|
N^Neft va gaz kondensatini qayta ishlash 2 ta zavodda amalga oshiriladi
|
bet | 8/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 453,5 Kb. | | #229024 |
Bog'liq Sanoat korxonalarini ta\'sis etish va davlat tomonidan ro\'yxatga olinishiN^Neft va gaz kondensatini qayta ishlash 2 ta zavodda amalga oshiriladi:
Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi (1959 yilda ishga tushirilgan, 2000 yilda rekonstruksiya qilingan)
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (1997 yilda ishga tushirilgan)
Gazni qayta ishlash 3 ta zavodda amalga oshiriladi:
Muborak gazni qayta ishlash zavodi (1971 yilda ishga tushirilgan bo’lib, gaz kondensati, suyultirilgan gaz, gazli texnik oltingugurt kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradi)
SHo’rtan gazni qayta ishlash zavodi (har yili 20 mlrd. kub m gazni qayta ishlaydi)
SHo‘rtan gaz-kimyo kompleksi (2001 yil ishga tushirilgan)
Ustyurt gaz-kimyo kompleksi kelgusida respublikada to‘rtinchi gazni qayta ishlash zavodi bo‘ladi (har yili 4,5 mlrd. kub m gazni qayta ishlaydi, 2016 yilga ishga tushirilgan)
Asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar kovlangan Chotqol-Qurama, Nurota tog‘larida, markaziy Qizilqumdagi konlarda tug‘ma oltin kon lahmlari hozirgacha saqlanib qolgan. O‘zbekistonda ma’lum bo‘lgan konlarning ko‘pchiligidan qadimgi konchilar qisman foydalanganlar.
Metallurgiya sanoati. Hozirgi O‘zbekiston hududida rudadan metal olish 4-5 ming yildan ziyod tarixga ega. Qadimda misdan turli buyumlar tayyorlangan. Keyinroq rudadagi metallardan qalay, kumush, oltin va boshqalarni eritish, quyish va qizdirib ishlash o‘zlashtirilgan, dastlabki tanga pullar zarb qilingan. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘onada, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron vodiylaridagi bir qancha hududlarda zargarlik, mis-garlik, temirchilik, degrezlik, rixtagarlik rivojlangan. Rux, surma, margimush, vismut, kobalt kabi rangli metallar ma’lum bo‘lmasada, ularning qotishmalaridan keng foydalanilgan.
Qora metallurgiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yagona korxona Bekobod shahridagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda po‘lat va po‘lat prokatlar, turli aylanma xajmdagi po‘lat soqqalar, va po‘lat trubalar hamda chiroyli va bejirim sirli idishlar ishlab chiqariladi.
|
| |