|
Mavzu: Sertifikatlangan sifat tizimini mahsulotning hayotiy sikliga taʼsiri reja kirish
|
bet | 4/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 56,07 Kb. | | #120184 |
Bog'liq Mavzu Sertifikatlangan sifat tizimini mahsulotning hayotiy sikl-fayllar.org10-blok. Sifatni qo‘llab-quwatlash yoki uni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlami amalga oshirish. Bu blok 9-blokda ishlab chiqilgan berilgan sifat darajasidan og‘ishlar sabablarini bartaraf qilish bo‘yicha chora-radbirlar amalga oshiriladi. Faoliyatni amalga oshirayotgan bo‘linma va shaxsning o‘mi va tarkibi sifatdan og‘ish sabablarini yuzaga kelish joyiga, uni bartaraf etish bo‘yicha choratadbirlaming mazmuni va miqyosiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘ishlaming aybdorlari nomuvofiqlikni barataf etishda qatnashishdan chetlashtiriladi yoki aynan ularga, agarda bu kasbiy yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, zaruriy ishlaming barcha qismi yoki uning aniqlangan qismini bajarish yuklatiladi.
1.2 Sifatni boshqarish uchun shart-sharoitlar
Boshqarish nazariyasining asosiy tamoyillari nuqtai nazaridan bir qancha birlamchi sharoitlami har qanday obyektga qo‘llash mumkin. Bunday asosiy sharoitlarga quyidagilami qiritish mumkin:
- boshqarilayotgan obyekt holati (xarakteri) yoki uning holatini rejalashtirilgan darajasida belgilangan dasturlarining mavjudligi;
- berilgan parametrlar va dasturlarga munosabati bo‘yicha obyektning o‘zgamvchanligi ya’ni obyekt o‘matilgan dasturlar yoki parametrlaming rejali qiymatlardan chetga chiqmasligi lozim;
- belgilangan dasturlar yoki parametrlar qiymatlaridan obyektni aniqlash va o‘lchash uchun vosita va usullaming mavjudligi;
- og‘ishlami yuzaga kelishini bartaraf qilish maqsadida boshqariladigan obyektga ta’sirlaming mavjudligi. Boshqarishning umumiy nazariyasiga muvofiq boshqaruv mcxanizmi 1-rasmda keltirilganidek ko‘rinishga ega. Sifat bo‘yicha ishlami tashkillashtirishga boshqarish mexanizmi sxemasiga va boshqarishning umumiy nazariyasining asosiy tamoyillari nuqtai nazaridan birlamchi shart-sharoitlari sifatida boshqarishning umumiy nazariyasi ya’ni kibemitika g‘oyalari va qoidalarini sifatni boshqarish ishlariga mumkin qadar qo‘llash lozim. Bundan tashqari sifat bo‘yicha ishlaming istiqboli unga 0‘xshash va mos boigan ilmiy usullardan foydalinib, o‘zining bir qator masalalarini hal etish uchun fundamental nazariya va uning imkoniyatlariga tayanadi. Boshqarishning umumiy nazariyasiga tayangan mahsulot sifatini boshqarish mexanizmi 2-rasmda keltirilgan.
1980-yillaming ikkinchi yarmida bir qancha yirik kompaniyalar masalan, «General Motors», IBM kabi kompaniyalaming ko‘p yillik tajribalariga ko‘ra sifatni boshqarish sohasida yagona bo‘lgan asosiy yo‘nalishlami ishlab chiqishgan. Bu yo‘nalishlami mutaxassislar sifatni boshqarish uchun asosiy shart-sharoitlar sifatida ta’kidlashgan bo‘lib, ular quyidagilar:
- yuqori rahbariyatning qiziqishi;
- sifatni yaxshilash bo‘yicha rahbariy kengashni yaratish;
- korxonaning barcha rahbariy tarkibini jalb etish;
- ishchi va xizmatchilaming jamoalik ishtirokini ta’minlash;
- sifatni oshirishda ishchilaming shaxsiy ishtirokini ta’minlash;
- tizim va jarayonlami takomillashtirish guruhini yaratish;
- sifat uchun kurashishga ta’minotchilami jalb qilish;
- boshqaruv tizimining ishchi holatining sifatini ta’minlash;
- korxona faoliyatini yaxshilash strategiyasi va taktikasini shakllantirish;
- xizmatlami tan olish va kengaytirish tizimini yaratish.
Sifatni yaxshilash bo‘yicha bu yo‘nalishdagi faoliyatlar har bir korxonaning asosiy faoliyatini tarkibiy qismi bo‘lishi lozim. Korxonani boshqarish tizimini sifatni boshqarish tizimiga yaqinlashishining zamonaviy istiqbollarini hisobga olib, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar tashkiliy-iqtisodiy, o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan kelib chiqib, mahalliy korxonalar faoliyatini takomillashtirishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Sifatni boshqarishga umum tizimli yondashish bo‘limida bu yo‘nalishlardan ayrimlarini batafsil ко‘rib chiqamiz.
|
| |