• Suv resurslari
  • Mavzu; Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi “kwhl” metodi




    Download 472,77 Kb.
    bet3/4
    Sana17.12.2023
    Hajmi472,77 Kb.
    #121651
    1   2   3   4
    Bog'liq
    javob-4 topshitiq

    Yer tarkibi — davlat yer fondining xalq xoʻjaligi tarmoqlari oʻrtasidagi taqsimoti, yer turlarining nisbati, salmogʻi va maydon koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar yigʻindisi. Oʻzbekiston Respublikasining yaxlit yer fondi qanday maqsadda foydalanishiga qarab quyidagilarga boʻlinadi: qishloq xoʻjaligi yerlari; aholi punktlari yerlari (shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari yerlari); sanoat, transport, aloqa va b.ning yerlari; tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar; oʻrmon fondi yerlari, suv fondi yerlari, zaxira yerlar. Q.x. ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlarga atab ajratilgan yerlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar deb hisoblanadi. 
    Suv resurslari – foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi nam zaxiralari. Sr. asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. Suv resurslari deganda suv obʼyektlari – daryo, koʻl, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar koʻllar va koʻpchilik yer osti suvlari ham chuchuk. Yerning Dunyo okeani, yer osti suvlari, muzliklar, tuproqdagi nam, daryo(oʻzan) suvlari, atmosfera bugʻlari— gidrosferada, ayrim hisob kitoblarga koʻra, 1454 327,2 ming km³ turgʻun suv resurslari bor. Nazariy jihatdan suv resurslari bitmas tuganmas, chunki bu resurslardan oqilona foydalanilganda suv resurslari aylanib yangilanib turadi. Lekin koʻpgina mamlakatlarda suv resurslaridan qishloq xoʻjaligi., sanoat, kommunal xoʻjaligi va boshqa maqsadlarda foydalanishning ortishi hamda turli omillar taʼsirida, birinchi navbatda ishlatiladigan iflos suvlarni tozalamay daryo va koʻllarga oqizilishidan suv manbalarining ifloslanishi natijasida 20-asr oxiriga kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo boʻldi. BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan taʼminlash muammolariga bagʻishlangan Suv resurslari boʻyicha 3jahon forumi oʻtkazildi (2003, Yaponiya, Kioto), 2003-yil Xalqaro chuchuk suv yili deb eʼlon qilindi. Oʻrta Osiyoda Sr., asosan, daryo oqimlari va yer osti suvlarining dinamik zaxiralari (tiklanadigan resurslar), shuningdek, togʻlardagi muzliklar va koʻllarning asriy suv zaxiralaridan tashkil topadi. Daryo oqimlari togʻlarda mavsumiy qor qatlamlari, muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yogʻinlar natijasida hosil boʻladi. Togʻlardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab oʻtilgan suv olish manbalari hisobiga vujudga keladi. Togʻoldi va sugʻorma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga toʻyinadi. Daryo va yer osti suvlarining suv resurslari oʻzaro bir-biriga bogʻliq. Yer osti suvlaridan juda katta miqdorda foydalanish daryo oqimini kamaytirib yuboradi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km³ ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) – 74,7 km³, Sirdaryoda – 39 km³, Tajan va Murgʻobda – 2,4 km³ ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy jihatdan notekis joylashgan boʻlib, togʻlarda hosil boʻlsada, keng tarmoqli sugʻorish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi.
    Suv resurslarining hududiy jihatdan notekisligi suv isteʼmolidagi tanqislikni vujudga keltiradi. Uni bartaraf etish uchun oqimning bir qismi mintaqadan boshqasiga qayta taqsimlanadi. Oqimni qayta taqsimlash Amudaryo (Qoraqum, AmuBuxoro, Katta Hisor, Qarshi kanallari va boshqalar) va Sirdaryo (Katta Fargʻona, Katta Andijon, Katta Namangan, Janubiy Mirzachoʻl kanallari va boshqalar) havzalarida juda katta hajmda amalga oshirilgan (qarang Daryolarni havzalararo oqizish, Davlat suv fondoʻ).



    When?

    Qachon? (ishlatiladi)

    It is divided seasonally depending on the type of products produced in agriculture. The prime time is Spring, Summer and Autumn. In winter, the land and trees rest. But the production of products in the greenhouse continues. Based on this, it can be said that you can engage in agricultural activities throughout the year, it depends only on the type of activity you are engaged in.

    Qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotning turiga qarab mavsumiy bo’linadi. Eng asosiy vaqt bu Bahor, yoz va kuz fasllaridir. Qish faslida yerlar va daraxtlar dam oladi. Lekin issiqxonada mahsulotlarni yetishtirish davom etaveradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki qishloq xo’jaligi faoliyati bilan yil bo’yi shug’ullanish mumkin bu faqat siz shug’ullanadigan faoliyat turiga bog’liqdir.

    Why?

    Nima uchun? (ishlatiladi)

    Efficiency improvement in agriculture is usually used in order to achieve a higher result by spending less resources. Currently, the amount of land per capita is decreasing along with population growth. That is why we have to work efficiently. It is necessary to achieve intensive growth. Because as a result of the population increase, the corresponding demand for it also increases. This leads to an increase in the population's demand for agricultural products. If this is not met, there will be a deficit in food products. This indicates an agrarian crisis. That is why it is necessary and necessary to use resources effectively in agriculture.

    Qishloq xo’jaligida samaradorlikni oshirish odatda kam resurslarni sarflash orqali yuqori natijaga erishish maqsadida ishlatiladi. Hozirgi vaqtga kelib aholi o’sishi bilan birgalikda aholi jon boshiga to’gri keladigan yer maydoni miqdori ham kamayib bormoqda. Aynan shuning uchun ham biz samarali ishlashga majburmiz. Bunda intensive o’sishga erishish shart. Chunki aholi ko’payishi natijasida unga mos talab ham oshadi. Bu esa aholining qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabning oshishiga olib keladi. Agar bu qondirilmasa oziq-ovqat mahsulotlarida defesit kuzatiladi. Bu esa agrar inqirozdan darak beradi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida resurslaridan samarali foydalanish shart va zarurdir.




    How?

    Qanday qilib? (yaratiladi, saqlanadi, to‘ldiriladi, tahrirlash mumkin)

    The earth cannot be created or destroyed. Land and water resources are processed. Storage of agricultural products varies depending on the type of product. Each product has its own storage conditions. If they are not stored properly, the product loses its quality and becomes unusable.
    There are different ways to conserve water resources in agriculture and these are:
    - Seas
    - Reservoirs
    -River (for water supply)
    - Glaciers
    - The snow in the mountain is a source
    And others

    Yer yaratilmaydi va yo’q qilib bo’lmaydi. Yer va suv resurslari qayta ishlaniladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash bu aynan shu mahsulot turiga qarab o’zgaradi. Har bir mahsulot o’ziga xos shaklda saqlanish mey’orlariga egadir. Agarda ular to’g’ri saqlanmasa mahsulot o’z sifatini yuqotadi va yaroqsiz ahvolga kelib qoladi.
    Qishloq xo’jaligida suv resurslarini saqlashning turli yo’llari mavjud bo’lib bular:
    -Dengizlar
    -Suv omborlari
    -Daryo(suvni yetkazib berish uchun)
    -Muzliklar
    -To’gdagi qor manbali
    Va boshqalar

    Download 472,77 Kb.
    1   2   3   4




    Download 472,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu; Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi “kwhl” metodi

    Download 472,77 Kb.