AEQlarga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Kvantlash turiga qarab DEQlar uch guruhga bo‘linadi:
impulsli, releyli
va
raqamli.
Impulsli elektron qurilmalar
(IEQ)da birlamchi signal vaqt bo‘yicha
kvantlanadi va odatda, o‘zgarmas chastotadagi impulslar ketma-ketligiga
o‘zgartiriladi. Bu jarayon
impulsli modulatsiyalash
deb ataladi. Impulslar
ketma-ketligi to‘rtta parametrga ega: impuls amlitudasi, impuls uzunligi,
impuls chastotasi va impuls fazasi (impulslar vaqt momentlari taktiga nisbatan
olinadi). Shu sababli modulatsiyaning to‘rtta turi mavjud:
•
amplituda - impulsli modulatsiya (AIM);
•
kenglik - impulsli modulatsiya (KIM);
•
chastota - impulsli modulatsiya (CHIM);
•
faza - impulsli modulatsiya (FIM).