• Innovatsion texnologiyalarda yangiliklarni asosiy yo‘nalishlari sifatida
  • V.P.Bespalkoning fikriga ko‘ra qaysi davr pedagogik sistemasi bo‘lmasin u o‘zaro bog‘langan quyidagi elementlardan iboratdir




    Download 25,59 Kb.
    bet6/10
    Sana24.05.2024
    Hajmi25,59 Kb.
    #252600
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1544081402 73126

    V.P.Bespalkoning fikriga ko‘ra qaysi davr pedagogik sistemasi bo‘lmasin u o‘zaro bog‘langan quyidagi elementlardan iboratdir:

    1. ta’lim (tarbiya)maqsadi (umumiy va xususiy);

    2. ta’lim (tarbiya)mazmuni;

    3. ta’lim (tarbiya)jarayoni (xususiy tarbiya va ta’lim);

    4. lar (o‘qitishningtexnika vositalari);

    5. tarbiyaviy ishlarni tashkiliy shakllari.

    Innovatsiya chuqurroq bilim olish, o‘rganish, o‘zlashtirish, keng hajmdagi bilimlarni olishga qaratilmog‘i yaxshi natijalar berishi mumkin.
    Bular doimiy pedagogik muammo bo‘lib kelayotgan: o‘quv-tarbiyaviy faoliyat motivatsiyasini oshirish, dars jarayonlarida o‘quv materialni hajmini oshirish, o‘quv jarayonini jadallashtirish, vaqtni tejash, ko‘proq ilg‘or metodlardan foydalanish, o‘quv-tarbiyaviy ishlarda interfaol usullardan foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, axborotkommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. Yuqori natijalar beradigan yangi g‘oyalar, yangi nazariy bilimlar beruvchi, shaxsni rivojlanishiga olib keluvchi, tom ma’nodagi innovatsiyalarni yaratish, izlash, joriy etish talab etiladi.
    Ko‘plab umumiy va xususiy loyihalarni tahlil etib, pedagogik nazariya va amaliyotga tadbiq etilish xususiyat va holatlarini o‘rganish asosida umumpedagogik innovatsiyalarni quyidagi ko‘rinishlarini belgilash mumkin:

    1. Juda yangi bo‘lmasa-da, doimiy faol bo‘lgan, o‘zining g‘oyasi, ahamiyati jihatdan eskirmagan, o‘quv jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladigan o‘quv-tarbiya texnologiyalari.

    2. Gumanistik pedagogika mohiyatini ifodalovchi texnologiyalar.

    3. Pedagogik tizim jarayonidagi boshqaruvlarni yangi g‘oya, yondashuvlar asosida tashkil etilishini ta’minlovchi texnologiyalar.

    4. Yangi g‘oyalar, axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarga asoslangan texnologiyalar.

    Innovatsion texnologiyalarda yangiliklarni asosiy yo‘nalishlari sifatida:

    • pedagogik tizimning bir butunligi;

    • o‘quv muassasalari;

    • pedagogik nazariya;

    • ta’lim oluvchilar;

    • pedagogik texnologiya;

    • ta’lim (tarbiya) mazmuni;

    • ta’lim (tarbiya)ning shakl, metod va vositalar;

    • ta’lim (tarbiya) jarayonini boshqarish;

    • ta’lim (tarbiya) maqsadi;

    • ta’lim (tarbiya) natijalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.


    Download 25,59 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 25,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V.P.Bespalkoning fikriga ko‘ra qaysi davr pedagogik sistemasi bo‘lmasin u o‘zaro bog‘langan quyidagi elementlardan iboratdir

    Download 25,59 Kb.