• 31 Mavzu: Plezioxron raqamli ierarxiya bilan ishlash.
  • Mavzu: Uzatish tizimida masofaviy ta’minotni tashkil etish




    Download 1,77 Mb.
    bet54/81
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #153120
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
    Bog'liq
    Uzb tema

    Mavzu: Uzatish tizimida masofaviy ta’minotni tashkil etish.


    Uzatish tizimlaridan foydalanish jarayonida ularning ishonchliligini loyihalash darajasini tutib turishga qaratilgan maxsus 309 tadbirlar o‘tkazilishi zarur. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi texnik xizmat ko ‘rsatish (TXK) deb ataladi. TXK foydalanilayotgan tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uzatish tizimlarining sifat ko‘rsatkichlarini loyihalash qiymatlarini tutib turish maqsadida ishlarning tashkil qilinishini va tartibini belgilovchi o‘zaro bog‘langan vositalar va hujjatlar yig‘indisi texnik xizmat ko ‘rsatish tizimi deyiladi. TXKni tashkil qilish uzatish tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ulardan asosiylari quyidagilar: • UTning katta masofalarga tarqalganligi; • liniya trakti tuzilishining turliligi (kuchaytiruvchi va regeneratsiyalovchi punktlar o‘rtasidagi masofaning har xilligi, ularning tuzilishi va o‘lchov vositalari bilan jihozlanganligidagi farq va boshqalar); • uzatish liniyalarining turli xilligi (turli modifikatsiyadagi tolali optik; elektrik-simmetrik va koaksial kabellar); • bir-biridan chastotalar spektrining kengligi (kanallari chastota bo‘yicha ajratilgan UT) va signallarni uzatish tezligi (kanallari vaqt bo‘yicha bo‘lingan UT) bilan farq qiladigan guruhli traktlarning mavjudligi. Natijada uzatish kanallari va traktlarining ishlash qobiliyati hamda sifat holatini tekshirish uchun turli xil o‘lchov apparatura va vositalariga bo‘lgan ehtiyoj tug‘iladi. TXK operatsiyasi boshqalardan o‘zining xususiyatlari bilan, masalan, axborotni uzatish tizimlarining tarqoqligi bilan farq qiladi. TXK quyidagi tadbirlarni o‘ziga birlashtirgan: • UTdagi ishlamay qolishlar va nosozliklarning oldini olish hamda bartaraf etishni (apparaturaning ishonchliligi past bo‘lgan elementlari va tugunlarini almashtirish, kabelli liniya trassalarining holati ustidan muntazam texnik kuzatishni amalga oshirish va h.k.); • uzatish kanallari va traktlarining asosiy sifat ko‘rsatkichlarini belgilangan chegarada saqlab turishni; • apparatura va kabellarda yuzaga keladigan ishlamay qolishlar, nosozliklar hamda shikastlanishlarni bartaraf qilish orqali UTning ishlash qobiliyatini tiklashni; • normativ-texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan loyihalash qiymat - lariga yetkazish uchun apparatura yoki uning tugunlarining parametrlarini hamda uzatish kanallari va traktlarining tavsiflarini sozlash va rostlash (to‘g‘rilash)ni; 310 • apparaturani zaxira elementlar, tugunlar va jihozlar bilan ta’minlashni; • UTning texnik holatini nazorat qilishni; • texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Yuqorida keltirilganlardan TXK, UTning texnik holatini boshqarish bo‘yicha ishlar majmuasini o‘zida ifodalaydi. Apparatura, kabel, uzatish kanallari va traktlarining texnik va sifat holatlarini nazorat qilish jarayonida olinadigan ma’lumotlar, UTning holati hamda ta’mirlash ishlarini olib borish zarurligi to‘g‘risidagi obyektiv qaror qabul qilish, shuningdek, tavsiflarning loyihalash qiymatlaridan jiddiy chetga chiqishlarini va ishlamay qolishlarini bashoratlash imkonini beradi. Bashorat natijalari bo‘yicha TXK operatsiyalarini o‘tkazish muddatlarini to‘g‘rilash mumkin. Buning uchun u yoki bu ishlarni olib borishga oldindan tayyorgarlik qilish lozim, bu esa UTning bekor turib qolish va yomonlashgan sifat ko‘rsatkichlari bilan ishlash vaqtini qisqartirish imkonini beradi. TXKni optimallashtirish muhim vazifa hisoblanadi, uning hal qilinishi esa samaradorlikning oshishiga ko‘maklashadi. Bu vazifaning hal etilish ahamiyati, mehnat hajmi kattaligi tufayli yuqori, binobarin, UTning o‘ziga xos xususiyatlari (uzoq masofalarga tarqalganligi, har xil turdaligi va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lgan TXK narxi ham yuqoridir. Shuniyam ta’kidlash joizki, UTga texnik xizmat ko‘rsatishning an’anaviy tizimi evristik asosga binoan qurilgan. U ko‘rsatilgan talablarni ma’lum bir darajada qondiradi. Biroq TXKning an’anaviy prinsip bo‘yicha tashkil qilinishi turli ishlarning ko‘pligi tufayli, qator hollarda ular hajmining davomiyligining va qiymatining asossiz ravishda oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun zamonaviy UTga xos bo‘lgan ishonchlilikni, mikroprotsessorli texnikaning mavjudligini va yetarli darajada ishlab chiqilgan murakkab tizimlarning xizmat ko‘rsatish nazariyasini hisobga olgan holda, talab qilingan samaradorlik darajasida uning funksionalligini saqlagan holda, UTga texnik xizmat ko‘rsatishda sarflanadigan mehnatni qisqartirishga erishishga harakat qilinadi. Bu maqsadga erishish va TXKni optimallashtirish vazifalarini hal qilish uchun xizmat ko‘rsatish jarayonlarining matematik modellari aniqlanadi. M odellar UT mumkin bo‘lgan holatlarini ham da undan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi.
    31 Mavzu: Plezioxron raqamli ierarxiya bilan ishlash.

