|
Mavzu: Sertifikatlangan sifat tizimini mahsulotning hayotiy sikliga taʼsiri reja kirish
|
bet | 3/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 56,07 Kb. | | #120184 |
Bog'liq Mavzu Sertifikatlangan sifat tizimini mahsulotning hayotiy sikl-fayllar.orgstrategik - yangi ehtiyojlar, bozordagi mavjud sharoitlami aniqlash maqsadida yangi ehtiyolar asosida yangi mahsulotni ishlab chiqarishga qo‘yish zaruriyati va imkoniyatlarini aniqlash ya’ni sifat bo‘yicha rejalami shakllantirish va korxonaning rivojlanish istiqbollarini tanlash bilan bog‘liq boshqarish mexanizmi;
operativ - o‘matilgan sifat rejasi asosida va uni amalga oshirish, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o‘matilgan sifatini ta’minlash bilan bog'liq boshqarish mexanizmi.
Bunda xalqaro yoki mahalliy standartlar asosida yaritilgan har qanday haqqoniy sifatni boshqarish tizimiga muvofiq, yo unga qisman, yaxlit yoki batafsil strukturlangan, 2 va 3-rasmlarda keltirilgandek mos ishlashi va ko‘rinishda bo'lishi kerak.
Endi, shubhasiz kitobxonga sifatni boshqarish va sifatni ta’minlash atamalari qanday holatlarda va nima uchun qo‘llanlishini tushachasi paydo bo‘lgandir, biz bu masalaga yana qaytamiz.
3-rasmdagi sxemaning mukammalligini hisobga olib, uning tarkibiga kiruvchi alohida bloklarini yoritamiz.
l –blok. Ishlab chiqarish va xususiy iste’mollar sohasi. Bu blokda mahsulot nima maqsadda yaratilish amalga oshiriladi. Bu yerda u iste’mo qilinadi va o'zining mayjudligini tugatadi, va aynin bu blok mahsulotning sifatini boshqarishda asosiy muhin o'rin tutib, modomiki sifatni boshqarishning barcha jarayonlari xuddi shunday xossa bilan mahsulotni yaratish va tayyorlashda o'zning maqsalariga ega bo'lib aniqlangan ehtiyojlami qonoatlantirishi lozim. Iste’mo sohasida tayyorlangan va iste’molchilar olgan mahsulotning haqiqatdagi sifati uning haqiqiy ehtiyojlar tavsiflariga muvofiqligi o‘rganiladi.
2-blok. Bozordagi yangi ehtiyojlar hajmi va uning tavsiflarini o‘rganish. Iste’mol sohasida iqtisodiy qonuniyatlarga muvofiq yanada yuqori sifatli va yuqori darajada mahsulot talab etilayotganligini qondirish, yangi ehtiyojlar yuzaga keladi. Buning asosida sifatini boshqarish mexanizmida mexanizmning keyingi zvenosi harakatga keltirish uchun boshlang‘ich turtki beruvchi yangi to‘g‘ri aloqa paydo bo‘ladi. 2-blokda birinchi to‘g‘ri aloqa o‘zlashtirilishidan keyin yangi ehtiyojlaming tarkibiy tomonlari yuzaga chiqishi, uning psixofiziologi, xo‘jalik yoki ishlab chiqarish muhiti aniqlashtiriladi. Bu qanchalik vaqt bo'yicha ehtiyojlami rivojlanish qonunining harakatini aniqlash imkoniyalari amalga oshirilib, vaqt davomida ehtiyojlar taqsimlash va hajmi, kamayayishi, o‘sishi dinamikasi aniqlanadi.
3-blok. Marketing. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan va yangi mahsulot imkoniyatlarinmg bozordagi holatlari bashorat qilinadi. Bu kelgusida mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va sotilish imkonini baholash uchun amaliy ahamiyatga ega. Bu blokda 2- blokda aniqlangan tavsiflar, ehtiyojlami qondirish, kelgusida mahsulotning xosalari qanday bo‘lishi to‘g‘risida masalalar hal qilinadi. Kelgusida mahsulot, talablar darajasi va unga to‘lovlar imkoniyati va turli xil iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi. Mahsulotni raqobatbaroshligi, korxona, firma raqobatbardoshliklari bilan aloqador bo‘lgan maxsus savollar va masalalar aniqlashtiriladi.
