• Foydalanilgan adabiyotlar
  • E’tiboringiz uchun RAHMAT
  • Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida: V. Satirning tizimli yondashuvi




    Download 4.19 Mb.
    Sana08.11.2023
    Hajmi4.19 Mb.
    #95937
    Bog'liq
    oila psixologiyasi
    1-ОН ESSE ёзиш (1), 3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014 (1), 3- маъруза. p-n ўтиш, MTA 1 мавзу(Акбарова)2021, Monopsoniya, практика рус (1), 7sinf-fizika-oylik-test (1), 7-1, 57.Muxammadjon Toshboltayev, @AKT Official 5-SINF Informatika va AT, Tanishuv oʼyinl, Empirik bilim dаrаjаsi vа uning shаkllаri, Fotoelektr batareyalar qo\'llanma (2), Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    Enter title
    Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida: V. Satirning tizimli yondashuvi.
    Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur etib, uning psixologik xususiyatlarini o’rganishga jazm etgan olimlardan biri amerikalik tadqiqotchi Virjiniya Satir (1992, 2000) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash uchun quyidagi tushunchalarni ishlatadi: oila energetikasi, oila tizimi, chegarasi va funktsional xususiyatlari. Bu bilan u kelib chiqishi nuqtai nazaridan biologik hisoblangan ijtimoiy institutga texnologik metodologiyani tadbiq etishga urinadi. Bunday yondoshuv XX asr o’rtalariga xos bo’lib, u tufayli olim oilani tushunish borasida nafaqat yangi yo’nalishga asos soldi, balki uni davolash, bu boradagi tibbiy muammolarni ham o’rganishni boshlab berdi.
    Oila energetikasi tushunchasi o’z ichiga ko’plab jabhalarni xususan, oilaning tibbiy-biologik xususiyatlaridan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi omillar, ekologik shart-sharoitlardan boshlab, tiriklikning mezonlari bo’lmish ovqatlanish hamda har bir oila a’zosining xatti-harakatlarining namoyon bo’lishigacha qamrab oldi. Oilaviy hayotning psixologik energetikasini tavsiflash uchun Satir “oilaning emotsional qozoni” tushunchasini ishlatadi, ya’ni, oila a’zolarining kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u go’yoki “bir qozonda qaynovchilarning birgalikda yashashida namoyon bo’ladigan hissiyotlar ko’zgusiday” tasavvur etadi. Bu “qozonda”gi his-kechinmalar hayotning muayyan davrlarida o’ta jo’shqin va boy bo’lsa, boshqa bir davrda mazmunan tor yoki tarang ham bo’lishi mumkin. Oila a’zolarining bir birlariga mehr-muhabbati, yaqinligi, hamkorligi ma’lum davrlarda kuchli ijobiy bo’lsa, boshqa davrda kimnidir kimdandir tobeligi bois yoki kimningdir qattiqqo’lligi bois torroq, mazmunsizroq bo’lishi ham kuzatiladi.

    Oilaviy munosabatlar tizimi – Satir ta’rifida oila a’zolarining muayyan rollar doirasida u yoki bu holatlarda o’zligini namoyon etishi yoki ijrosi emas, balki, bu har bir oilaga xos bo’lgan o’zaro munosabatlar “xaritasi”dir. Masalan, biror oilaga yordam bermoqchi bo’lgan terapevtga ayni shu xarita kerak, chunki u real a’zolarning real o’zaro munosabatlarini boshqachasiga tasavvur etishi mushkul. Bu xaritaga ayni shu oila a’zolaridan tashqari, ularning yaqinlarining ta’siri ham kiradi.


    Masalan, agar erkak kishi oilada qandaydir ajrab qolgan bo’lib, xotini va farzandlari bilan yashagan taqdirda ham uning xotiniga bo’lgan real munosabatlariga boshqa uyda yashaydigan onasining ta’siri bo’lsa, demak, oilaviy munosabatlar xaritasida qaynonaning ta’siri ham albatta nazarda tutilishi shart. yoki birinchi nikohidan ajralgan ayol sobiq erining farzandi bilan birga yashayotganligi bois, hamisha uni eslab turishi, bolasining istagiga ko’ra, sobiq eri bilan ko’rishib turishi, hattoki, moliyaviy jihatdan unga tobe ham bo’lishi mumkin. Bu, tabiiy, ayni paytda real oilaviy munosabatlarga ta’sir etmay qolmaydi. Oilaning funksional xususiyatlari – bu oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning sifatiy taraflarini tavsiflaydi.
    Gozmanning ta’kidlashicha, juftlik munosabatlarida attraktsiyaga turtki bo’luvchi omillarning eng muhimi – bu sherikning tashqi, jismoniy jihatdan yoqimtoyligi va uning ijtimoiy-demografik xususiyatlaridir. Ya’ni, bir ko’rishda yoqtirib qolish, uning xusniga rom bo’lish kabilar
    Tizimli oilaviy munosabatlar konsepsiyasi M. Bouenning “Emotsional uchburchaklik” tushunchasi
    attraktsiyaning dastlabki bosqichi bo’lib, bu aslida odamlar ongidagi bir bid’atga, ya’ni chiroyli odam aqlli va ahloqli bo’lishi to’g’risidagi tasavvurlarga bog’liqdir. Ayniqsa, bunday tasavvur xotin-qizlarga nisbatan qo’llanilishi isbotlangan. Buni muallif grafik shaklida U – simon egrilik tarzida tasavvur etadi

    Yoqtirib qolishga turtki bo’luvchi ijtimoiy-demografik xususiyatlarga eng avvalo insonning jamiyatda tutgan o’rni, ijtimoiy maqomi, ma’lumoti darajasi, kasb-kori, moddiy ta’minlanganligi, millati va diniy e’tiqodi, qaerda, kimlar bilan yashashi kabilar kiradi. Ko’pincha ayni shu belgilar yoki xususiyatlar bilan yaqin bo’lgan insonlar o’zaro bir- birlarini tezroq yoqib qoladilar, chunki o’x-

    Yoqtirib qolishga turtki bo’luvchi ijtimoiy-demografik xususiyatlarga eng avvalo insonning jamiyatda tutgan o’rni, ijtimoiy maqomi, ma’lumoti darajasi, kasb-kori, moddiy ta’minlanganligi, millati va diniy e’tiqodi, qaerda, kimlar bilan yashashi kabilar kiradi. Ko’pincha ayni shu belgilar yoki xususiyatlar bilan yaqin bo’lgan insonlar o’zaro bir- birlarini tezroq yoqib qoladilar, chunki o’x-


    shash belgilar yoki ko’ngildagi sifatlarning sherikda, tanishda mavjudligi unga nisbatan ijobiy fikr-mulohazalarning shakllanishiga, stereotiplarning yaxshi ma’noda uyg’unlashishiga zamin yaratadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    • O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi. Toshkent.:«Adolat»,1998,-300 b.
    • Karimova V.M. Oilaviy hayot psixologiyasi. T.: 2006. – 142 b.
    • Oila psixologiyasi.( Shoumarov G`.B. tahriri ostida). T., 2000.
    • Shoumarov Sh.B., Shoumarov G`.B. Muhabbat va oilaviy hayot. — Toshkent. Ibn Sino nomidagi nashriyot, 1990. — 93 b.

    E’tiboringiz uchun RAHMAT


    Download 4.19 Mb.




    Download 4.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida: V. Satirning tizimli yondashuvi

    Download 4.19 Mb.