining harakat vaqtidagi o‗rtacha tezligi hisoblanadi. Texnik tezlik tashish masofasini o‗rtacha harakatlanish vaqtida bo‗lishi bilan aniqlanadi. Ekspulatatsion tezlik – transport vositalarining yo‗lda, boshlang‗ich va so‗ngi punktlarda to‗xtatishini hisobga olgan holdagi harakatlanish tezligi hisoblanadi. 5-jadval Tashish tannarxining transport turi va tashish masofasiga nisbatan o‘zgarishi Transport turi Tashish masofasi, km. 10 20 50 100 200 500 1000 Temir yo‗l 100% 52 22 13 7 4 3 Dengiz 100% 50 20 10 5 2 1 Daryo 100% 51 21 11 6 3 2 Avtomobil 100% 72 54 48 46 44 44 Tashish tannarxi - transport ishining natijaviy va muhim ko‗rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Uning qiymatlariga ko‗p omillar ta‘sir ko‗rsatadi. YA‘ni, transport turlariga qarab yuklar turi, tashish masofasi va boshqa ekpluatatsion sharoitlar tashish tannarxi qiymatlarini o‗zgarishiga olib keladi (5-jadval). § 2.5. Temir yo‘l transporti Temir yo‘l transporti - malakatimiz transportining etakchi zvenosi hisoblanadi. Temir yo‗l transporti texnik jihozlarining asosiy elementlariga yo‗l qurilmalari (izlar), sun‘iy inshootlar, stansiyalar, harakatlanuvchi sostavlar, elektr ta‘minoti qurilmalari, poezd harakatini tartibga solish va undan foydalanish ishlarini bajaruvchi maxsus vositalar kiradi. Respublikamiz temir yo‗l transportining izlari kengligi (koleya kengligi) 1520…1524 mm ga teng. Boshqa davlatlarning temir yo‗l transporti izlari kenligi 1435-1676 mm oralig‗ida qabul qilingan. Ma‘lumotlarga ko‗ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari temir yo‗llarining uzunligi 22 ming kilometrga tengdir. 27 12-rasm. Yuklarni temir yo’l transporti bilan tashish Qozog‗iston eng yirik va eng ko‗p foydalaniladigan temir yo‗llar tizimiga ega, uning hissasiga mintaqadagi temir yo‗llarning 66 foizi va barcha yuk tashishlarning 84 foizi to‗g‗ri keladi. Mintaqadagi temir yo‗llarning qariyb 18 foizi O‗zbekiston hududidan o‗tadi va barcha tashishlarning qariyb 11 foizi mamlakatimiz hissasiga to‗g‗ri keladi. Turkmaniston taxminan 12 foiz mintaqaviy temir yo‗llarga egalik qiladi va barcha tashishlarning 4 foizini ta‘minlaydi. 2016 yil 22 iyun kuni Angren – Pop temir yo‗li ochildi. Ushbu yo‗nalish Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa temir yo‗lining muhim bo‗g‗ini sifatida Xitoydan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eng qisqa yo‗l orqali chiqishni ta‘minlaydi va O‗zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2017 yil fevral oyida Toshkent va Dushanbe o‗rtasida 1992 yilda to‗xtatilgan aviaqatnovlar qayta tiklandi. 2017 yilda Amudaryo orqali o‗tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir yo‗l va avtomobil ko‗priklari ochildi. Bu yuk tashish hajmini 2,5 barobar oshirish imkonini berdi. O‗zbekiston – Qirg‗iziston – Xitoy temir yo‗li qurilishi ham faollashgan. Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlarining (MHD) Evropa qismida temir yo‗l shahobchalari qalin va sertarmoqli hisoblanib bunda barcha temir yo‗llarning 70 % ni tashkil qiladi. Butun MHD bo‗yicha temir yo‗llarning o‗rtacha zichligi 100 km2 ga 6,5 km bo‗lsa, Ukrainada 36,0, Moldovada 134,1, Rossiya federasiyasining markaziy rayonlarida (Markaziy Qoratuproq rayonlarida 26,6, Markaziy rayonlarda 23,3, Belorussiyada 26,7 tashkil qiladi. MDH Markaziy rayonlarida temir yo‗l 28 shohobchalari radial-halqa shakliga ega bo‗lib, Moskvadan temir yo‗llar o‗n ikki yo‗nalishda