3-blok ishida yangi mahsulotning samaradorligini baholash, kompleks va barcha tomonlama qulay bo‘lishini aniqlashning mavjudligi bilan asosiy muhim o‘rin tutadi. U bir qancha savollar va masalalami: bitta mahsulotga xarajatlar tahlili, yangi mahsulotni ishlab chiqarish hajmi uchun xarajatlar darajasi va uni turli bozorlarda sotish imkoniyatlarini hisobga olib narxi, uning kamayishi darajasi dinamikasi va ishlab chiqarishning rentabelligi, ishlab chiqarishni tayyorlashga xarajatlami qoplash muddati, foydalanishda iste’molchilarining xarajatlari, kredit siyosatiga yo‘naltirilgan qulay narx darajalari va korxonaning investitsiya imkoniyatlarini baholashni qamrab oladi. Narx darajasi va ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib 3-blokda sifatni boshqarish mexanizmida ya’ni ishlab chiqarish yanada yuqori sifatli mahulot ishlab chiqarishga tayyormi, agar tayyor bo'lsa, qancha hajmda, qanday muddatda, agarda tayyor bo'lmasi, nimaga va nima uchun? kabi eng asosiy savol va masalalarga javob tayyorlash bo'yicha ishlar bajarilib, yangi mahsulotni ishlab chiqarishning tashkiliy-texnivaiy, iqtisodiy imkoniyatlari hamma tomonlama baholash amalga oshiriladi. Bu savollarga salbiy javoblar bo'lgan taqdirda 1, 2 va bloklar doirasida ishlar sikli yangidan qarab chiqiladi. Yanda yuqori sifatli mahsulotni, yangi mahsulotni ishlab chiqarishni boshlash to'g'risida qarorlar ungacha to'tatib turiladi. Barcha ishlar to'g'rilanganidan so'ng 4-blok ishlarini boshlashga qaror qabul qilinadi.
4-blok. Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash. Kelgusida yangi mahsulot, yangi mahsulotni tayyorlashning ishlab chiqarish jarayonlari barcha moddiy elementlarini tashkillashtirish va yaratish bosqichi o'zida zaruriy ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birikkan holda ishlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash. Agarda yangi ehtiyoj lar o'zida turli xil yoki bir turdagi ehtiyojlami namoyon etsa, unda uni ishlab chiqarilayotgan mahsulotni modemizatsiyalash va texnikaviy darajasini oshirish yo'li bilan qanoatlantirish mumkin. Agarda bunday variantlar bo'lmasa, kerakli xossali yani mahsulotni yaratish imkoniyati asosidagi fizikaviy prinsiplar va muhandislik qarorlarini qidirish amalga oshiriladi. 4-blokdagi ishlami bajarishda yangi ehtiyojlami qanoatlantirilishini ta’minlovchi aynan shu xossalami ega bo'lgan yangi mahsulotni yaratish masalalari hal qilinadi. Yangi mahsulotni ishlab chiqarish sikli, mashaqqati va moddiyligidan marketing tadqiqotlari bosqichida aniqlangan haqiqatdagi narxda yangi mahsulotni sotish imkoniyati paydo bo'lishi lozim. Yani mahsulotni ishalb chiqarish va undan foydalanish, yaratish varintlarini hamma tomonlama texnik-iqtisodiy baholash amalga oshiriladi. Ko‘p holatlarda, ayniqsa, murakkab buyum yoki uning tizimini yaratishda, bunday buyumni hamda tizimini ishlab chiqarishda va bozorda yuzaga kelishi chuqur tashkiliy va iqtisodiy tadqiqotlari hisobiga amalga oshiriladigan ishlar ko'payib ketadi. Bunday ishlar yangi mahsulotga texnik topshiriqni ishlab chiqishda ham bajariladi ya’ni texnikaviy loyihalash o‘tkazilib, keyin esa mahsulotning tajriba namunasi yoki partiyasi tayyorlanadi, qayta ishlanadi, yangi mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsiflari va uning asosiy elementlari, ishlab chiqarishga qo‘yish tasdiqlanadi. Sifatni boshqarish mexanizmining qolgan bloklari samarali ishlashiga bog‘liq bo‘lgan bunday qarorlar 4-blokda qabul qilinadi. Ijobiy qarorlar qabull qilinganda yangi mahsulotning o‘ziga xos jihatlari, ishlab chiqarish miqyosi va surati, texnologiyasi va boshqa omillardan kelib chiqib sifat tizimining elementlarini tashkiliy-texnikaviy loyihalashtirishga kirishish, har bir blok tarkibini aniq to‘ldirib borish to‘g‘risida o'ylash kerak. Holatning murakkabligidan kelib chiqib sifat tizimi yangidan yoki amaldagi sifat tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib ishlab chiqiladi.