    RUTlarining ierarxiya usulida tuzilishi, kanal hosil qiluvchi qurilmalarni takomillashtirish, tayyorlash jarayonini engillashtirish, texnikasidan foydalanuvchi qurilmalarni yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda RUTlarning ikki ierarxiya turi keng tarqalgan: Yevropa va Shimoliy Аmerika. Yevropa ierarxiyasi IKM-30 turidagi birlamchi raqamli uzatish tizimlariga asoslangan. Bunda analog-raqamli qurilma har birining oʼtkazuvchanlik qobiliyati 64 kbit/s ga teng boʼlgan 30 ta kanalni shakllantiradi. Guruxli signalni uzatish tezligi 2048 kbit/s ga teng. Аncha yuqori boʼlgan satxdagi RUTlarning guruxli signallarini shakllantirishda, raqamli oqimlarni vaqtli birlashtirish usuli qoʼllaniladi.Bunday oqimlar past satxli RUTlarning qurilmalarida shakllanadi. 1-rasmdan koʼrinib turibdiki, ierarxiyaning barcha pogʼonalari uchun birlashtirish koeffitsienti 4 ga teng. Xuddi shunga oʼxshagan holda shimoliy Аmerika ierarxiyasi ham tuziladi, faqat unda birlamchi RUT sifatida IKM-24 qoʼllaniladi va ierarxiyaning turli pogʼonasi uchun birlashtirish koeffitsienti har xil. Yuqoridagi ikki ierarxiya, pleziaxron raqamli ierarxiya nomini olgan. Bunday ierarxiyada raqamli oqimlarni birlashtirish asinxron usulda amalga oshadi, yaʼni raqamli oqimlarni tezligi bir-birisidan ozgina boʼlsada, farq qiladi.Bunday xolatda oqimlarni birlashtirish uchun tezliklarni sozlash amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda sinxron raqamli ierarxiyaga tegishli yuqori koʼrsatkichiga ega boʼlgan tizimlar keng tarqalmoqda. Bu pleziaxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari bilan bogʼliq. Chunki tarmoq rivojlana borgan sari tarmoqni nazorat qilish va boshqarish muammolari yuzaga keldi va ushbu raqamli uzatish tizimlarini takomillashtirish ehtiyoji tugʼildi.




    1-rasm: 


    Download 1,77 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Uzatish tizimida masofaviy ta’minotni tashkil etish

    Download 1,77 Mb.