Releyli elektron qurilmalar
(REQ) birlamchi analog signalni zinasimon
funksiyaga o‘zgartiradi. Bunda har bir zinaning balandligi, oldindan berilgan
ma’lum
h
kattalikka proporsional bo‘ladi (1.1-a rasm). REQlarda impulsli
modulatorlar bo‘lmaganligi sababli, bunday qurilmalar IEQlarga nisbatan
soddaligi bilan ajralib turadi. REQlar yuqori tezkorlikka ega bo‘lib, asosan
axborotni emas, balki quvvatni o‘zgartirishda qo‘llaniladi. Bunday REQlarda
katta toklar kuchaytirgani sababli
kuch elektronikasi
deb ataladi.
Raqamli elektron qurilmalar
(REQ)da birlamchi analog signal ham vaqt
bo‘yicha, ham kattaligi bo‘yicha kvantlanadi. Kvantlanish natijasida signal
yuqorida aytib o‘tilgan parametrlarning biri bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan
impulslar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalanadi.
Demak, ixtiyoriy kvantlangan signal bir necha elementar signal- lardan
tuzilgan shartli kombinatsiyalar ko‘rinishida (masalan, Morze kodidagi nuqta,
tire va pauza) ifodalanishi mumkin ekan. Kvantlangan signalning bunday
ifodalanishi
kodlash
deb ataladi. Kodlash turli ma’lumotlar (harflar, tovushlar,
ranglar, komandalar va boshqalar)ni ma’lum standart shaklda, masalan, ikkilik
simvollari ko‘rinishida ifodalash imkonini beradi.
Real qiymatlarga mos keluvchi fizik kattaliklarni - kodlarni
shakllantirish, o‘zgartirish va uzatish uchun
raqamli qurilma
xizmat qiladi.
Bundan, raqamli axborotni uzatish uchun analogga nisbatan ko‘p vaqt
sarflanishi ko‘rinib turibdi. Shuning uchun, sharoitlar bir xil bo‘lganda, raqamli
usulda uzatilayotgan axborotlar soni minimal bo‘ladi. REQlar quyidagi
afzalliklarga egadirlar:
•
xalaqitbardoshliknig yuqoriligi;
•
axborotlarni yo‘qotishlarsiz uzoq muddat saqlash imkoni;
•
FIKning yuqoriligi;
•
negiz elektron qurilmalar sonining kamligi;
•
integral texnologiya bilan mosligi.
Raqamli qurilmalarda arifmetik va mantiqiy amallarni ma’lum tartibda
bajarish yo‘li bilan axborot o‘zgartiriladi.
Raqamli integral sxema
(RIS) - integral elektron qurilma bo‘lib, raqamli
signal ko‘rinishida berilgan axborotlarni talab etilgan holda o‘zgartirishga
mo‘ljallangan. Unda o‘zgaruvchan signal sathi faqat ikkita qiymat olishi
mumkin. Agar RIS ta’rifiga uning asosiy vazifasini kiritsak, u holda, ta’rif
quyidagicha bo‘ladi:
raqamli integral sxema - elektroradiomateriallar va kompo- nentalardan iborat
bo‘lib, u ikkilik sanoq tizimda berilgan ma’lum x ko‘phadni oldindan berilgan
ikkilik sanoq tizimidagi ma’lum
y
ko‘phadga o‘zgartiradi.
RIS elektroradiomateriali
deb, RlSning shunday qismiga aytiladi- ki, u
oddiy elektroradio zanjirlardagi diskret elementlar xossalariga ega bo‘lib, RIS
tarkibidan alohida element sifatida olib tashlab bo‘lmaydi. Yarimo‘tkazgichli
RIS elektroradiomateriallari bo‘lib yarimo‘tkazgich hajmida yoki sirtida
shakllangan rezistorlar, kondensatorlar, induktiv- liklar, diodlar va tranzistorlar
hisoblanadi.
RIS elektroradiokomponenti
deb, RISning shunday qismiga ayti- ladi-ki,
u bir yoki bir nechta elektroradioelementlar funksiyasini amalga oshiradi, lekin
RIS tarkibidan alohida element sifatida olib tashlanishi mumkin va
montajgacha
mustaqil
mahsulot
hisoblanadi.
Tranzistorlar,
keramik
kondensatorlar
va
gibrid
IMSlarning
boshqa
osma
elementlari
elektroradiokomponentlarga misol bo‘la oladi.
Funksional vazifasiga ko‘ra RISlar mantiqiy integral sxemalar
(elementlar), axborot saqlash sxemalari (xotira elementlari), yordamchi va
maxsus integral sxemalarga bo‘linadi.