5-blok. Sifat bo‘yicha reja. 2 - 4 bloklarda o‘tkazilgan ishlar asosida rejaa ishlab chiqiladi va qabul qilinadi ya’ni mahsulot sifatiga, agarda bunda konstruktiv bloklar, detallar, uzellar, elementlar bo‘yicha zaruriyati bo‘lgan taqdirda talablar, differesiallanish darajasi o‘matiladi. Ular uchun geometrik yoki boshqa o‘lchanadigan parametrlari, sinash usullari va vositalari, nazorat yo‘llami o‘matiladi.
Keyin esa sifat darajasi rejasida o‘matilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ishlab chiqarishga beriladi. U 3-rasmda haqiqatdagi sifat bloki, omillar va sharoitlami birlashtiruvchi to‘g‘riburchak shaklida “И” indeksi bilan belgilangan.
Bu yerda natijada ishlab chiqarish jarayonlari amalga oshirilib, o‘matilgan talablarga muvofiq mahsulot yaratiladi va tayyorlanadi. O‘rnatilgan sifat to‘g‘risidagi ma’lumotlami solishtirish uchun 8- blokga jo‘natiladi.
Sifat bo‘yicha reja ishlab chiqarishning ilgarigi bosqichi bilan bog‘liqligi hisobga olib sifatni boshqarishda ishlab chiqarishni tashkiliy taayyorlashning muhim o‘ringa egaligini qisqacha tushuntirib o£tish lozim.
Tashkiliy tayyorgarlik sifatni ta’minlashning maxsus, kompleks masalalari bilan sifatni boshqarish tizimining eng muhim element ekanligini namoyon etadi. Bu yerda, aziz kitobxon shubhasiz, mahsulotni tayyorlashning ishlab chiqarish jarayonlarini texnik-iqtisodiy va tashkiliy me’yorlarida o‘matilgan sifatni ta’minlash omillari va sharoitlarini eslagan bo‘lsa ajab emas. Tashkiliy tayyorgarlik davrida marshrutli texnologiya tuziladi, sifatni nazorat qilish joylari, ishlab chiqarishning davomiylik sikli, ishlab chiqarish maydonlari va binolarining o‘lchamlari, materiallami aralashtirish usullari, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar, joyi va saqlash sharoilari aniqlanadi. Buning barchasi ishlab chiqarish jarayonlarining natijasi 5-blokda tayyorlangan, o'matilgan rejaga, sifatni ta’minlashga yo‘naltirilgan va buning uchun ishlab chiqarishning iqtisodiy ko'rsatkichlari liminti chegaralaridan chiqib ketmaslik lozim.
6-blok. Tayyorlangan mahsulot sifati. Ishlab chiqarish jarayonlari tugashi bilan haqiqatda aniqlangan sifat bilan mahsulot olinadi. Endi nima bo'lganini aniqlash zaruriyati yuzaga keladi. Yaratilgan mahsulot haqiqatda qanday xosslarga ega? Buning uchun sinash, o'lchash va nazorat amalga oshiriladi. Shu tarzda haqiqatdagi sifat to'g'risida ma’lumotlar topilib 7-blokga jo'natiladi.
7-blok. Haqiqatdagi sifat haqida axborot. 6-blok mahsulotning haqiqatdagi sifati to'g'risidagi axbortlaming haqiqiy manbasi emas. Korxona, firmalaming muvaffaqiyatli faoliyati, ulaming obro'sini saqlash, raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun mahsulotning haqiqiy sifati to'g'risida axborotlar ekspluatatsiya sohasida servis xizmatlarini ratsional shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli 7-blokdan ishlab chiqarish va xususiy iste’mollar sohasidan axborotlar (1-blokga) keladi.
Shu tarzda bu blokda haqiqatdagi sifat to‘g‘risidagi ikkita axborot: ekspluatatsiyadan turgan mahsulot va ishlab chiqarishdan chiquvchi tayyor mahsulotlar to‘g‘risidagi axborotlar yig‘iladi.
