• Tajribalar ko‘rsatishicha, radioaktiv nurlanishning g‘alati xususiyatlari quyidagilardan iborat
  • Mavzu: Radioaktivlikni, nurlanish dozasini o‘lchash birliklarini




    Download 67 Kb.
    bet1/4
    Sana05.10.2022
    Hajmi67 Kb.
    #26761
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Amaliy mashg\'ulot №1
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira


    Amaliy mashg’ulot № 1



    Mavzu: Radioaktivlikni, aktivlikni, nurlanish dozasini o‘lchash birliklarini o’rganish.

    Mashg’ulot maqsadi.Talabalarni radioaktivlikni, aktivlikni, nurlanish dozasini o‘lchash birliklari bilan tanishtirish.
    Radioaktivlik

    Atom yadrosining murakkab strukturaviy tuzilishiga ega ekanligini tasdiqlovchi yana bir hodisa radioaktivlikdir. Radioaktivlik fransuz olimi A.Bekkerel (1896-y.) tomonidan baxtli tasodif tufayli kashf etildi. Uran tuzi birikmalarini lyuminessensiyasiga quyosh nuri ta’sirini o‘rganish uchun tayyorlangan namuna (metall krest va uran tuzi birikmalari sepilgan fotoplastinka) fevral oyida havoning bulutligi tufayli qoldiriladi. Har ehtimolga ko‘ra, ikki kundan so‘ng ochilgan fotoplastinkada krestning aniq tasviri hosil bo‘ladi. Bu esa uranning hech qanday tashqi ta’sirsiz o‘z-o‘zidan g‘alati nurlanish chiqarishidan darak beradi.
    Atom yadrolarining o‘z-o‘zidan elementar zarrachalar chiqarib yoki radioaktiv nurlanish tufayli boshqa element yadrolariga aylanish xususiyati radioaktivlik deb yuritiladi.
    Radioaktivlikning tabiiy va sun’iy turlari mavjud bo‘lib, aslini olganda
    radioaktivlikning bu ikki turi orasida hech qanday keskin farq yo‘q. Faqat birinchi
    holda nostabil tabiiy izotoplarning radioaktiv nurlanishi, ikkinchisida yadro
    reaksiyalarida vujudga kelgan izotoplarning nurlanishi nazarda tutiladi.
    Tajribalar ko‘rsatishicha, radioaktiv nurlanishning g‘alati xususiyatlari quyidagilardan iborat:
    U fotoplastinkani qoraytiradi, ba’zi moddalarda lyuminessensiya hosil qiladi, yuqori o‘tuvchan biologik aktiv va ionlashtirish qobiliyatiga egadir.
    Radioaktiv nurlanishning yuqorida aytilgan xossalariga hech qanday fizikaviykimyoviy kuchlar ta’sir etmaydi, ya’ni nurlanish intensivligi bosim va temperaturaga, radioaktiv elementlarning qanday modda bilan va qay miqdorda birikma hosil qilganligiga bog‘liq emas. Radioaktiv nurlanish murakkab tarkibiy qismga ega bo‘lib, u magnit maydonida uchta komponentga ajraladi.
    Radioaktiv nurlanishning magnit maydonidan o‘tganda musbat zaryadli
    zarrachalar og‘ishi yo‘nalishidagi tashkil etuvchisi alfa - nurlar deb yuritiladi.


    Download 67 Kb.
      1   2   3   4




    Download 67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Radioaktivlikni, nurlanish dozasini o‘lchash birliklarini

    Download 67 Kb.