|
M. Jumaniyozovaning e’tirof etishicha, pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bo‘ladi
|
bet | 9/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 25,59 Kb. | | #252600 |
Bog'liq 1544081402 73126M. Jumaniyozovaning e’tirof etishicha, pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bo‘ladi:
ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati;
tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
o‘zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish;
hamkasblar bilan hamkorlik;
fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik;
ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
yangiliklarni izlab topish va ularni o‘z sharoitiga moslashtirib borishni innovatsion faoliyatga tayyorlashda pedagogik jamoadagi psixologik muhit, jamoa a’zolarining qay darajada dunyo ta’limi bozoridagi yangiliklardan xabardor ekanligi asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Innovatsion faoliyatining shakllanishida pedagogik jamoada ijodiy muhitning alohida o‘rni borligini ko‘pchilik olimlar ta’kidlab o‘tadilar. Ta’lim oluvchilarning novatorlik xususiyatlari va ta’lim jarayonidagi yangiliklarga bo‘lgan ijobiy munosabatlariga qarab, K.Rodjers va K.Angelovskiy pedagogik jamoa a’zolarini beshta guruhga ajratishni taklif etadilar.
Novatorlar.
Eski g‘oyalarni amalga oshiruvchilar.
Eski g‘oyalarni amalga oshirishni ma’qul ko‘ruvchilar (ular aksariyat holatlarda ko‘pchilikni tashkil etadilar).
Yangi g‘oyalarni amalga oshirishni ma’qul ko‘ruvchilar (bugungi kunda ularning soni ham ortib bormoqda).
Ikkilanuvchilar.
Ta’lim sifatini oshirish jamiyatning barcha jabhalarida hayotni yaxshilash va farovon turmush kechirishga olib keladi. Yangilikni kiritish ta’lim sifatini oshirishning samarali vositasi bo‘lganligi uchun ham rivojlangan davlatlar ta’lim jarayoniga uzluksiz yangilik kiritishga harakat qiladilar.
Ko‘pgina taraqqiy etgan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimidagi barcha bo‘g‘inlarning faol ishtirok etishlari ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun mamlakatimizda pedagogik innovatsiyalarni rivojlantirish muammolari ustida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ulardan pedagog olimlardan N.Azizxo‘jayeva, B.Farbermon, N.Sayidiahmedov, K.Zaripov, M.Ochilov, O‘.Tolipov, M.Usmonboyeva, M.Jumaniyozova va boshqalarni keltirish mumkin.
Ammo ko‘pgina mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion jarayonlarda yuqoridan pastga qarab harakatlansa va bunda bo‘ysunuvchi ijrochisi, ya’ni yangilikning faqat iste’molchisi bo‘lib qolsa, u holda bu jarayon ma’muriy xarakterga ega bo‘ladi.
Demak, innovatsion faoliyatga tayyor bo‘lib, darsga eng so‘nggi yangiliklarni olib kirib, ta’lim oluvchiga qiziqarli va uning ehtiyojiga mos ravishda tashkil etsagina, sifat va samaradorlikni kafolatlash mumkin.
|
| |