• RAQAM DASTURLI BOSHQARILUVCHI (RDB) DASTGOHLAR UCHUN DASTUR TUZISHDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR
  • Mavzu: rdb stanoklarning koordinat tizimi




    Download 34,27 Kb.
    bet1/6
    Sana04.12.2023
    Hajmi34,27 Kb.
    #111093
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu rdb stanoklarning koordinat tizimi-fayllar.org


    Mavzu: rdb stanoklarning koordinat tizimi
      1. MAVZU: RDB STANOKLARNING KOORDINAT TIZIMI.

    RDB stanoklarning koordinata o‗qlari va ularning musbat yo‗nalishlarini tanlash. Approksimatsiya va interpolyasiya usullari.


    RAQAM DASTURLI BOSHQARILUVCHI (RDB) DASTGOHLAR UCHUN DASTUR TUZISHDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR

    Horijiy davlatlar mashinasozlikni rivojlantirishga katta e‘tibor beradilar. Mashinasozlikning rivojlantarishning asosiy yo‗nalishi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdir.


    RDB qurilmalari ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish unumdorligini, mahsulotning sifatini oshiradi, qurilmalarni sozlash va rostlash vaqtini keskin kamaytiradi. Keyingi paytda RDB metall kesish dastgohlarini yaratishga katta ahamiyat berilyapti. RDB dastgohlarini effektiv ishlatish uchun dastgohning ishlash prinsipi, boshqarish qoidalari, kesish tartibi, asbob va moslamani tanlash, boshqarish dasturini tayyorlash va h.k. larni bilish kerak.
    Zamonaviy RDB dastgox - bu yuritmalardan, holat datchiklaridan, tezliklardan, asboblarni avtomatik joylashtirish qurilmasidan, zagotovkadan va mikroprotsessorli RDB qurilmasidan tashkil topgan murakkab kompleks. RDB stanoklarda boshqariladigan har bir koordinatalarida hamma ishchi (asosiy va surish) harakatlari uchun avtonom yuritmalar qo‗llaniladi. RDB qurilma boshqarish dasturida berilgan qonun (algoritm) bo‗yicha ishchi, asbob va zagotovkaning shakl hosil qiluvchi harakatlarining mosligini ta‘minlaydi. Shuning uchun, yuritma bilan tashqi kinematik bog‗lanish mikroprotsessorli hisoblash texnikasi va dastgohlar orqali ta‘minlanadi, boshqarish dasturi esa organlarni sozlash funksiyasini bajaradi.
    Shunday qilib, raqam dasturli boshqariladigan dastgoh bu avtomatik tizim
    AT bo‗lib, ikkita o‗zaro bir-biri bilan bog‗langan qismdan iborat: raqam dasturli boshqariladigan qurilma (RDBQ) va boshqariladigan ob‘ekt-dastgohdan iborat.
    RDB dastgoh tizimining funksional sxemasi.
    bu yerda: БД-boshqarish dasturi; ДЮ-dastur yurituvchi; БA-boshqarish axborotlari; У-boshqaruvchi axborot; AT-avtomatik tizim.
    Metall kesish dastgohlarida ishlov berilganda detal va kesuvchi asbob o‗zaro muvofiq harakat qiladi. Kesuvchi asbobning markazi detalga nisbatan ma‘lum traektoriya bo‗yicha harakat qiladi. Asbobning markazi deb, harakati dasturlanadigan asbobning nuqtasiga aytiladi. Shakliy frezerlashda frezaning markazi yoki tokarlik keskich uchining markazi ekvidistanta deb ataladigan traektoriya bo‗yicha harakat qiladi.
    Ekvidistanta – detal shaklidan bir xil masofada bo‗lgan traektoriyadir. U ayrim o‗zaro ulanuvchi, geometrik elementlardan-to‗g‗ri chiziq, yoy, ikki va yuqori darajali egri chiziqlardan tuzilgandir. Elementlarning ulanish nuqtalari tayanch yoki hisoblash nuqtalari deyiladi. Mashinasozlikda dastgohlarni boshqarishda raqam dasturli boshqarish tizimlari qo‗llanilyapti. Ularni RDB deb atalishiga sabab, dastgoh ishchi organlarining siljish qiymati raqam bilan beriladi. Bunda har bir axborot birligida ishchi organi ma‘lum miqdorga siljiydi, buni impuls miqdori yoki diskretasi deyiladi. RDB tizimining diskretasi dastgohning aniqligini belgilaydi. Ishchi organini diskretaga bo‗linuvchi har qanday miqdorga siljitish mumkin.
    RDB dastgohi – dastgoh ishchi organlarining harakatini, tuzilishi, ishlash ketma – ketligini, kesish tartibini, asboblarni avtomatik almashtirish, yordamchi funksiyalarni dastur bo‗yicha boshqarish demakdir. RDB dastgohi – dastgoh va RDB qurilmasidan iborat. RDB qurilmasi boshqarish dasturiga asosan dastgohning ishchi organlariga boshqaruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Boshqaruvchi dasturda geometrik va texnologik axborot bo‗ladi. Boshqaruvchi dastur dasturnomaga yoziladi. Geometrik axborotda tayanch nuqtalarining koordinatalari, texnologik axboroti, asbobning turi (raqami), tezligi, surish va
    h.k. bo‗ladi. Dasturnoma sifatida asosan sakkiz qatorli qog‗oz perfolenta ishlatiladi. Dasturnomaga axborot kadrlar ketma – ketligi tarzida yoziladi.
    Tekislikdagi har – bir nuqta X, Y koordinatalari qiymati bilan aniqlanadi, bu esa dastgoh ishchi organlarining shu koordinatalar bo‗yicha siljishini ko‗rsatadi. Dasturda nuqtalarning koordinata qiymatlarini ko‗rsatuvchi (diskretada) raqamlar oldida, albatta, manzil X, Y, Z va h.k. harflari va ishora («+» yoki «-») yoziladi. Masalan, agar raqamlar oldida X harfi bo‗lsa, raqamlar X o‗qi bo‗yicha, agar Y bo‗lsa, raqamlar Y o‗qi bo‗yicha va h.k. siljishlar miqdorini ko‗rsatadi.
    Texnologik axborot ham manzil – lotin harflari, hamda harfdan keyin raqamlar yordamida dasturnomaga yoziladi. Masalan: F0612. F harfi surishlar manzili, 0 – raqami surish tartibi, qolgani surish tezligini ko‗rsatadi.
    N009 – N – kadr raqami manzili, 009 – 9 – kadr.
    TOZ – T – asbob manzili, 03 – 3 – asbob.
    S – harfi shpindelning aylanish chastotasi manzili va boshqalar.
    Respublikamizda manzillarning harflar bilan belgilanishi xalqaro standart bilan bir xildir.
    Dastgoh ishchi organlarining ikki tayanch nuqta oralig‗idagi siljish uchun kerakli axborot bitta kadrda yoziladi. Kadr so‗zlardan iborat bo‗lib, har bir so‗z bitta ishchi organga tegishli axborotdir. Kadr bitta yoki ko‗p so‗zlardan tashkil topadi.
    Kadrning tarkibiga misol:
    N001 G01 X+002000 V-020000 PS
    1. – so‗z 2 – so‗z 3 – so‗z 4 – so‗z 1 - so‗z kadrning raqami,


