Traktor transportidan avtomobil transportiga nisbatan kam foydalaniladi. Traktorlar tasma zanjir, va shina oyoqli bo‘lib, ular pritsep, yarim pritsep va treylerlar bilan birgalikda ishlaydi. Shina oyoqli traktorlar tasma zanjir oyoqli traktorlardan tezligi ( 40 km/soat), chaqqonligi, har qanday yo‘lda harakatlana olishi bilan ajralib turadi.
Qurilishda avtomobil transporti turlari - samosval (ag‘darma mashina)dan keng foydalaniladi. Unda tosh, chakik tosh, qum, grunt, beton va boshqa materiallar tashiladi. Bunday mashinalarning yuk ko‘tarish qobiliyati 3.5-40 tonna, kuzov hajmi 5-21,7 m chegarasida o‘zgaradi. Avtomobil-samosavallar kundalang kesimi to‘g‘ri burchakli, tog‘orasimon, yarim oval ko‘rinishidagi kuzovlarga ega bo‘lishi mumkin. Kuzovlar odatda (ko‘pchilik hollarda) orqadan bo‘shatiladi.
Avtomobillar pritseplar va yarim pritseplar bilan birgalikda ishlashlari mumkin (shatakka tortish prinsipida). Pritseplar va yarim pritseplar, ularda tashiladigan konstruksiyalarning turi, ko‘rinishi va o‘lchamiga mos ravishda maxsus moslamalar (kassetalar) bilan jihozlanadilar. Shu yo‘l bilan maxsus fakat bir turdagi konstruksiyalar tashishga mo‘ljallangan transportlar hosil qilinadi.Bularga devor panellarini tashishga mo‘ljallangan panelovoz, stropil fermalarni tashishga mo‘ljallangan fermavoz kabi transport turlarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Avtomobil yo‘llaridan uzoq muddatda foydalanish shartlaridan biri - grunt asos va yo‘lning harakatlanish uchun mo‘ljallangan qismi materiallarining sifatini ta’minlashdir. Qurilish maydonida aksariyat hollarda vaqtinchalik yo‘llardan foydalaniladi. Kapital yo‘l koplamasi sifatida sement-betonli, asfalt-betonli, sheben kali, gruntli, shagalli tushanalardan foydalaniladi. Yo‘l koplamasi sifatida yigma temir-beton plitalaridan ham keng foydalaniladi.
Sanoat binolari konstruksiyalari asosan temir yo‘l transportlarida tashiladi. Temir yo‘llar tor va me’yordagi izli (koleya) bo‘lishi mumkin. Tor izli yo‘lning eni 750 mm, me’yoriy izli yo‘lning eni 1524 mm bo‘ladi. Temir yo‘l elementlari ( rels, shpal) harakatlanadigan sostavning og‘irligidan kelib chiqib tanlanadi. Odatda 1 km yo‘lga 1440, 1600 va 1840 shpal o‘rnatilishi mumkin.
Shpallar orasi shebenkali, shag‘alli ballastlardan to‘ldiriladi. Qurilish materiallari va buyumlarini temir yo‘lda tashish uchun platforma, yarim vagonlar (60 tonnagacha yukni ko‘taradi), sisterna, traylerlardan foydalaniladi.
Yuklash-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash qurilish ishlab-chiqarishni jadallashtirishning muhim faktori bo‘lib, mehnat unumdorligining oshishiga sabab bo‘ladi. Qurilish yuklari yuklash, tushirish va etkazib berish usuliga nisbatan donabay (yigma temir beton, metall, yogoch konstruksiyalari, yogoch, metall, quvur, texnologik jihozlar), mayda donabay, yashiklarga terilgan, paketlarga yigilgan, sochiluvchan, boglovchi materiallar kabi yuklarga bo‘linadi.
Qurilishda juda ko‘p maxsus yuklash-tushirish mashina va mexanizmlari mavjud. Bundan tashqari qurilish montaj ishlarini bajaruvchi (ekskvotor, kran) ba’zi mexanizmlarda ham etarli darajada yuklash-tushirish ishlari bajariladi.
Yuklash tushirish mashinalari ishchi organlarining harakatiga karab uzlukli (siklli) va uzluksiz ishlovchi mashinalarga bo‘linadi.
