Mavzu: Xizmat aloqasi tizimi bilan ishlash




Download 1,77 Mb.
bet46/81
Sana08.02.2024
Hajmi1,77 Mb.
#153120
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
Uzb tema

Mavzu: Xizmat aloqasi tizimi bilan ishlash.
Abonentlarga xizmat markazlarini(internet xizmati) ishlab chiqish abaynida abonentlarga yaxshi va juda samaralari xizmat ko‘rsatish hozirgi kunda juda dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu yo‘nalishda ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Bizning hayotimizda abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifati jihatdan qaraladigan aniqlikga ko‘proq e’tibor qaratiladiganini hisobga olsak, abonentlarga xizmat ko‘rsatish biz uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini tushinib yetamiz. “Abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazi” axborot tizimini yaratish. (Internet xizmati) esa hozirgi kunning muhim muammolari sirasiga kiradi. Oxirgi 15 yillik ichida abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha internet xizmatlariga ehtiyoj juda kuchayib bordi. Zamonaviy axborot texnologiyalar juda kuchayib bormoqda, abonentlar o‘z ma’lumotlar va o‘zining hisob raqamlari va hakozolarini bilishi uchun kompaniya binolariga bormasdan turib internet orqali bolib olish uchun harakat qilishyapdi. Abonentlar o‘zlariga kerak ma’lumotlarni olish uchun ko‘proq soddalik va o‘zlari uchun qulaylikni hisobga olishadi. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha internet orqali web-sahifalardan foydalanish orqali abonentlarga xizmat ko‘rsatish rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Bunga ayniqsa ulardagi bank tizimlarining ochiq tizimlarga o‘tganligi juda kata qulaylik keltirmoqda. Lekin bizda bu tizimlar juda mukammal darajada emas, bu tizimlarni mukammal darajada takomillashtirish muhim vazifalardan biridir. Axborotlar tizimlarini loyixalashtirishning boshlang‘ich materiali bo‘lib boshqarish ob’ekti tahlilining natijalari xizmat qiladi, ular eng avvalo ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yordamida hal etuvchi boshqarish tizimi funksiyalari va vazifalarini aniqlashga xizmat qiladi. Funksional tuzilmadan kelib chiqib, funksional tizimlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan matematik model va algoritmlar aniqlanadi yoki ishlab chiqiladi. Bundan keyin zarur axborot tarkibi, uni tashkil etish usullari aniqlanadi, zarur dasturiy va texnik ta’minot tanlovi yoki ishlab chiqilishi amalga oshiriladi, xodimlarning tashkiliy va funksional majburiyatlarni aniqlashtiriladi. Huquqiy ta’minot axborot tizimlari ishlashi sharoitida boshqarishning tashkiliy tuzilmasi elementlari o‘zaro aloqasi qoidalarini mustahkamlaydi. Axborot texnologiyalarining tadrijiy yo‘li uyushgan biznesning yangi modellari rivojlanishi bilan yaqindan shunday bog‘liqki, bu jarayonlar ko‘pincha yagona bir butunlik sifatida qabul qilinadi. Kompaniyalarning axborot tizimi samaradorligini oshirishga intilishi ancha takomillashgan apparat va dasturiy vositalarning paydo bo‘lishini rag‘batlantiradi, ular o‘z navbatida, foydalanuvchilarni axborot tizimini bundan keyingi yangilashga undaydi. Axborot tizimini ishlab chiqishdan oldin, korxona mutahasislari bilan birgalikda, ushbu proektni ishlab chiqib tadbiq qilish maqsadga muvofiqmi yoki yo‘qmi degan savolga javob berishlari kerak. Aks holda axborot tizimini korxona faoliyatida qo‘llash natijasida kutilgan samaraga erisholmaslik mumkin. Bundan tashqari, mavjud muammoni avtomatlashtirish usulida echishda bozorda taklif qilinayotgan Axborot tizimini qo‘llash mumkin yoki mumkin emasligini xam ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu xolda axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish orasidagi vakt bir necha marotaba qisqarishi mumkin. Tizimli tadqiqot asosida qurilayotgan muammoga tegishli bo‘lgan barcha masalalar majmuasi tizimlar nazariyasiga asoslangan holda qabul qilinib, ularning orasidagi mavjud aloqalarni ko‘rsatish kerakdir. Ushbu axborot tizimini ishlab chiqish bosqichi muammoni har tomonlama ko‘rib chiqadi va tizimni loyihalash uchun zamin tayyorlaydi. Loyihalash bosqichida, muammoga tegishli barcha kirish (birlamchi), oraliq (agar mavjud bo‘lsa) va chiqish hujjatlarining o‘zaro bog‘liqligi va ularning formalari kompyuterga kiritishda osonlashtirish holiga keltiriladi. Hujjatlardagi ortiqcha ma’lumotlar chiqarib tashlanadi. Tasdiqlangan loyihani zamonaviy dasturlash tillari asosida kompyuterning ichki tiliga o‘tkaziladi. Bu jarayon judayam murakkab bo‘lib, yuqori saviyali dasturlovchilarni jalb qilishni talab etadi. Hozirgi paytda iqtisodiy tizim infratuzilmasining muhim qismini savdo kompaniyalari tashkil etadi, ularning bosh vazifasi iste’molchilar buyurtma beradigan tovarlarni savdo kompaniya bo‘linmalari, savdo tashkilotlari kompaniya bo‘linmalari va vakolatxonalari orqali iste’molchiga o‘z vaqtida yetkazib berish va samarali sotishdir. Savdo kompaniyalarida logistika muhim ro‘l o‘ynaydi. Agar unga tegishli bo‘lgan muammolar doirasini jamlikda ko‘rib chiqilsa, unda turli tuman oqimlarni boshqarish masalalari ular uchun umumiy bo‘ladi. Bozor munosabatlari sharoitida moddiy texnika bazasini takomillashtirish me’yorlari o‘zining ilgarigi axamiyatini yo‘qotdi. Har bir xo‘jalik sub’ekti aniq bir vaziyatni mustaqil baxolaydi va qarorlar qabul qiladi. Dunyo tajribalarining guvohlik berishicha, kimki logistika sohasida uquvli bo‘lsa va uning uslublarini yaxshi egallasa, raqobatli kurashda peshqadamlikni qo‘lga kiritadi. Bu o‘rinda logistikaning namunaviy biznes-jarayonlari, tashkiliy-shtat tuzilmasi, xizmat ko‘rsatish ishi texnologiyasi ko‘rib chiqiladi. Logistika xizmati kechadigan biznes jarayonlar bayoniga bevosita o‘tishdan avval, savdo kompaniyalarida qo‘llaniluvchi biznes-tizimlar va biznes-jarayonlar ta’riflarini beramiz. Biznes-tizim tugal maqsadi — mahsulotni sotish bo‘lgan ko‘plab biznes-jarayonlar bilan bog‘lik holda namoyon bo‘ladi. Mahsulot deganda tovarlar, xizmatlar va axborot tushuniladi.



Download 1,77 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Download 1,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Xizmat aloqasi tizimi bilan ishlash

Download 1,77 Mb.