KADR RAQAMINI BERISH.
Kadr N manzili bo‗yicha berilib, uning tartib raqami uch raqam bilan beriladi. Misol:
N001……N002……
TAYYORLOVCHI FUNKSIYALARNI BERISH.
Tayyorlovchi fnksiya G manzili bo‗yicha berilib, axborot kiritish tartibini aniqlovchi ikki raqam shu manzildan keyin yoziladi. RDB qurilmasi N33-2M uchun funksiyaning kodlari 2-jadvalda berilgan.
jadval.
Funksiyaning kodi
|
Funksiyaning ma‘nosi
|
G01
|
Chiziqli interpolyasiya
|
G02
|
Soat mili bo‗yicha aylanma
interpolyasiya
|
G03
|
Soat miliga teskari aylanma
interpolyasiya
|
G04
G17
|
Surishni taqiqlash
XY tekislikni ishlashni tanlash
|
G16
|
XZ tekislikni ishlashni tanlash
|
G19
|
YZ tekislikni ishlashni tanlash
|
G36
|
Nolga qo‗yish
|
G40
|
Tuzatishni (korreksiyani) bekor qilish
|
G42
|
Soat mili bo‗yicha asbob radiusiga musbat tuzatish
|
G43
|
Soat mili yo‗nalishiga teskari asbob radiusiga musbat tuzatish
|
G52
|
Soat mili bo‗yicha asbob radiusiga manfiy tuzatish
|
G53
|
Soat mili yo‗nalishiga teskari asbob
radiusiga manfiy tuzatish
|
G51
|
Asbob uzunligiga manfiy tuzatish
|
G41
|
Asbob uzunligiga manfiy tuzatish
|
G17, G18 va G19 funksiyalari shu tekislikni ishlashni o‗zgartirishgacha ta‘sir qiladi. G40, G41, G42, G43, G51, G52, G53 funksiyalari funksiya G01 yordamida bekor qilinadi. G02, G03, G04 funksiyalari bir kadrda ta‘sir qiladi. Boshlang‗ich holatda boshqarish tizimi avtomatik G01 funksiyani qo‗yadi.
|