Korxonada tashkiliy tushunchasidan haqiqatdagi sifat to‘g‘risida axborotlar harakati yo‘nalishlari uchun alohida bo‘lingan xizmatlami (blimlami) yaratish mumkin. Ular sifatni sifat bo‘yicha reja, texnikaviy hujjatlar talablariga muvofiq yoki nomuvofiqligini, boshqasi esa sifatni iste’molchilar so‘rovlarga muvofiqligini tekshiradi.
8-blok. Solishtirish. 8-blok axborotlaming ikki turi asosida tayyorlangan mahsulot berilgan talablarga hamda ulaming farqlanish darajasiga muvofiqligini baholashga mo‘ljalangan. Bunda quyidagi holatlardan biri: haqiqatdagi sifat berilgan va rejada o‘matilgan talablarga muvofiq yoki nomuvofiqligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi holat bo'yicha barcha qiyin kechadi. Ishlab chiqaruvchini haqiqatdagi sifat berilganidan yomon bo‘lgan holatdagi salbiy nomuvofiqlik qiziqtradi. Nima qilish kerak? degan savol payo bo‘ladi. Unga javob hammadan ham oldin, mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlariga, berilgan darajadan og‘ish darajasiga, og‘ishlami texnikaviy, iqtisodiy va tashkiliy bartaraf etish imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar mahsulot foydalanishga berilmagan va og‘ishlar darajasi ahamiyatli bo‘lsa, sifatni boshqarishning tipiga xos masalalaridan biri yuzaga keladi: og‘ishlami bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirish, bunday og‘isblami kelitirib chiqarish sabablarini qidirib topish va yo‘q qilish ya’ni keyinchalik og‘ishlami butkul yo‘q qilish, ishlab chiqarish jarayoniga o'zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish lozim bo‘ladi. Bu vaqtda mahsulot sifatini boshqarish mexanizmiga hamda mahsulotning taqdiriga taalluqli ko'plab faoliyatlar aniqlanadi. 9- blok ishga qo‘shiladi.
9-blok. Sifatdan og‘ish sabablarini barataraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Bu blokda ikki yo‘nalish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Birinchisi - belgilangan sifatni operativta’minlash. Bu holatda chora-tadbirlar joriy ishlab chiqarish jarayonlari daxldor bo‘ladi. Ikkinchisiga sifatga iste’molchilaming munosabatlari, mavjud bozomi saqlab qolish, ya’ni uni yo‘qotish yoki kengaytirish bilan aloqador strategik masalalari daxldor bo‘ladi.
9-blokda quyidagi masalalar hal qilinadi:
- belgilangan darajada sifatni og‘ishini keltirib chiqaruvchi sabablami qidirib topishni tashkillashtirish;
- belgilangan darajada sifatni og‘ishini keltirib chiqaruvchi sabablami bartaraf qilish bo‘yicha asoslangan va iqtisodiy baholangan chora-tadbirlar variantlarini ishlab chiqish. Bunda sifatni ta’minlash sharoitlar yoki omillari yoki ulaming birgalikdagi kombinatsiyasi kuchga kirishi mumkin;
- rahbariyat uchun eng samarali qarorlar variantlarini tayyorlash;
- rahbariyat tomonidan sifat og‘ishlarini yuzaga keltiruvchi sabablami bartaraf etish bo‘yicha qarorlarni texnikaviy va iqtisodiy imkoniyatlari nuqtai nazaridan optimalini qabul qilish.
Tabiiyki, tavsiyalar berilgan darajadagi qiymatdan og‘uvchi kattalikning parametrlari va tavsifiga bog'liq, lekin bunda aniqlangan sabablami bartaraf qilish uchun foydalanish mumkinligining imkoni hisobga olinadi. Bitta to‘g‘ri va samarali qaromi qabul qilish uchun mavjud faoliyatlami baholash uchun mezonlar mavjud bo‘lishi lozim. Rar bir muayyan holatda qararorlami qabul qilish uchun o‘zining m’zonlari mavjudligi muhim sanaladi. Ammo bu holatda qaror qabul qilishda resurslami chegaralanganligi, chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqti, kutilayotgan natija va samaralar sifatga nisbatan ta’sir qiladi.
|
| |