    2. – so‗z chiziqli interpolyasiya,


    3. – so‗z X o‗qi bo‗yicha +20 mm siljish, 4 – so‗z Y o‗qi bo‗yicha -200 mm siljish, PS – kadr oxiri simvoli (belgisi).


    SHu kadrning dasturnomaga yozilishi 1 – rasmda keltirilgan. Eng ko‗p axborot yozilishi mumkin bo‗lgan kadrning strukturasi kadrning formati deyiladi. Format so‗zlarning axborot hajmi, soni va ketma – ketligini aniqlaydi. Odatda RDB qurilmasi qo‗llanmasida kadrda manzillarning, ya‘ni so‗zlarning tartibi, kadrda so‗zlarning eng ko‗p mumkin bo‗lgan soni, har bir so‗z uchun dasturnomada ajratilgan satrlar soni, ya‘ni kadrning formati keltiriladi.


    Format quyidagicha yoziladi:
    N3; G2; X±6(5,4); Y±6(5,4); Z±6(5,4); I+6(5,4); J+6(5,4); K+6(5,4); F5; S3; T3; M3; L2; D+6(5,4);PS.
    Harfdan keyingi raqamlar so‗zning raqamlar bo‗lagining razryadini ko‗rsatadi. Masalan: N harfidan keyin uch razryad (N001, N002,…, N999), G dan keyin ikki razryad (G01,G02…., G99).
    RDB dastgohlarida ishlov berish dasturlari uchun bir qator kodlar yaratilgan. RDB raqam, harf va boshqa belgilar sistemasini taqdimlash dasturlash kodi deyiladi. Kod raqamlar, xarflar va boshqa belgilar bilan dasturnomada tezliklar kombinatsiyasi orqali yozilgan dastur orasidagi bog‗lanishni o‗rnatadi. Eng ko‗p qo‗llaniladigan xalqaro standart talablariga to‗g‗ri keladigan kod ISO – 7bit dir (1 - jadval).

    1 – rasm. Dasturnoma bo‗lagi.



    Download 34,27 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 34,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: rdb stanoklarning koordinat tizimi

    Download 34,27 Kb.