Uzlukli ish prinsipida ishlovchi mashinalarga shina va tasma zanjir oyoqli bir kovshli ekskovotorlar, tekislovchi ekskovotorlar, bir kovshli universal yuklagichlar, avtoyuklagich, shina oyoqli elektroyuklagich, maxsus yuklagichlar kiradi. Ularda sochiluvchan materiallar, grunt yuklanadi. bundan tashqari uzlukli ish prinsipida ishlovchi, donabay materiallarni yuklab tushiruvchi mashinalar ham mavjud. Bunday mashinalarga o‘zi yurar, mikorali kranlar, ekskovotor-kranlar, avtomobil-kranlar, bir kovshli yuklagichlar misol bo‘la oladi.
Uzluksiz ish prinsipida ishlovchi mashinalarga ko‘p kovshli yuklagichlar, konveyerlar misol bo‘la oladi.
CHangsimon materiallar (sement) pnevmatik jihozlarda ham yuklanishi mumkin. Changsimon materiallarning quvurlar bo‘yicha havo bosimi yordamida uzatilishi atrof muhitni muxofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi.
XULOSA
Respublika kime sanoatining kenja tarmoqlaridan biri bo‘lgan-organik sintez kimyosi tez rivojlanmoqda. Uning taraqqiyoti ham gaz sanoati bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda bu sohaning eng yirik korxonasi Navoiy kime kombinati hisoblanadi. Uning tarkibidan asetilen, sirka kislotasi, asetil-sellyuloza, neytron tola ishlab chiqaradigan maxsus quvvatlar yaratilgan. Farg‘ona asetat ipak ishlab chiqaruvchi zavod ishlab turibdi. Namangan kime zavodida viskos ipak ishlab chiqarilmoqda. Bu sun’iy tolalar turli xil gazlamalar, gilam, trikotaj ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish O‘zbekiston kimyo sanoatining kelajakda ham yuksak rivojlantiriladigan yo‘nalishidir. Navoiy va Farg‘ona bu sohaning bundan buyon ham asosiy markazlari bo‘lib qolaveradi. Xozir ishlab chiqarilayotgan asetat nitron tolalar bilan vinol tola ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanilmoqda. Vinor tolasidan tayyorlangan shtapil materiallari jahon bozorida ingichka tolali paxtadan tayyorlangan materiallar bilan bir xil baholanmoqda. O‘zbekistonda plastik massalar va ulardan turli maxsulotlar ishlab chiqarish yildan-yilga ko‘paymoqda. Toshkent plastmassa zavodi qayta qurilib maxsulot ishlab chiqarish ko‘paytirildi. Jizzaxda plastmassa quvurlar, Ohangaronda plastmassa asosida linoleum, polietilen quvurlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishga tushirildi.
Plastmassa asosida iste’mol maxsulotlari ishlab chiqarish istiqbolli yo‘nalishlardan biriga aylanib bormoqda.Bunda Toshkentda Italiya firmalari hamkorligida ishga tushirilgan “Sovplastital” qo‘shma korxonasining yutuqlar misol bo‘la oladi.
Olmaliq maishiy kimyo zavodida kundalik xarid maxsulotlari bilan birga polimer tolalar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.
Respublika kimyo sanoatining yana bir yo‘nalishi turli xil rezina
texnika tarmog‘idir. Xalq xo‘jaligida foydalaniladigan texnik rezina buyumlar Toshkent, Yangiyo‘l, Angrenda ishlab chiqarilmoqda. Angren rezina kombinati ancha keng xillarda maxsulot ishlab chiqaradi. Kelajakda bu yerda avtomabil shinalari ham yasaladi. Bu esa O‘zbekiston va O‘rta Osiyodagi boshqa Respublikalarning bu muhim maxsulotga bo‘lgan extiyojini qondirishda katta ahamiyat kasb etadi.Toshkent va Popda shina ta’mirlash zavodlari ishlab turibdi. Pop (Namangan viloyati) rezina sanoatining yirik markaziga aylanmoqda. Bu yerda rezinadan poyabzal tayyorlovchi zavod qurilgan.