nurga o‗xshab taralgan bo‗lib unga halqasimon yo‗nalishlar (liniyalar) birlashgan. MDHning Turkmanboshi shahridan Toshkentgacha O‗rta Osiyoni kesib o‗tadigan temir yo‗ldan Qozog‗iston orqali MDHni Evropa qismigicha (ToshkentOrenburg va CHorjo‗y-Astraxan liniyasi bo‗ylab) va Sibirga magistral yo‗llar chiqadi. Eng ko‗p yuklar tashiladigan temir yo‗llar muhim yo‗nalishlarga ega: DonbasDneprbo‗yi, Kavkaz, Janubi-G‗arb, SHimoliy-G‗arb, Ural-Sibir va Qozog‗iston, Sibir-Qozog‗iston, O‗rta Osiyo va Uzoq sharq yo‗nalishlari shular jumlasiga kiradi. Turli yo‗nalishlar bo‗yicha yuk tashish tarkibi xilma-xildir. Neft mahsulotlarining 80% ga yaqini xususan, Sibir, Uzoq SHarq, O‗rta Osiyo temir yo‗llarida tashiladi. Xom neftning assiy yuk oqimlari neft qazib chiqariladigan rayonlarda, Volga-Ural, G‗arbiy-Sibir va Kaspiy bo‗yi rayonlarida tarkib topadi. Bunday yuklarning hajmi, uzoq yaqinligiga, aksari, neftni qayta ishlaydigan zavodlarining joylashishiga bog‗liq. Temir yo‗llarda tashiladigan yog‗och-paxta yuklarining salmog‗i u qadar katta emas (4%dan kam), biroq ularning masofasi barcha yuk turlari asosida eng kattasi hisoblanadi (1650 kilometrdan ortiq), shuning uchun temir yo‗l tarnsportining yuk oborotida yog‗och-paxta yuklarining salmog‗i 7 % ortig‗ini tashkil qiladi. Barcha yog‗och-paxta yuklarining 60% dan ko‗prog‗i temir yo‗l tarnsportiga to‗g‗ri eladi. YOg‗och-paxtalar asosiy yirik stansiyalardan jo‗natiladi, bunday yuklar deyarli barcha temir yo‗llar bo‗ylab tashiladi. Mineral qurilish materiallari tashish hajmi ancha katta (25% dan ortiq). Bunday yuklar uzoq masofalarga tashilmaydi, shuning uchun bunday yuklar temir yo‗lning yuk oborotida 13 % ni tashkil qiladi. G‗alla yuklari asosan temir yo‗llarda tashiladi (barcha yuklarning 85% dan ko‗prog‗i). G‗alla yuklari territoriya bo‗ylab katta maydonda ortiladi va tushiriladi. MDH hududida 2 mingdan ortiq g‗alla jo‗natadigan va 3 mingdan ortiq g‗alla qabul qiladigan stansiyalar mavjud. Temiryo‗l transporti quruqlikda yuk tashish oborotiga ko'ra eng yirik tarmoqdir. Bunda uning salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, yuqoridir. Hozirgi vaqtda jahon temiryo'llarining umumiy uzunligi 1,2 mln. km ni tashkil qiladi. Ammo temiryo'llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo'lib, yo'llar umumiy uzunligining yarmi AQSH, Kanada, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, 29 Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat «birinchi о`nlik» mamlakatlari hissasiga to'gri keladi. Temiryo'llar Yevropada eng zich, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa u juda siyrakdir. Bundan tashqari, temiryo'l transportining rivojlanganlik darajasini ularning elektrlashtirilgan va yangi texnika (havo yostig'i, magnit va elektrodinamika) vositalaridan foydalana olish imkoniyatlari ham belgilaydi. G`arbiy Yevropa, Vaponiya, AQSHda temiryo`lar fan-texnika inqilobining so`nggi yutuqlari asosida qurilgan. Fransiya, Yaponiyada poyezdlar soatiga 280-300 km tezlikkacha harakat qilmoqda. Ayrim Afrika mamlakatlarida esa haligacha paravozlar xizmatidan foydalanib kelinadi. Temir yo‘l orqali yuk tashishda har xil vagon turlaridan foydalaniladi. Yuk vagonlari parki yopiq vagonlar, platformalar, yarim ochiq vagonlar (poluvagon), tsisternalar, izotermik, bunker vagonlar, samosval-vagonlar, ref-vagonlardan va maxsus vazifali vagonlardan tarkib topadi. Vagonlarning asosiy texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari: yuk ko‘tarishi, tarasi (massasi), tara koeffitsienti, kuzovining solishtirma hajmi, g‘ildirak o‘qlari soni, pol yuzasining solishtirma maydoni, g‘ildirak juftining relsga bosimi va bir metr uzunlikdagi yo‘lga tushadigan og‘irlik bosimi bilan ifodalanadi. Eng tarqalgan vagonlar turlari va ularning o‘lchamlari quyida ko‘rsatilgan: Yopiq vagonlar har xil yuklarni tashish, butligini ta‘minlash va atmosfera ta‘siridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular tegishlicha jihozlangan. Yopiq vagon kuzovi yon tomonining har birida o‘rta qismida surilib ochiladigan eshiklar va yuqori qismida ikkitadan metall qopqoqli lyuklarga egadir. Yuklar yoritish, havo almashtirish, hamda vagonlarga sochiluvchan yuklarni ortish uchun xizmat qiladi. 13-rasm. Yopiq vagon 30 Yarim ochiq vagon (poluvagon) ochiq turdagi yuk vagonlari ichida eng ko‘p tarqalgani bo‘lib, ular asosan ko‘mir, ruda, koks, shag‘al kabi to‘kma va sochiluvchan yuklarni ommaviy ravishda tashish uchun mo‘ljallangan. Yuklarni ortib joylashtirish uchun bo‘yiga ikki tomondan ikki tabaqali eshiklar bilan jihozlanadi. Ayrim vagonlar ostki lyuklarsiz ishlangan bo‘lib, ulardagi yuklar maxsus vagon ag‘dargichlar yordamida tezkor to‘kib tushiriladi. 14-rasm. Yarim ochiq vagon Xopper (ingliz hopper – bunker). Yarim ochiq vagon turlaridan biri, xopper vagonlaridir. Sochma va changli yuklarni (shag‘al, qum, tsement va sh.k.) tashish uchun mo‘ljallangandir. Yukni yomg‘irlardan asrash uchun, usti yopiq va tepasida lyuklari bor xopperlar ham ishlatiladi. 15-rasm. Xopper vagon Platforma – vagon bo‘lib, koproq mashinalarni, jixozlarni, uzun, qo‘pol, og‘ir yomg‘irdan asrashga xojat sezmaydigan yuklarni tashishga mo‘ljallangan. Konteyner platformalarida bortlar bo‘lmaydi va universal konteynerlarni mahkamlash uchun maxsus quluplar bilan jihozlangan bo‘ladi. Yog‘och - taxta tashish 31 platformalari, yukni joyidan siljimasligi maqsadida ikki tomonidan maxsus ustunlar bilan jihozlanadi. 16-rasm. Platforma – vagon Tsisterna vagoni, suyuq yuklarni, suyuqlantirilgan gazlar va kukunsimon materiallarni tashishda ishlatiladi. 17-rasm. Tsisterna vagon Bunker vagonlar – yopiq vagonlarga yoki yopiq xopperlarga o‘xshash bo‘lib, ularning farqi, bitta ramaga bir necha idishlar joylashtirilganligidadir. Ular, maxsus yuklarni tashish uchun mo‘ljallangandir (un, neftebitum va donador materiallar). 18-rasm. Bunker vagon 32 Dumpkar (ingliz dump — ag‘darish, car — vagon) — o‘zi ag‘daradigan vagon. Sochiluvchan va katta bo‘lakli yuklarni mexanizatsiya ravishda ag‘darish uchun mo‘ljallangandir. 19-rasm. Dumpkar (ag’darish) vagon § 2.6. Dengiz transporti Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi. Bu tarmoq avvalo bir-birlaridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qit`alarni bog'lab turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida ahamiyatli. Shuningdek, asosan, dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq masofalarga tashiydigan bo'lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan xizmat tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o'rtacha 4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda. Asosiy dengiz yo`llari turli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ularni iste‘mol qiluvchi davlatlar o'rtasida tashkil qilingan. Odatda, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo, Avstraliyadan turli sanoat