Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish




Download 61,39 Kb.
bet3/6
Sana13.12.2023
Hajmi61,39 Kb.
#117831
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Qurilish materiallari sanoatida investitsion va innovatsi-fayllar.org

2.Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
1 Qurilish texnologiyalari bu qurilsh materiallaridan foydalangan holda binoni barpo etish demakdir.Har bir qurilish iahini balarishning ketma- ketligi, usuli qo`llabgan mashina va mexanizimlar, asbob- uskunalar, jihozlar YAMvaN,MMvaN, ish , ishbay, vaqtbay, mukofotli ishbay, tarif setkasi, tarif koeffitsienti, bu qurilish texnologiyasini tashkil etadi.Sifatni nazoratlash, birlamchi nazorat, laboratoriya nazorati,geodezik nazorat, ma’muriy nazorat, qurilish texnologiyalari yer ishlarini yuk oqimi, avtomobil transporti, traktor transporti, qilish texnologiyalariga no`linadi.
Texnologik jarayon (qurilish jarayoni)-qurilish maydonida sodir bo‘lib, natijada tayyor barpo etilgan yoki qayta tiklangan bino yoki uning bir qismini hosil qiluvchi ishlab chiqarish jarayonidir. Ishlab chiqarish jarayoni oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni asosida ish quroli va ish predmeti yotadi. Ishchi ish quroli bilan ish predmetiga ta’sir etib ma’lum ish jarayonini hosil qiladi.
Agar qurilish jarayoni bir ishchi yoki bir zveno tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lsa bunday jarayon oddiy qurilish jarayoni deb ataladi. Bir nechta oddiy jarayonlardan iborat jarayon murakkab jarayondir. Masalan, bir qavatli sanoat binosi ustunlari montaji oddiy jarayon bo‘lsa, bino karkasini montaj qilishni murakkab jarayon deb qarash mumkin.
Qurilish jarayonlari mexanizatsiyalashganlik darajasiga nisbatan qisman mexanizatsiyalashgan, to‘la mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan qurilish jarayonlari ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Qurilish ishlari - qurilish jarayonlari yig‘indisidir. Qurilishga jalb etilgan kishilarning ular bajarayotgan ishlari xarakteri va turiga nisbatan bo‘linishi natijasida qurilish ishchilari hosil bo‘ladi. Qurilish ishchilari bajarayotgan ishlarining nomiga nisbatan nomlanadilar: betonchilar, buyoqchilar, suvoqchilar, gisht teruvchilar va boshqalar.
Qurilish ishchisi malakasining darajasi (razryad) uning ish qobiliyati va bilimi bo‘yicha aniqlanadi. Odatda, ishchiga malaka darajasi berish uchun me’yoriy hujjatiga asosan sinov ishi berilib undan imtixon qabul qilinadi, uning nazariy bilimi ham tekshirilib ko‘riladi. Qurilish ishchilari zveno yoki brigadalar ko‘rinishida faoliyat ko‘rsatadilar.
Zveno - bir yoki bir nechta kasbga ega ishchilar guruhidir. Zveno har xil malaka darajasiga ega bo‘lgan ishchilardan iborat bo‘ladi. Bunda murakkab jarayonlarni yuqori malaka darajasiga ega bo‘lgan ishchilar, oddiy jarayonlarni past malaka darajasiga ega bo‘lgan ishchilar bajaradilar.
