• -rasm. 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy iqtisodiy faoliyat turlari boyicha sanoat ishlab chiqarish tarkibi
  • -Bob. Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi




    Download 453,5 Kb.
    bet2/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi453,5 Kb.
    #229024
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    Sanoat korxonalarini ta\'sis etish va davlat tomonidan ro\'yxatga olinishi

    1-Bob. Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi.

    Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari to‘g‘risida so‘z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi O‘zbekiston hududida «Uy sanoati»ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam — mezolit davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari tayyorlangan.


    Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida kemachilik, to‘qimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan qurol yasash boshlangan.
    Arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, milloddan avvalgi 3- ming yillikning oxiridayoq hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan aholi misdan qurol yasashni bilgan.
    Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o‘rtalari, V asr) davrida mehnat qurollarini yasash jarayonining taraqqiy etishi, metalga ishlov berishning takomillashuvi hunarmandchilikning yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotiq kuchayishiga olib keldi.
    Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan So‘xda oltin, mis, temir, Ilokda qo‘rg‘oshin, kumush, oltin, Shahrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.
    IX asrda Samarqand sifatli qog‘ozi va lampa shishasi bilan mashhur bo‘lgan, Shosh viloyati ko‘pchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. O‘sha davrda O‘rta Osiyodan Sharqiy Yevropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yo‘li orqali charm, mato, ipak, jun, kiyim-kechak chiqarilgan.
    X-XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar o‘rtasidagi nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o‘zgarshlar ro‘y bermagan.

    1. asrning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo‘lga kiritib, markazlashgan davlatga asos soldi va natijada

    davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqiga katta yo‘l ochib berdi.

    1. asrning oxiriga kelib Movaraunnahrda yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putur yetadi va rivojlanish to‘xtab qoldi.

    XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklarining vujudga kelishi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi XIX asrga kelib Turkistonda hunarmandchilikda yog‘och va metall o‘ymakorligi, idishlarga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiy bezash rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududida taraqqiyot tezlashib sanoat, ayniqsa, ip-gazlama sanoati rivoj topdi.
    XX asr boshlarida ko‘plab paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari qurilib ishga tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostansiyalar qurila boshlandi. Birinchi bo‘lib Toshkent yaqinida qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasi 1926 yil 1 mayda ishga tushirildi.
    Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiklik elektrostansiyalari qurilishi boshlandi. Bunday elektrostansiyalar soni 1930 yilda 30 ga yetdi. O‘sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari qurishga imkoniyat yaratdi.
    Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan, «Tashselmash», Toshkent to‘qimachilik kombinati, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Kattaqo‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Quvasoy sement korxonalari qurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati mahsulotlarini tayyorlash rivoj topdi.
    Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.
    2018 yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 228,9
    trln.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan o'sish sur'ati 114,4 % ni tashkil etdi.
    Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o’sishining asosiy omili bo’lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining 13,2 % ga, tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning - 25,4 % ga, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning 4,1 % ga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning - 22,6 % ga o’sishi hisoblanadi.



      1. -rasm. 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha sanoat ishlab chiqarish tarkibi






    0.3%


    Tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash


    Elektr, gaz, bug’ bilan ta'minlash va havoni kondittsiyalash


    Ishlab chiqaradigan sanoat


    Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish




      1. rasm. 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy iqtisodiy faoliyat turlarini sanoat ishlab chiqarishning o’sishiga qo’shgan hissasi


    Download 453,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 453,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Bob. Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi

    Download 453,5 Kb.