va qishloq xo'jalik xomashyolari, asosan, Yevropa, Yaponiya, Shimoliy Amerika mamlakatlariga, ulardan esa aholi va xalq xo'jaligi uchun turli iste‘mol mahsulotlari dunyoning barcha iste‘mol chi hududlariga yetkazib beriladi. Jahon dengiz transporti rivojlanishi va geografiyasida dengiz bo‗g‗izlari va xalqaro kanallarning ham ahamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo'llarining eng serqatnov chorrahalari hisoblanadi. Dengiz konteynerlarining barcha turlaridan odatda aralash aloqada (turli transport turlaridan foydalangan holda) yuk tashish uchun foydalaniladi. Barcha konteynerlar unifikatsiya qilingan tashqi gabarit o‗lchamlariga ega. Dengiz bo`g'izlari orasida eng yirigi La-Mansh bo'g izidir. U orqali bir kechakunduzda 500 gacha kema o‗tadi. Keyingi о rinlarda turuvchi bo`g'izlar: Eresunn 33 (Zond) - 175 ta, Gibraltar - 200 ta, Xormuz - 100 ta, Malakka - 80 ta, Bosfor 40 tagacha kema o'tkazadi. 20-rasm. Yuklarni dengiz transporti bilan tashish Dengiz kemalari asosan chet ellar bilan qilinadigan aloqalarda katta rol o‗ynaydi. MDH eksport-yuklarining 46% va import yuklarining 70% dengiz transportiga to‗g‗ri keladi. MDH ichidagi dengiz yuklarida kichik kabotaj, ya‘ni bitta dengiz havzasi yoki qo‗shni ikkita dengiz havzasi doirasida mamlakat qirg‗oqlari bo‗ylab kemalarning suzisht asosiy o‗rin tutadi. Katta kabotaj - turli havzalarda joylashgan va boshqa davlatlarning qirg‗oq hududlari bilan ajralib turgan dengi portlari o‗rtasida kemalar qatnovi u qadar katta ahamiyatga ega emas. Ko‘pgina texnikaviy - iqtisodiy ko‗rsatkichlarga ko‗ra dengiz taransporti boshqalardan ustun turadi. CHunki solishtirma kapital mabalag‗lar ancha kam sarf qilinadi. Dengiz transportida bir tonna yuk tashish uchun energiya harajati katta emas. Biroq bu transportning tabiiy geografik va navigatsion sharoitga bog‗liqligi, dengiz sohalarida murakkab xo‗jaligi bunyod etish zarurligi undan foydalanish doirasini cheklab qo‗yadi. Dengiz floti tarkibida universal kemalar bilan bir qatorda quruq yuklar - ruda, g‗alla va yog‗och-paxta tashiydigan ixtisoslashgan kemalar, refrejeratorlar, temir yo‗l paromlari va boshqalar katta o‗rin tutadi. YUk tashish salmog‗i keyingi yillarda yangi 34 tiplardagi kemalar - konteyner tashigichlar hisobiga boyimoqda. Dengizda konteynerlarda yuk tashish yagona trasporti sikli - ―Eshikdan - eshikka‖ yuk etkazib berish siklini yaratishga imkon berdi. Kaspiy dengizida uchta Baku, Turkmanboshi, Maxachkala portlariga yuk oborotining qaytta qismi to‗g‗ri keladi. § 2.7. Daryo transporti Suv transporti dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi. Daryo transporti daryo va ko‗l yo‗llarining yaxshi tarmoqlangan katta shahobchalariga ega. Foydalanilayotgan ichki suv yo‗llarining uzunligi mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) 123,2 ming km. (1990 yilgi ma‘lumotga asosan) tashkil qiladi, yani temir yo‗llarning uzunligidan 23 ming km qisqa. MDH 1976 yildan buyon daryo transporti shohobchalari 10 ming km ga yaqin qisqargan. Daryo suv yo‗llarining uzunligi 86,2 ming km yoki barcha kema qatnaydigan ichki suv yo‗llarining qariyib 60 % ni tashkil etadi. Ichki suv (daryo va ko‗l) transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko‗ra ancha kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko‗l transporti yo'llari uzunligiga ko'ra jahonda Rossiya, Xitoy, AQSH Braziliya davlatlari oldinda turadi. Ammo mavjud imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqlisodiy rivojlanishi darajasiga ko‘p jihatdan bog'liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo`llari orqali yuk tashishda AQSH, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilik qilmoqda. Ichki suv transportidan foydalanishda jahonning yirik daryolarning roli kattadir. Bunday daryolar qatoriga Amazonka, Missisipi, Dunay, Volga, Yanszi, Kongo va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda MDH Evropa qismidagi yagona chuqur suv sistemasiga ichki suv yo‗llarining bor yo‗g‗i 4,5 % to‗g‗ri keladi. Lekin, daryo transportida tashiladigan yuklarining 2/3 qismi ichki suv yo‗llarida tashiladi. O‗zbekistonimizda suv transporti rayonlararo xalq xo‗jalik yuklarining tashish hamda Afg‗oniston bilan boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qiladi. YUk asosan Amudaryoda tashiladi. Amudaryoda kemalar Panch (Tojikiston) dan Mo‗ynoqqacha qatnaydi. Keyingi yillarda o‗rta hisobda 1,5 mln tonnadan ortiq xalq xo‗jalik yuklari suv transportida tashilgan. Suv transportida tabiiy suv yo‗llaridan foydalaniladi. Shuning uchun suv yo‗lining yo‗nalishi ko‗pincha zaruriy yo‗nalishlarga to‗g‗ri kelavermaydi. Unga 35 yoqilg‗i ko‗p sarflanmaydi va katta hajmli yuklami ham tashiyveradi. Lekin harakat tezligi kam bo‘ladi. Mamlakat transport tizimida suv transportining ahamiyati unchalik katta emas. Suv transporti asosan Amudaryo, qisman Sirdaryo kemachiligidan iborat. Orol dengizida kema qatnovi suv keskin pasayganligi tufayli to‗xtab qolgan.
XOLOSA
Transportning mamlakatlarning o‗zaro manfaatlari yo‗lida rivojlanishi istiqbolda Afg‗oniston iqtisodiyotini tiklashga xizmat qiladigan "Mozori SHarif – Hirot" temir yo‗lini qurish loyihasi amalga oshirilishi ko‗zda tutilgan. Mazkur yo‗l O‗zbekistonning tovar ayirboshlash va tranzit imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Natijada, mamlakatimiz Erondagi, shu jumladan, Bandar Abbos va CHobahor bandargohlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri chiqish imkoniyatiga ega bo‗ladi. 2017 yilda O‗zbekiston va Afg‗oniston o‗rtasida aviaqatnovlar yo‗lga qo‗yilgani muhim voqea bo‗ldi. Bu Toshkent aeroportidan Afg‗oniston samolyotlarida Germaniya, Buyuk Britaniya va Evropaning boshqa mamlakatlariga amalga oshirilayotgan parvozlar uchun foydalanish imkonini beradi. Afg‗oniston bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda transafg‗on yo‗lagi doirasida yangi temir yo‗llarini barpo etish istiqbolda Markaziy Osiyoning eng qisqa yo‗llar orqali Hind okeani va Fors ko‗rfazidagi bandargohlarga chiqishini ta‘minlaydi, Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyoni Evropa va Xitoy bozorlari bilan bog‗laydi. 2018-2023 yillarda Xitoy va G‗arbiy Evropani bog‗laydigan "Evroosiyo" transport yo‗lagini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ushbu magistral Pekindan boshlab Ostona, Moskva va Minsk orqali Berlinga qadar davom etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‗ra, 2050 yilga borib ushbu yo‗lak orqali yiliga 37 million yo‗lovchi tashilishi ko‗zda tutilgan. "G‗arbiy Evropa – G‗arbiy Xitoy", uning Xitoy –Qozog‗iston qismi 2016 yilda ish boshlagan bo‗lib, Evropaga eltuvchi eng qisqa avtomobil yo‗li hisoblanadi. Bu erda yuk tashish muddati 10-12 kunni tashkil etadi. 2030 yilga qadar to‗liq ishga tushirilishi kutilmoqda. Yo‗lak Sankt-Peterburg – Moskva – Orenburg – Oqto‗ba – Olmaota – Qorg‗as orqali o‗tadi.
|
| |