Brigadalar tarkibida bir nechta zvenolar faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Brigadalar mutaxasislashgan, kompleks va yakuniy maxsulot beruvchi brigadalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Mutaxasislashgan brigada bir kasbga ega bo‘lgan ishchilar guruhi: betonchilar, bo‘yoqchilar brigadalari. Brigadada 25 tagacha ishchilar bo‘lishi mumkin. Kompleks brigada har xil kasbga ega bo‘lgan ishchilar guruhi bo`lib,brigada tarkibida betonchilar, suvoqchilar, duradgorlar, bo‘yoqchilar va boshqalar bo‘lishi mumkin. (Brigadada 50 tagacha ishchilar bo‘lishi mumkin).
YAkuniy maxsulot beruvchi brigadalarda har xil kasb mutaxasislikka ega bo‘lgan ishchilar, to‘planib, ular o‘z faoliyatlari natijasida tayyor maxsulotni (bino, inshoot) foydalanishga topshiradilar.
Qurilish ishchilari (zveno, brigada) faoliyatlarini texnik va ta’rifiy jihatdan me’yorlovchi tushunchalar mavjud. Bulardan vaqt me’yori, ish haqi me’yori va ishlab chiqarish qobiliyati (me’yoriga) ga ta’rif beramiz.
Vaqt me’yori - zvenoning birlik ish hajmini bajarishi uchun talab qilinadigan vaqt.
O‘lchov birligi - odam.soat, mashina.soat.
Ish haqi me’yori - zvenoga uning birlik ish hajmini bajargani uchun to‘planadigan ish haqi.
O‘lchov birligi - sum, tiyin.
Ishlab chiqarish me’yori - ishning mukammal tashkil etilgan sharoitida zvenoning birlik vaqt ichida ishlab chiqargan maxsuloti hajmi. O‘lchov birligi - m /soat, mingdona/soat, dona/soat va boshqalar.
Qurilish ishlarining ish joylari ular faoliyatlari davomida harakatlanishlari uchun ajratilgan joydir. Ish joyida ish predmeti, ish quroli, maxsulotning tayyor bir qismi, ishchi kuchi harakatlanishi uchun erkin (bush) joy bo‘ladi. Ish joyi xarakteri va o‘lchamiga nisbatan qator bo‘linishlarga ega.
Bulak (delyanka) - zveno uchun ajratilgan ish joyi maydoni.
Zaxvatka - brigada uchun ajartilgan ish joyi maydoni.
Yarus - bir ish joyida turib binoning tiklanishi mumkin bo‘lgan balandligi (gisht terish ishlari uchun h = 1,2 m).
Ma’lumki, qurilish maxsulotining sifati uning ishlatilish sohasiga yaroqlilik darajasini bildiruvchi xossa-xususiyatlar yig‘indisi bilan belgilanadi. Qurilish qator me’yoriy hujjatlar (KMK, GOST, TSH) asosida olib boriladi. «KMK -qurilish me’yori va qoidalari» me’yoriy hujjatida qurilishni loyihalash, tashkil etish, ishlab chiqarish, tayyor maxsulotni qabul qilish va narxini aniqlash qoidalari keltirilgan.
Harakatdagi KMK quyidagi 6 qismdan iborat:
1. Tashkil etish, boshqarish, iqtisodiyot.
2. Loyihalash me’yorlari.
3. Tashkil etish, ishlab chiqarish va ishni qabul qilish.
4. Smeta me’yorlari.
5. Material va mehnat resurslari xarajatlari me’yorlari.
6. Bino va inshootlarni ta’mirlash.

