|
ITU tomonidan tavsiya etilgan telekommunikatsiya tizimlarining modeli
|
bet | 3/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 73,5 Kb. | | #240341 |
Bog'liq 1-ma’ruza Multimedia aloqa tarmoqlari tushunchasi.ITU tomonidan tavsiya etilgan telekommunikatsiya tizimlarining modeli
Dunyo telekommunikatsiya tarmog‘iga har yili 200 mlrd. dollarlik telekommunikatsiya qurilmalari o‘rnatiladi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan barcha ma’lumotlarni samarali uzatish va taqsimlash uchun GAJ tuzilishida butun dunyo aloqa tarmog‘i (World wide communication network) yaratildi va rivojlanmoqda. Bu tarmoq, yer yuzidagi o‘zaro bog‘langan barcha milliy aloqa tarmoqlarining
majmuasidan iborat. Ularning asosini, axborotlarni standart yoki normal raqamli oqimlar ko‘rinishida yuqori sifat va avariyasiz uzatishga mo‘ljallangan, zamonaviy transport tarmoqlari tashkil etadi.
Telekommunikatsiyalar so‘zi masofadan turib muloqat qilish vositasi deganini anglatadi (ya’ni axborot almashinuvini) va bunday muloqotning turli usullarini amalga oshiruvchi texnologiyalar yig‘indisini ko‘zda tutadi. Telefoniya va telekommunikatsiyalar degan atamalar bilan ataluvchi tushunchalarni ba’zida adashtirishadi.
Birinchi atama dastlab real vaqt davomida nutq axborotini uzatishga mo‘ljallangan elektraloqa tizimlariga muvofiq ravishda qo‘llangan. Ikkinchisi esa diskret axborotni almashinuvi uchun ishlatiladigan, shu jumladan, kompyuter tizimlari ham ishlatilgan, qolgan barcha elektraloqa tizimlarini (shu jumladan, telefon tizimlariga asoslanganlar ham o‘z ichiga oladi) muvofiq ravishda ishlatilgan.
O‘zbekistonda Axborotlashtirish sohasidagi asosiy Qonunlar :
-
Elektron hukumat to‘g‘risida (2015 y.)
|
Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida (2011 y.)
|
Elektron to‘lovlar to‘g‘risida (2005 y.)
|
Elektron tijorat to‘g‘risida (2004 y.)
|
Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida (2004 y.)
|
Axborotlashtirish to‘g‘risida (2003 y.)
|
Elektron raqamli imzo to‘g‘risida (2003 y.)
|
Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida (2002 y.)
|
Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida (1999 y.)
|
Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida (1994 y.) 13
|
|
| |