Kimyo sanoatining paxta sheluxasi (kavachok) dan turli maxsulotlar (etil spirti, furfurol, ksilit, sorbit, furan, furil spirti, oqsil achitkisi) ishlab chiqaradigan gidroliz tarmog‘i ham muhim ahamiyatga ega. Uning ayrim maxsulotlari masalan furfurol MDX davlatlarning ko‘pchilik rayonlariga jo‘natildi. Furfurol juda ko‘p maxsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Binobarin uning negizida tayyorlanadigan sintetik smolalar ijobiy sifatlarga ega bo‘ladi. Xozir Farg‘ona gidroliz zavodi furan brikmalari (asosan furfurol) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Andijon gidroliz zavodida hom ashyo sifatida sheluxa o‘rniga g‘o‘zapoya ishlatish tajribalari o‘tkazildi. Bu chorvachilikda sifatli ozuqa bo‘lgan sheluxani tejab qolish, uning o‘rniga g‘o‘zapoyani keng ishlatish imkonini beradi. Yangi yo‘ldagi gidroliz zavodi mikrobiologik maxsulotlar ishlab chiqaradigan bioximiyaviy zavodga aylantirildi. O‘zbekiston kimyo sanoatining mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlariga lak-buyoq va maishiy kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni kiritish mumkin. Toshkent lak-buyoq zavodi xilma-xil mahsulotlar tayyorlamoqda. Olmaliq zavodida kir vositalari ishlab chiqarilmoqda.
O‘zbekistonda kimyo sanoatini yanada rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud. Uning bundan keyingi istiqbollari suvni kam iste’mol qiladigan va ekologik sharoitga ziyon keltirmaydigan tarmoqlarni ustunroq rivojlantirish bilan bog‘liqdir.
O’zbekiston chiroyli va pishiq marmarga boy.Yurtimizda topilgan 34 ta marmar konining 5 tasidan marmar qazib olinmoqda. G’ozg’on koni marmar zaxirasining ko’pligi , yuqori sifatliligi jihatidan jahondagi eng mashhur konlardan biridir. Undan qazib olingan marmar sobiq ittifoq davrida boshqa mahsulotlar kabi Markazga tashib keltirardi . Moskva , Sant-Peterburg shaharlaridagi metropolitenlarning ko’plab bekatlari va boshqa inshootlar G’ozg’on marmari bilan bezalgan.
Qurulish materallari sanoati milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari bilan aloqadadir. Zavod va fabrikalar , uy -joylar , yo’llar hamda irrigatsiya inshootlarining ko’plab barpo etilishi bilan qurulishbop materiallarga talab ortib boraveradi.
Binokorlik uchun muhim bo’lgan sement Quvasoy, Ohangaron, Angren, Navoiy va Bekobod shaharlarida ishlab chiqarilmoqda. Ohangaron va Navoiy sement kombinatlar hisoblanadi. Angren gilmoyasi negizida bezakbop oq sement ishlab chiqariladi.
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri , “Toshkent”, “O’zbekiston”, “Toshkent palace” kabi mehmonxonalar, Toshkent metropoliteni hamda boshqa ko’pgina ulug’vor madaniy-maishiy binolar qurulishiga ham shu kon marmarlari ishlatilgan. Orkutsoy koni Toshkent shahridan 74 km shimoli sharqda joylashgan.Unda qora , oq va kulrang marmar uchraydi. Toshkent va G’azalkent marmar zavodlarida marmarga pardoz beriladi. Bezakbop toshlarning umumiy zaxirasi 85 million kubometrdan ortadi. CHirchiq shahri yaqinida mahalliy xomashyo asosida deraza oynalari ishlab chiqariladigan zavod bor. Hozirgi zamon sanoat qurulishining asosi temir-bitondir. Toshkent , Farg’ona , Samarqand va Buxoro viloyatlarida temir –beton buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Xorazm, Buxoro va Farg’ona viloyatlarida silikat zavodi Mirzacho’l xo’jaliklari, shaharlar va shaharchalar uchun devor bloklari , panellar , poydevorlar zinapoyalar va boshqa silikatsit buyumlari tayyorlaydi. Bino , ko’prik yo’l va boshqa inshootlar uchun barcha qismlar maxsus zavodlarda tayyorlanadi
|