• 4. Strategik boshqarish ijrochilari.
  • ‑rasm. Strategik menejment jarayoni




    Download 111,31 Kb.
    bet4/5
    Sana24.05.2024
    Hajmi111,31 Kb.
    #252583
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Strategik boshqaruv va rejalashtirish.

    3‑rasm. Strategik menejment jarayoni

    4-босқич

    2-босқич

    3-босқич

    1-босқич

    5-босқич





    Зарурат бўлганда
    қайта кўриб чиқиш



    Зарурат бўлганда
    1-4-босқичларга қайтиш



    Яхшиланиш

    Зарурат бўлганда
    қайта кўриб чиқиш

    Яхшиланиш





    4. Strategik boshqarish ijrochilari.
    Firmaning ijrochi direktori strategiya bo‘yicha eng ta’sirli va javobgar menejer bo‘lib xisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo‘yuvchi funksiyalarni bajarishni ko‘zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiyani, uni bajarish yo‘llarini ishlab chiqadi.
    Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funksiyalar bo‘yicha vitse‑prezidentlar xam strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo‘yicha javobgar xisoblanadilar. Xar bir menejer o‘zining javobgarlik soxasi bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini kuzatib boradi.
    Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya bo‘yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud bo‘ladi:
    ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogonasi raxbari;
    aloxida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
    muayyan ishlab chiqarish bo‘linmasi bo‘yicha funksional menejerlar;
    asosiy operativ bo‘linmalar va regional bo‘limlar menejerlari;
    Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo‘yicha bitta yoki ikkita menejer mavjud bo‘ladi.
    Strategik menejerga qo‘yiladigan asosiy talablar.
    Bugungi kundagi murakkab va tez o‘zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo‘nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko‘pincha kompleks menejerlar deb ataladi). Ular biznesning ayrim funksiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, xisob) bajarilishini ta’minlaydigan funksional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jixatdan boshqarib, kompaniyada o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
    E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak:
    - ko‘p narsadan yaxshi xabardor bo‘lishlari,
    - o‘z vaqti va energiyasini boshqara olishlari,
    -yaxshi siyosatchi bo‘lishlari (konsensus topa olishlari),
    -ekspertlarga o‘xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»,
    -dasturni xususiy yo‘nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
    Ko‘p narsadan xabardor bo‘lish boshqaruvning turli pog‘onalarida keng ko‘lamli boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog‘ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ voqelikdan xabardor bo‘lib turishga imkon beradi.
    Ular o‘z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o‘rtasida to‘gri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
    Yaxshi siyosatchi o‘z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo‘lishi, ularni o‘z obro‘si bilan ilgari surish uchun bosim ko‘rsatmasligi kerak. U diktator emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki raxbari sifatida ish tutishi lozim.
    O‘zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu esa firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish tutsa‑da, biroq ularni o‘zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.

    Download 111,31 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 111,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ‑rasm. Strategik menejment jarayoni

    Download 111,31 Kb.