3 .Qurilish texnologiyasini takomillashtirish


Qurilish texnologiyasini takomillashtirish uchun qurilishda qator vaqt va ish haqi me’yorlari keltirilgan me’yoriy hujjatlardan ham foydalaniladi.Bular:
YAM va N (ENiR)-yagona me’yor va narxlar. Bu me’yoriy hujjatda barcha qurilish, montaj ishlarini bajarish bo‘yicha qabul qilingan zveno tarkibi, birlik ish hajmlari uchun vaqt va ish haqi me’yorlari keltirilgan.
MM va N (VNiR) -ma’muriy me’yor va narxlarda vaqt va ish haqi me’yorlari qurilish ishlarining spetsifikasiyasiga bog‘liqlikda keltirilgan (ma’muriyat tomonidan tuzilishi mumkin).
MM va N (MNiR) -mahalliy me’yor va narxlar mahalliy qurilish tashkilotlari, me’yoriy-izlanish stansiyalari tomonidan tuzilib, unda shu qurilish hududi xususiyatlari hisobga olinadi.
Qurilishda ish haqi. Qurilishda texnik va ta’rif me’yorlari asosida haq to‘lanadi. Bajarilgan ish hajmi hisoblanib texnik me’yoriy hujjat (YAM va N. KMK) da birlik ish hajmi uchun keltirilgan ish haqi me’yoridan foydalanib, ishbay ish haqi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi.
Ix = Vi * Ixm Bunda: Ix - ishbay ish haqi; sum;
Vi - ish hajmi, m , m , dona.
Ixm- birlik ish hajmi uchun ish haqi me’yori, sum.
Demak, ishbay haq to‘lashda ish haqi mikdori bajarilgan ish hajmiga nisbatan to‘g‘ri proporsional ravishda oshib boradi. Ishbay haq to‘lash oddiy va mukofotli bo‘lishi mumkin.
Oddiy ishbay haq to‘lashda, ish haqi bajarilgan ish hajmini hisoblab ish haqi me’yorlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri baholanadi.
Mukofotli ishbay haq to‘lashda brigada ishga shartnoma asosida kirishib, asosiy ish haqiga qo‘shimcha bajarilgan ishning sifatiga, bajarilish muddatiga bog‘liqlikda mukofot ham oladi. Mukofot mikdori asosiy ish haqining 40% mikdoridan oshmasligi zarur.
Ta’rif setkasi asosida ishchining ishlagan ish soati bo‘yicha hisoblangan ish haqi vaqtbay ish haqi deb ataladi. Ta’rif setkada ishchining malaka darajasiga mos ta’rif koeffitsienti berilgan. Hukumat tomonidan belgilangan eng kam mikdor oylik (soatlikni hisoblab topish mumkin) ish haqi mikdori va ta’rif koeffitsienti asosida vaqtbay ish haqini aniqlash mumkin.
Qurilishda 6 ta malaka darajasi mavjud bo‘lib, keyingi 5 ta malaka darajasining 1 chi malaka darajasiga nisbatan ta’rif koef-fitsientlari aniqlangan.

Ayrim hollarda mukofotli vaqtbay haq to‘lash ham mumkin, bunda ishchiga uning ilgor faoliyatini hisobga olib mukofot beriladi.


Qurilish montaj ishlari sifatini boshqarish - bu KMI ning sifatli bajarilishi uchun sharoit yaratish va nazorat qilishdir. Sifatni nazorat qilishning qator bosqichlari mavjuddir.
1. Birlamchi nazorat-qurilish maydoniga keltirilgan material, buyum va konstruksiyalar GOST, TSH asosida tashki tekshiruvdan o‘tkaziladi.
2. Laboratoriya nazorati-qurilish materiallari, buyumlarining sifat xarakteristikalari laboratoriya jihozlarida sinaladi, xulosalar qilinadi.
3. Geodezik nazorat - bajarilgan KMI sifati geodezik asboblar, jihozlar yordamida nazorat qilib boriladi.
4. Ma’muriy nazorat - KMI bajarilishi sifati avtorlik, buyurtmachi, bosh pudrat quruvchi tashkilot tomonidan nazorat qilinadi.
Davlat qurilish nazorati-KMI sifati «Davlat arxitektura qurilish nazorati» va uning topshirigi bilan loyiha institutlari tomonidan nazorat qilinadi.
Qurilishda yuklarni tashish. Transportlar. Qurilish montaj ishlarining tuxtovsiz davom etishi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining takomillashtirilgan grafik asosida, o‘z vaqtida tashib keltirilishiga bog‘liq. Qurilishda transport xarajatlari qurilish umumiy tannarxining 18-20% ni tashkil etadi. Ma’lumki, transport vositalarini, ularning harakat yo‘llarini to‘g‘ri tanlab, yuklash va tushirish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalab, transport vositalaridan ratsional foydalanib bu xarajatlar miskolini minimumga etkazish mumkin.



Download 61,39 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 61,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish

Download 61,39 Kb.