• Yengil sanoat
  • Qurilish materiallari sanoati
  • Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati




    Download 453,5 Kb.
    bet10/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi453,5 Kb.
    #229024
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
    Bog'liq
    Sanoat korxonalarini ta\'sis etish va davlat tomonidan ro\'yxatga olinishi

    Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati — iqtisodiyot uchun mashina va mexanizmlar, jihozlar, agregat va apparatlar, asbob-uskunalar, madaniy-maishiy mollar, shuningdek, mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi og‘ir sanoat tarmoqlari majmuidir. Ushbu sanoat butun iqtisodiyotni texnika bilan ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, xalqning moddiy- madaniy farovonligi va mamlakat qudrati mashinasozlik sanoati taraqqiyotiga bog‘liq. Uning ahamiyati, eng avvalo, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga va insonlar hayotining barcha sohalariga joriy etish asosida qo‘l mehnatini mashina mehnatiga aylantirish, yengillashtirish, mashinani mashina bilan yaratish, tejamkorlikni ta’minlash va mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirishdan iborat. Mashinasozlik sanoati mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarishga imkoniyat yaratadi.
    Hozirgi kunda mashinasozlik sanoatining 10dan ortiq tarmog‘i mavjud.
    Ular qatoriga avtomobilsozlik, samolyotsozlik, traktorsozlik va qishloq xo‘jalik mashinasozligi, elektrotexnika va vagonsozlik, asbobsozlik va kabelsozlik kabi yirik tarmoqlar kiradi.
    Yengil sanoat. Hozirgi davrda O‘zbekiston yengil sanoati ko‘p tarmoqli industrial kompleks bo‘lib, uning tarkibida paxta tozalash
    zavodlaridan tashqari, to‘qimachilik, trikotaj, shoyi to‘qish, tikuvchilik, ko‘npoyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish sohalarida 300 ta yaqin yirik korxonalar bor.
    Qurilish materiallari sanoati. Respublika qurilish materiallari ishlab chiqaradigan ko‘p tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq yopqich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog‘lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigena jihozlari, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud. O‘zbekistonda tabiiy xom ashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

    Download 453,5 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




    Download 453,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati

    Download 453,5 Kb.