|
Multimedia aloqa tarmoqlari tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining "telekommunikatsiyalar to‘g‘risida" gi qonuni–telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy tushuncha va ta’riflari. "Multimedia" termini
|
bet | 1/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 73,5 Kb. | | #240341 |
Bog'liq 1-ma’ruza Multimedia aloqa tarmoqlari tushunchasi.
1-MA’RUZA
Multimedia aloqa tarmoqlari tushunchasi. O‘zbekiston
Respublikasining "telekommunikatsiyalar to‘g‘risida" gi qonuni–telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy tushuncha va ta’riflari. "Multimedia" termini. Global axborot
infratuzilmasi (GAI). XEI (ITU) telekommunikatsiya tizimi modeli. Istiqbolli aloqa tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar.
Multimedia trafigi.
REJA:
1.O‘zbekiston Respublikasining "Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida" gi qonuni–telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy tushuncha va ta’riflari.
2."Multimedia" termini. Global axborot infratuzilmasi (GAI).
3.XEI (ITU) telekommunikatsiya tizimi modeli. Istiqbolli aloqa tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar.
4.Multimedia trafigi.
1.O‘zbekiston Respublikasining "telekommunikatsiyalar to‘g‘risida" gi qonuni–telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy tushuncha va ta’riflari. • Oxirgi yillarda aloqa, barcha turdagi axborotlarni raqamlashtirish yo‘li bo‘yicha rivojlandi. Bu nafaqat ularni uzatishda, balki taqsimlash, saqlash va qayta ishlashda ham tejamkor usullarni ta’minlovchi bosh yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoldi. IKM-24 raqamli uzatish tizimidan keyin IKM30, IKM-120, IKM-480, IKM-1920 undan keyin esa sinxron raqamli ierarxiya tizimlari paydo bo‘ldi.
Raqamli uzatish tizimlarining jadallik bilan rivojlanishi, analog uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq qiladi, masalan: shovqinga muvozanatliligining yuqoriligi, aloqa liniyasining uzunligiga uzatish sifatining zaif bog‘lanishi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mo‘‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini qo‘llashning samaradorligi va boshqalar.
Telegraf aloqa o‘rniga ma’lumotlarni uzatish, elektron pochta, faksimil aloqa kabi xujjatli elektr aloqa turlari kirib keldi. Bir vaqtning o‘zida aloqa xizmatlarining soni oshishi bilan, oddiy telefon xizmatidan tortib to integral raqamli aloqa tarmoqlarini ta’minlovchi multimedia xizmatlarigacha ularning sifati o‘zgaradi. Ko‘pgina mutaxassislar, telekommunikatsiya texnologiyalarining keyingi evolyutsiyasi, axborotlarni uzatish tezligini oshirish, tarmoqni intelektuallashtirish va foydalanuvchilarning mobilligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha ketadi deb takidlashmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Multimedia aloqa tarmoqlari tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining "telekommunikatsiyalar to‘g‘risida" gi qonuni–telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy tushuncha va ta’riflari. "Multimedia" termini
|