Bu erda, MS - brutto-stavka;
NS - netto-stavka;
YU(%) - yuk (foizlarda ifodalanadi).
Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha tariflar me’yoriy hujjatlar bilan o‘rnatilsa, ixtiyoriy sug‘urtada esa, sug‘urtachi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Aktuar tashkilotlar1
№
|
Kompaniya nomlari
|
Huquqiy tashkiliy shakl
|
1
|
Actuarial Advisers
|
Mas'uliyati cheklangan jamiyat
|
2
|
Actuarial Service Bureau
|
Mas'uliyati cheklangan jamiyat
|
Tarifni aniqlash uslubiyati, tarif stavkasi va uning dastlabki ma’lumotlar manbasi, netto-stavka va «yuk» ulushlari ko‘rsatilgan holda tarif hisob-kitoblari maxsus vakolatli Davlat organiga taqdim etiladi. Mazkur organ tomonidan ruxsat berilganidan so‘ng sug‘urta tashkiloti o‘zi hisoblab chiqqan sug‘urta tarifini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. Har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tarifining hajmi sug‘urta ob’ektini tavsiflovchi qator holatlarni hisobga olgan holda tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilanadi.
Umumiy sug‘urta qilish tarmog‘i klasslari bo‘yicha tarif stavkasini aniqlashda netto-stavka hisob-kitobi muhim hisoblanadi. Aynan uning hisobidan sug‘urtalanuvchilar ko‘rgan zararning qoplama to‘lovlari amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Sug‘urta tashkiloti mukofot undirilishi hisobiga sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida sug‘urtalanuvchi ko‘rgan zararni qoplash uchun etarli miqdordagi summani jamlab olishi muhimdir. Masalan, har yili sug‘urtaga qabul qilingan 1000 xonadondan 6 tasi butunlay yonib ketishi hodisasi ro‘y beradi deb faraz qilsak, har bir xonadonning bahosi 1 mln. so‘m bo‘lsa, bu holatda sug‘urtachi (1 mln. x 6) 6 mln. so‘m miqdoridagi pul fondiga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu sug‘urta qoplamasi summasini sug‘urtalangan ob’ektlar soniga bo‘lish orqali har bir sug‘urtalanuvchiga to‘g‘ri keladigan (6 mln. so‘m : 1000 = 6 ming so‘m) sug‘urta mukofoti aniqlanadi. Aynan shu summa aniq bir sug‘urta ob’ekti uchun hisoblab chiqilgan netto-stavkadir.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari tomonidan netto-stavkani hisoblash amaliyotda birmuncha murakkabroqdir1. Negaki, sug‘urtalangan ob’ektning (bir qismi yoki batamom) zarar ko‘rganligi darajasi, sug‘urta hodisalari (yong‘in, suv toshqini va boshqa) sonining yillar bo‘yicha tafovuti, shuningdek, boshqa qator dalillarni ehtimollikka asoslanib, bashorat qilish va hisobga olish kerak bo‘ladi. Mol-mulk (bino, uy xayvonlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari)ning turli sug‘urta hodisalari (yong‘in, kasalliklar, sovuq va shu kabilar) yuz berishi oqibatida, zarar ko‘rishi yoki halokatga uchrashi ehtimoli turlichadir. SHundan kelib chiqib, ob’ektlarning shartnomada qayd etilishi nazarda tutilayotgan sug‘urta hodisalaridan sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkalari ham turlicha belgilanishi mumkin.
Netto-stavka ikki qismdan - sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi va risk «yuki»dan shakllantiriladi. Sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi - eng katta ehtimollikka ko‘ra, sug‘urtalangan ob’ektlar summasining to‘langan sug‘urta qoplamasi summasi nisbatidan kelib chiqadi. Masalan, bir avtomobilning narxi 10 mln. so‘m, uni ta’mirlash 3 mln. so‘m, yo‘l halokati hodisasi doimiyligi koeffitsienti (DAN ma’lumotiga ko‘ra) 0,2 bo‘lsa, sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi (SS3K = 3 mln. so‘m : 10 mln. x 0,2 x 100 = 6 so‘m yoki 6 %) 6 foizni tashkil etadi.
Risk qoplamasi to‘lovining kattaligi sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Risk bo‘yicha sug‘urta mukofoti uning yuz berish ehtimolligining vaqt va kenglikdagi holatidan keltirib chiqariladi. Hayot sug‘urtasi tarmog‘ida risk ehtimoli mijozlar jinsi va yoshiga ko‘p jihatdan aloqador bo‘lsa, umumiy sug‘urta tarmog‘ida esa, nisbatan doimiy risk mavjuddir. Ammo ma’lum vaqt oralig‘ida risk kattaligi o‘zgarishi ham kuzatiladi.
|