|
Reja: Innovatsion pedagogikaning tushunchalari. Innovatsiyaning rivojlanishi. Innovatsion faoliyat. Innovatsion pedagogikaning tushunchalari
|
bet | 7/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 25,59 Kb. | | #252600 |
Bog'liq 1544081402 73126Innovatsion faoliyat
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.
Mohiyatiga ko‘ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi takomillashtirilgan mahsulotni yaratishdan iborat.
yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi;
pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
novatorlik darajasi;
kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
ijodkorligi
Innovatsion jarayonni tashkil etuvchi yangilik yaratish, o‘zlashtirish, yangilikni qo‘llash–hamkorlikda innovatika obyekti hisoblanadi. Pedagogik didaktikada esa o‘qish jarayoni ilmiy tadqiqot obyekti bo‘lib hisoblanadi. Ana shu bilan ular bir-biridan farqlanadi.
Innovatsion faoliyat– ta’limning u yoki bu bosqichida innovatsion jarayonni amalga oshirishga yordam beruvchi kompleks choralar bo‘lib, u jarayon ichida kechadi.
Innovatsion faoliyatning asosiy funksiyasi pedagogik jarayonni komponentlarini, ya’ni ma’no, maqsad, ta’lim mazmuni, shakli, metodi, texnologiyasi, ta’lim vositalari, uni boshqaruvlarini o‘zgartirishdan iborat.
Innovatsion jarayonning o‘ziga xosligi shundaki, u siklik xarakterli bo‘lib, quyidagi bosqichli tarkibiy tuzilmada, yangilikning vujudga kelishi, opponentlar bilan kurashdagi tezkorlik, g‘oyaning yetilishi, o‘zlashtirilishi, tarqalishi yoki krizis, yoki finalga borishidan iborat.
Innovatsion faoliyat shunday vositalar yordamida kechadigan holatki, bunda pedagogik yangilanish g‘oyasi paydo bo‘ladi. U sotsial holatga undan ta’limdagi yangilikni tug‘ilishi, paydo bo‘lishiga olib keladi.
Innovatsion jarayonning ba’zi yangiliklari lokal tadqiqotlar o‘tkazish va tajriba-sinovlar orqali tadbiq qilishdan farqlash kerak. Masalan, maktabda qo‘shimcha kursni innovatsion deb bo‘lmaydi.
Shunday qilib biror g‘oyani yangilik darajasida yaratib, faoliyatga olib kirib, u jarayonni boshqarib borish mumkin bo‘lsa, innovatsion faoliyat hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Innovatsion pedagogikaning tushunchalari. Innovatsiyaning rivojlanishi. Innovatsion faoliyat. Innovatsion pedagogikaning tushunchalari
|