|
Mavzu: Sanoat korxonalarini ta'sis etish va davlat tomonidan ro'yxatga olinishi. Mundarija: Kirish
|
bet | 6/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 453,5 Kb. | | #229024 |
Bog'liq Sanoat korxonalarini ta\'sis etish va davlat tomonidan ro\'yxatga olinishiYoqilg‘i sanoati. Respublika yoqilg‘i sanoati yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, neft, gaz konlari negizida shakllangan va rivojlanib bormoqda. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro va Xiva geologik provinsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Hozir 71 ta neft, gaz va gaz kondensat, 3 ta ko‘mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gaz kondensat koni esa kelajakda ishga tushirish uchun tayyorlab qo‘yilgan.
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy tarmog‘ini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Ular iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida xizmat ko‘rsatadi. Yoqilg‘i sanoatining yirik korxonalari Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.
Yoqilg‘i sanoatining yana bir muhim tarmog‘i bu ko‘mir sanoatidir. O‘zbekiston qidirib topilgan ko‘mirning 1900 mln. tonna miqdoridagi zahiralariga egadir, shu jumladan qo‘ng‘ir ko‘mir zahiralari - 1853 mln. tonnani, toshko‘mir zahiralari - 47 mln. tonnani tashkil etadi. Prognoz resurslari 5,7 mlrd. tonnadan ko‘proqdir. Toshko‘mirning katta zahiralari respublikaning janubiy hududlarida - Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida to‘plangan. Hozirgi paytda 3ta konda: Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida ko‘mir qazib chiqarilmoqda.
O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarishni «O‘zbekko‘mir» AJ, shuningdek «Sharg‘unko‘mir» AJ va «Apartak» AJ amalga oshiradi. Angren konidagi «Angren» ko‘mir razrezi ko‘mir zahiralarini ochiq usulda qazib oladi, bundan tashqari «Yerostigaz» OAJ tomonidan yer ostida gazlashtirish usuli bilan qo‘ng‘ir ko‘mirdan gaz ishlab chiqariladi.
«O‘zbekko‘mir» AJ har yili 3 mln.tonnaga yaqin ko‘mir qazib chiqaradi. Ko‘mir yoqilg‘isining asosiy iste’molchisi elektr energetikasi sektori bo‘lib, uning ulushiga umumiy iste’mol qilinadigan ko‘mirning 85 foizi to‘g‘ri keladi. Sanoat,
ijtimoy va kommunal soha korxonalari ham ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan talabni
shakllantiradilar.
2.5-rasm. O‘zbekiston Respublikasining mavjud ko‘mir xavzalari.
«O‘zbekko‘mir» AJda ko‘mir qazib olish yer osti va ochiq usullarda amalga oshiriladi. «O‘zbekko‘mir» AJda ko‘mir qazib olish yer osti va ochiq usullarda amalga oshiriladi. Ko‘mirni ochik usulda qazib olish «Angren ko‘mir xavzasi» va «Apartak koni» filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu korxonalar o‘z faoliyatida ko‘mir, kaolin va boshka yuldosh foydali
kazilmalarni qazib olish, hamda boshqa xizmat ko‘rsatish turlari va ishlarni amalga oshiradi.
jadval
2030 yilga qadar ko’mir yoqilg’isini qazib olish rejasi, ming tonna
|
| |