Sifat menejmentini sertifikatlashtirishda ekspertauditorlarning vazifalari va ularga qo‘yilgan talablar




Download 56,07 Kb.
bet7/9
Sana16.12.2023
Hajmi56,07 Kb.
#120184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Sertifikatlangan sifat tizimini mahsulotning hayotiy sikl-fayllar.org

2.2 Sifat menejmentini sertifikatlashtirishda ekspertauditorlarning vazifalari va ularga qo‘yilgan talablar
Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatnashuvchi shaxs bu ekspert - auditordir. U odatda Sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va mahsulotni sertifikatlashtirishda sinov laboratoriyalarini akkreditlashda va boshqa ishlarda qatnashishi murnkin.
Ekspert - auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxsga aytiladi.
Ekspert-auditor sifatida “0 ‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlaming vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda yetarli chuqur bilimga ega bo‘lgan xususiy shaxs ham bo‘lishi murnkin.
Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi:
- mahsulot, jarayon, xizmatlarni, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish;
- sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlaming tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘imligini nazorat qilish;
- sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va ulaming faoliyatini nazorat qilish;
- sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish. Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi, bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi. Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim:
- to‘liq oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida etarli bilimga ega bo‘lib, faoliyati sertifikatlashtirishning ma’lum turi bo‘yicha attestatlangan bo‘lishi kerak;
- oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik amaliy stajga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta’minlash sohalarida ishlagan bolishi kerak.
Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlami mukammal egallagan bo‘lishi shart:
- Respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va tartiblar;
- sertifikatlashtirish o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va me’yoriy hujjatlami tushunish;
- sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni;
- sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari;
- mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi;
- standartlashtirish, metrologiya va Sifat tizimlarining asoslari;
- tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishining statistik usullari;
Ekspert-auditor tahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda to£g‘ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli, prinsipial ravishda hayrihoh, xushmuomalali, odobli va o‘zini tutabilishlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo'lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan obyektning xodimlari bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot uchun har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish maqsadlari uchun); tizimda amaldagi me’yoriyuslubiy hujjatlami takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, Sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalami tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kirgazish huquqiga egadir.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlami inobatga olib, sertifikatlashtirish milliy idorasi “O‘zstandart” agentligi tomonidan ekspert-auditorlar tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari SMSITIning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarini tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlami olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Tinglovchilaming nazariy bilimlarini “O‘zstandart” agentligi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari yetarli darajada bo‘Isa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori degan guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi).



    1. Download 56,07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 56,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sifat menejmentini sertifikatlashtirishda ekspertauditorlarning vazifalari va ularga qo‘yilgan talablar

Download 56,07 Kb.