|
Zamonaviy optik tarmoqlarda qo‘llaniladigan texnologiyalar
|
bet | 2/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 73,5 Kb. | | #240341 |
Bog'liq 1-ma’ruza Multimedia aloqa tarmoqlari tushunchasi.Zamonaviy optik tarmoqlarda qo‘llaniladigan texnologiyalar
Hozirgi kunda zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida :
SDH texnologiyasi (STM-1, STM-4, STM-16, STM-64, STM-256);
IP, MPLS, ATM texnologiyalari;
WDM texnologiyasi (CWDM, DWDM, HDWDM);
Abonent tarmoqlarida qo‘llaniladigan RON (APON, BPON , EPON, GPON, GEPON) va FTTx texnologiyalari keng tarqalgan.
Multimedia termini.
Multimedia, multi – ko‘p, media — muhit deb tarjima kilinadi. Multimedia, turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko‘rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar).
Multimedia-texnologiyalarining asosiy maksadi – tovush, video, animatsiya va boshka
vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir .
XXI asrda dunyo hamjamiyati o‘zining, global axborot jamiyati (GAJ) deb nomlangan yangi rivojlanish erasiga o‘tdi.
GAJning asosiy fazilati shundan iboratki, unda bilim va axborot, tashqi ishlab chiqarish rolini egallaydi, ya’ni jamiyat borlig‘ining material asosi bo‘lib qoladi. Yuqori texnologiyalarni qo‘llash maxsuslashtirilgan yangi soxa, birinchi navbatda infokommunikatsiya muhitida dasturiy maxsulotlarni samarali taqsimlash amalga oshadi.
Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari
“Aloqa tarmog‘i” terminini ikki nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, aloqa tarmog‘ini, ma’lumotlarni almashish uchun texnik vositalar majmuasidan iborat bo‘lgan mustaqil ob’ekt kabi qarash mumkin.
Ikkinchidan, aloqa tarmog‘ini, global axborot infrastrukturasi (GAI)ni (GII-globalnoy informatsionnoy infrastrukturы) muhim komponenti deb qarash mumkin. Oxirgi tushuncha, xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan XX asrning oxirlarida, axborot va elektr aloqaning rivojlanishini shakllantirish bo‘yicha ishlar oxiriga yetgandan keyin kiritilgan. GAI, aloqa tarmoqlarining majmuasi, foydalanuvchi qurilmalari, axborot va insonlarning resursi kabi qaraladi.
|
| |