qiymatiga mos ravishda raqam beriladi. Signal diskret
darajalarini raqamlar
ketma – ketligi bilan almashtirish jarayoni
kodlash
deb ataladi.
Olingan
raqamlar ketma – ketligi
signal kodi
deb ataladi.
Ikkilik sanoq tizimida biror son ikki raqam: 0 va 1 orqali ifodalanadi.
Raqamlarni ifodalash uchun raqamli tizimlarda tok yoki kuchlanish kabi elektr
kattalikni ikki holatdagi signalini qabul qilishga moslashgan elektron sxema
bo‘lishi talab qilinadi. Kattalikning biri – 0 ga, ikkinchisi – 1 ga mos kelishi
kerak bu esa hozirgi zamonaviy raqamli texnika
mana shu kabi ifodalanish
tizimiga asoslanganligini ko‘rsatadi.
Integral mikrosxemalarning asosiy tushunchasi va klassifikatsiyasi
Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi
bo‘lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar.
IMSlarning
asosiy xossasi shundaki, u murakkab funksiyalarni bajarish
bilan
birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich,
xotira qurilmasi va boshqa
funksiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funksiyalarni bajarish uchun diskret
elementlarda mos keluvchi sxemani yig‘ish talab qilinardi.
IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud:
konstruktiv
va
texnologik
.
Konstruktiv
belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida
yoki
sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga
joylashtirilgan bo‘lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki
bir qismi va elementlararo bog‘lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi.
Shu sababli integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka
va kichik tannarxga
ega.
Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo‘ladigan tuzilmaga ko‘ra
IMSlarning uchta prinsipial turi mavjud: