|
Reja: Innovatsion pedagogikaning tushunchalari. Innovatsiyaning rivojlanishi. Innovatsion faoliyat. Innovatsion pedagogikaning tushunchalari
|
bet | 1/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 25,59 Kb. | | #252600 |
Bog'liq 1544081402 73126
Tarbiyachining innovatsion faoliyati
Reja:
Innovatsion pedagogikaning tushunchalari.
Innovatsiyaning rivojlanishi. Innovatsion faoliyat.
Innovatsion pedagogikaning tushunchalari
Hozirgi taraqqiyotimizning talablari asosida ta’lim standartlari takomillashtirilib, dasturlar modernizatsiya qilinib, ta’lim muassasalariga yetkazilib berilmoqda. Ta’lim muassasalarining moddiy bazalari jadallik bilan mustahkamlanmoqda.
Yangi turdagi kasb-hunar kollejlari, universitetlar va institutlar qoshida akademik litseylar, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va kapital ta’mirlash, yangi zamonaviy asbob-uskunalari, o‘quv qurollari, texnika vositalari va kompyuterlashtirish ishlari aniq davlat rejalari asosida amalga oshirilmoqda.
Innovatikaning asosiy tushunchalari
Yangilik: g‘oya, aniq bir shaxs uchun yangilik, vosita (yangi metod).
Innovatsiya:
yangilanish, o‘zgarish;
biror-bir yangilikni kiritish;
yangilikni o‘zlashtirish jarayoni.
Innovatsiya (inglizcha Innovation - yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomonini o‘z ichiga oladi (ilmiy g‘oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritish).
Pedagogik yangilik– pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi vositasidir.
Innovatika – yangilikni yaratilish qonuniyatlarini o‘zlashtirishni va targ‘ib-targ‘ibotini o‘rganadigan fan.
Innovatsion jarayon – yangilikning kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimni yangi ko‘rsatgichlarga muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlovchi o‘zgarishdir. Innovatsion o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni amaliyotga kiritish jarayonidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Innovatsion pedagogikaning tushunchalari. Innovatsiyaning rivojlanishi. Innovatsion faoliyat. Innovatsion pedagogikaning tushunchalari
|