O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari




Download 78 Kb.
bet8/8
Sana17.11.2023
Hajmi78 Kb.
#100474
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qurilish ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash asoslari

O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari.
Davlatimiz rahbari tomonidan tanlab olingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish hamda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish belgilab olingan.
Yurtimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti davrida to‘plagan tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlatda iqtisodiyotning asosi hisoblangan sanoat sohasi faol integratsiya asosida rivojlanishi lozim.
Iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Neft-gaz, kimyo mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzali sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. 
Buning natijasida esa, mustaqillik yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,6 barobarga oshdi, so‘nggi 10 yilda esa sanoat tarmog‘ining o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati, umumiy yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'ati ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan holda, 8,9 foizni tashkil etdi21.
Asosiy vazifa esa, davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobidan sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2030-yilda 40 foizga yetkazish, energiyani tejamkor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishishdir.
Buning uchun sanoat sohasini modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishlar orqali rivojlantirishni ta'minlovchi quyidagi dasturlar ijrosi amalga oshirilishi zarur. Jumladan 2017-2020-yillarda mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan 11 ta tarmoq dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida 42 mlrd.dollar qiymatidagi 800 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.
Shu o‘rinda, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda mahalliylashtirish iqtisodiyotni yanada barqaror va izchil rivojlanishida, uning tashqi omillarga tobeligini pasaytirishda, ishlab chiqirish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlash joiz. 
Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonda mahalliylashtirish sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish zaxilaridan keng foydalanish, shu asnoda import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta'minlaydi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2010-2016-yillarda 1 948 ta loyihalar amalga oshirildi va buning natijasida ushbu yillar davomida umumiy import o‘rnini bosish samaradorligi 7,6 mlrd. dollarini tashkil etdi23.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoning qabul qilinishi tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan24.
Bugungi kunda, respublikamizda mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan maksimal darajada foydalanish orqali kelgusida iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini diversifikatsiya va isloh qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish zarur:
XULOSA
Aholining talab va ehtiyojlarining keskin o’sib borishi, shuningdek, jahon bozorida global raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining sifatini oshirish orqali ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega bo’lgan ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida korxonalarda, jumladan kichik biznes sub’ektlarida xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan ishlar keng miqyosda amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida», «Metrologiya to’g’risida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi Qonunlariga muvofiq O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O’z SDT), O’zbekiston Respublikasining o’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (O’z O’DT), O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi (O’z SMT) ni takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida raqobatbardosh va sifatli mahsulot bilan ta’minlash, shuningdek bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholi sog’lig’i, mahsulot xavfsizligi, mamlakatning mudofaa qobiliyati, atrof muhit va ekologiyani muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan xalqaro talablar bilan uyg’unlashtirilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Bizning fikrimizcha, iste’mol bozori talablarining o’zgaruvchanligi sharoitida kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sifati xalqaro va milliy standartlarga mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosda iste’molchilarning qoniqishini ta’minlash, natijada mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish va mahsulot eksporti hajmini oshirish lozim.
Shu jihatdan, respublikamizda aksionerlik jamiyatlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, shakllantirish va sertifikatlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish, xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va rivojlantirish talab etiladi.
Shunday qilib, sifatliroq mahsulot aniq bir tovar yoki xizmatni aniq xaridorlar ko’proq ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini nazarda tutadi. Tovarlarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidan foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan sifat va foydali xossa tushunchalarini farqlash zarur.
Aksionerlik jamiyatlarida tovar sifat tizimini shakllantirish xo’jalik faoliyatining uchta yo’nalishiga asoslanishi mumkin: sifatni ta’minlash, sifatni boshqarish va sifatni yaxshilash.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish, jahon talablari va standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini yangilash hamda kengaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, aksionerlik jamiyatlarida sifatni boshqarish tizimini joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Download 78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari

Download 78 Kb.