|
Reja: Innovatsion pedagogikaning tushunchalari. Innovatsiyaning rivojlanishi. Innovatsion faoliyat. Innovatsion pedagogikaning tushunchalari
|
bet | 8/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 25,59 Kb. | | #252600 |
Bog'liq 1544081402 73126Innovatsion muhit– pedagogik yangilikning vujudga kelishi, ularning jadal o‘zlashtirilishi va amaliyotga tadbiq etilishi.
Innovatsion ta’lim - 1) ta’lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar;
2)yangilangan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni.
Innovatsion ta’lim muassasasi– yangi tipdagi ta’lim muassasalari:
akademik litseylar, maktabgacha ta’lim kompleksi, shaxsiy maktabgacha ta’lim muassasalari, ixtisoslashgan sinf va maktablar, gimnaziya, turli yo‘nalishli, predmetlari chuqur o‘rgatiladigan maktablar va h.k.
Innovatsion texnologiya– pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni (faollik, didaktik o‘yinlar, evristik, kreativ, muammoli, loyihashtirilgan, AKT texnologiyalari).
Innovatsion o‘qitish–1) yangicha o‘qitish tizimi,
2) va talabalarni yangi kiritilgan texnologiyalar asosida o‘qitish jarayoni (algoritmlash, loyihali, modulli va b.).
Innovatsion faoliyatining umumiy jihatlarini K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya, V.A.Kan-Kalik, S.L.Kuzmina, V.A.Slastyonin, L.M.Fridman kabi olimlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida yaratib berdilar. I.Shumpater va N.Kondratevlar esa innovatsiya tushunchasining ilk va ulkan nazariyotchilari hisoblanadilar. K.Angelovskiy V.A.Slastyonin va V.I.Slobotchikovlar o‘z ilmiy tadqiqotlarida innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatning alohida shakli ekanligini isbotlashga harakat qiladilar hamda bu borada muayyan natijalarga erishgan olimlar deb tan olinadilar.
Innovatsion faoliyat– pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiyettiruvchi, zamon bilan birga qadam tashlashga yordam beruvchi kuch sanaladi.
Innovatsion faoliyat– bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlarini olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan sharoitda yangi mahsulot yaratish bilan yakunlanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo‘lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi loyihaga, loyihani texnologiyaga aylantirishga yo‘nattirilgan faoliyatdir
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Innovatsion pedagogikaning tushunchalari. Innovatsiyaning rivojlanishi. Innovatsion faoliyat. Innovatsion pedagogikaning tushunchalari
|