Mantiqiy integral sxemalar yoki mantiqiy elementlar ikkilik sanoq
tizimda berilgan axborotni mantiqiy o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Bular
komputer va boshqa raqamli tizimlarning asosiy «qurilish g‘isht- chalari»dir.
Ular qurilma tarkibidagi elementlarning 70 - 80%ini tashkil etadi. Mantiqiy
integral sxemalarni o‘z navbatida quyidagilarga ajratish mumkin:
•
asosiy funksional to‘liq majmua (AFTM)ning mantiqiy funk-
siyalarini amalga oshiruvchi sxemalar va elementlar;
•
funksional to‘liqlikka ega bo‘lgan, yakka universal mantiqiy
funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar va elementlar;
•
funksional elementlar deb ataluvchi, bir necha mantiqiy
funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar;
•
talab qilingan funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar
(adaptiv elementlar).
Katta funksional mazmunga ega bo‘lgan, murakkab mantiqiy
funksiyalarga mos keluvchi funksional elementlar AFTM yoki universal
funksiyalar amallarini bajaruvchi negiz mantiqiy elementlar asosida quriladi.
Adaptiv elementlar -
dasturlanuvchi elementlar bo‘lib, hozirgi kunda
mikroprotsessorlarni rivojlanish cho‘qqisi deb hisoblash mumkin. Kelajakda,
tashqi muhit shartlari bilan aniqlanadigan funksiyalarni bajaradigan to‘liq
adaptiv elementlar haqida so‘z yuritish mumkin.
Axborot saqlash sxemalari
(xotira elementlari) ikkilik axborotni eslab
qolish va vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan. Bu sxemalarni maxsus usulda
tuzib, ular yordamida axborotni yozish va o‘qish, o‘chirish va qayta tiklash
hamda saqlanayotgan axborotni indikatsiya qilish mumkin. Bunday elementlar
triggerlar
deb ataladi va ular negiz mantiqiy elementlar asosida ham amalga
oshirilishi mumkin.
Yordamchi integral sxemalar
yoki
elementlar
elektr signallarni
kuchaytirish, shakllantirish, ushlab turish, generatsiyalash uchun mo‘l-
jallangan. Bunday elementlarga: takt chastotasi generatorlari; bloking-
generatorlar; kuchaytirgich - shakllantirgichlar; emitter qaytargichlar;
yakkavibratorlar; multivibratorlar; cheklagichlar va boshqalar kiradi.
Maxsus integral sxemalar
(elementlar) signalni fizik o‘zgartirish- ga
mo‘ljallangan. Ularga turli indikatorlar, analog signallarni raqamliga va
aksincha o‘zgartirgichlar, zanjirlarni muvofiqlashtiruvchi maxsus sxemalar va
boshqalar kiradi.
Qandaydir moddiy shaklda fiksirlangan va mujassamlantirilgan axborot
xabar yoki signal deb ataladi. Signallar uzluksiz yoki diskret bo‘lishi mumkin.
Uzluksiz (analog) signal, o‘zgarishi qaralayotgan jarayon haqida
axborotni vaqt bo‘yicha akslantiruvchi qandaydir fizikaviy miqdor elektr toki,
kuchlanish va bosh sifatida ifodalanadi. Uzluksiz signalni uzatuvchi fizikaviy
miqdor biror aniq intervalda ixtiyoriy qiymatlarni qabul qilishi mumkin, va
vaqtning ixtiyoriy momentlarida o‘zgarishi mumkin.
Diskret xabarlarda, vaqtning qandaydir momentlarida ulardan turli
ketma-ketliklar
vujudga
keluvchi
fiksirlangan
darajalar
to‘plami
mavjuddir.Diskret shaklidagi signal 1.1-rasmda tasvirlangan
1.1-rasm. Diskret shakldagi signal
Ikkita darajasi mavjud bo‘lgan diskret signal ikkilik deb ataladi (1.2.-
rasm)
1.2-rasm.Ikkilik signal
1.2-rasmda bir darajadan ikkinchisiga o‘tish bir laxzada sodir bo‘luvchi
ikkilik signal ko‘rsatilgan. Bunday signal ideal deb ataladi. Undan foydalanish
tizim va protsessorlarning turli rusumlarini nazariy taxlil qilish uchun qulaydir.
Biroq, barcha real tizimlar va apparatlar inersiyali bo‘ladi va vaqt
bo‘yicha kechikib ishlaydi. Ularda signal darajalari orasidan o‘tish,1.3-
rasmdagiga o‘hshash, vaqtning nolga teng bo‘lmagan kesma oralig‘da ro‘y
beradi.
1.3-rasm. Real ikkilik signal
Analog axborotni raqamli ko‘rinishga aylantirish uchun uni
|