• Innovatsion ta’lim muassasasi
  • Innovatsion texnologiya
  • “innovatsiya”
  • Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro )
  • Reja: Innovatsion pedagogikaning tushunchalari. Innovatsiyaning rivojlanishi. Innovatsion faoliyat. Innovatsion pedagogikaning tushunchalari




    Download 25,59 Kb.
    bet2/10
    Sana24.05.2024
    Hajmi25,59 Kb.
    #252600
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1544081402 73126

    Innovatsion pedagogik g‘oya– tizimlashtirilgan pedagogik g‘oyalar; o‘quv jarayoni bashorat etilishi, ma’lumotlar to‘plami.
    Innovatsion ta’lim - 1) ta’lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar; 2)yangilangan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni.
    Innovatsion ta’lim muassasasi – yangi tipdagi ta’lim muassasalari:
    akademik litseylar, maktabgacha ta’lim kompleksi, shaxsiy maktabgacha ta’lim muassasalari, ixtisoslashgan sinf va maktablar, gimnaziya, turli yo‘nalishli, predmetlari chuqur o‘rgatiladigan maktablar va h.k.
    Innovatsion texnologiya – pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni (faollik, didaktik o‘yinlar, evristik, kreativ, muammoli, loyihashtirilgan, AKT texnologiyalari).
    Innovatsion o‘qitish – 1) yangicha o‘qitish tizimi, 2) va ta’lim oluvchilarni yangi kiritilgan texnologiyalar asosida o‘qitish jarayoni (algoritmlash, loyihali, modulli va b.).
    Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi.
    Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
    Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega:
    Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro)

    1. texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar;

    2. ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”.

    Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtirо) ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
    Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.

    Download 25,59 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 25,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Innovatsion pedagogikaning tushunchalari. Innovatsiyaning rivojlanishi. Innovatsion faoliyat. Innovatsion pedagogikaning tushunchalari

    Download 25,59 Kb.