• Rivojlantiruvchi maqsadi
  • Darsning uslubi
  • Mavzu: spraytlar bilan ishlash darsning maqsadi: Ta`limiy maqsadi




    Download 1,04 Mb.
    bet1/12
    Sana25.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128192
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mavzu spraytlar bilan ishlash darsning maqsadi Ta`limiy maqsad


    Mavzu: SPRAYTLAR BILAN ISHLASH
    Darsning maqsadi:

    1. Ta`limiy maqsadi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari bilan ishlashni o`rgatish.

    2. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.

    3. Rivojlantiruvchi maqsadi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.

    Darsning jihozi: 5- sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi,
    (kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar.
    Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
    Darsning borishi:
    Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
    Yangi mavzu bayoni:



    Sizlar bilan avvalgi mavzuda Scratch dasturlash
    muhiti va imkoniyatlari bilan tanishib chiqdik. Spraytlarni harakatga keltirish yoki multfilmlar yaratishdan oldin, ularni joylashtirish, kostyumlarni almashtirish, sahna fonini o‘zgartirishkabi ko‘nikmalarni hosil qilishimiz kerak.

    Scratch interfeysining spraytlar panelida joylashgan:
    1 – Choose a Sprite(spraytlarni tanlash) va
    2 – Choose a Backdrop(sahna fonini tanlash) yordamida, sichqonchani ular ustiga olib borish bilan, suzib chiquvchi bo‘limlar orqali tanlanadi.
    Ammo spraytlarning quyidagi parametrlarini o‘zgartirish uchun shu oynachada joylashgan
    sprayt rasmi tanlanadi, ular faol holatga o‘tgach, kerakli parametrlar o‘zgartiriladi.
    N ame— spraytga nom berish;
    Show— faol yoki ko‘rinmas qilish;
    Size— sprayt o‘lchami;
    Direction— burilish burchak qiymati;
    X, Y— spraytning boshlang‘ich pozitsiyasini o‘rnatish.
    1-mashq.“Mening birinchi loyiham!” Sahnaga yangi sprayt va fonni joylash.
    B ajarish texnologiyasi
    1-rasmda ko‘rsatilgan Choose
    a Backdrop(fon tanlash)
    tugmachasi
    bosiladi va hosil bo‘lgan oynachadan Sports  Playing Fieldrasmi tanlanadi.
    Choose a Sprite(spraytlarni tanlash) bo‘limidan Sports  Soccer Ball– koptok rasmi
    tanlanadi. Koptok sahna markaziga joylashadi. Sichqoncha bilan koptok belgilanadi va
    sahnaning kerakli qismiga sudrab o‘tkaziladi.



    Sahnaga yana bir spraytni Choose a Sprite(spraytlarni tanlash) bo‘limidagi Surprise(syurpriz) tugmachasi yordamida tanlaymiz. Sahnada biz kutmagan qahramon yoki biror jism paydo bo‘lishi mumkin. Agar bu sprayt mos kelmasa, uni savatchaga olib tashlaymiz va yana harakat
    q ilib ko‘ramiz. Mavzuga mos bo‘lgan spraytni tanlaymiz va uni sahnaning tanlangan pozitsiyasiga ko‘chirib o‘tamiz.Rasm tayyor bo‘lgach, uni Faylbo‘limining “Save to your compyuter” ko‘rsatmasini tanlash orqali saqlab olamiz. Unga Futboll Scratchnomini
    beramiz. Loyihamiz avtomatik ravishda Scratch Projectspapkasiga saqlanib qoladi.
    2-mashq. Futbol maydonini grafik muharriri yordamida yaratish.
    Bajarish texnologiyasi
    Mashqda saqlangan faylni Load from your computer ko‘rsatmasi yordamida ochamiz.
    Spraytlar panelida fonga tegishli tugmachani bosib,
    Paint (grafik muharrir) ikonkasini tanlaymiz va uskunalar
    yordamida istalgan tasvirni hosil qilamiz:
    1 ) dastlab rang tanlaymiz, so‘ngra 1-uskuna (to‘g‘ri
    to‘rtburchak) yordamida yashil to‘g‘ri to‘rtburchakni
    chizib olamiz;
    2) 2-uskuna (to‘g‘ri chiziq) yordamida to‘rli darvoza
    chizib olamiz;
    3) 3-uskuna (mo‘yqalam) yordamida bulutlarni
    chizamiz;
    4) 4-uskuna (bo‘yoq) yordamida bulutlarni
    bo‘yaymiz.

    Download 1,04 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: spraytlar bilan ishlash darsning maqsadi: Ta`limiy maqsadi

    Download 1,04 Mb.