|
biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullari
|
bet | 2/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 15,99 Kb. | | #145263 |
Bog'liq Mavzu Tadbirkorlik faoliyatida electron davlat xizmatlarida foy-fayllar.orgbiznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullari (Business Process Reengineering) asosida har bir davlat xizmatini maqbullashtirish, shu jumladan, muddatlar va talab etiladigan hujjatlar sonini maksimal darajada qisqartirish orqali “bir darcha” tamoyilini amaliyotga to‘liq tatbiq etish;
ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holati, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining ehtiyoji va talablaridan kelib chiqib davlat xizmatlarining yangi turlarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan davlat xizmatlarini birlashtirish yoki bekor qilish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inklyuziv muhitni yaratish;
davlat organlarining tashabbusi asosida proaktiv davlat xizmatlari hamda bitta so‘rov bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kompozit davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish;
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish ko‘nikmalarini oshirib borish.
4. Quyidagilar:
Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2022 yil 1 iyuldan ayrim talab va shartlari bekor qilinayotgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
2022 yil 1 iyundan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydigan davlat xizmatlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
“Elektron hukumat” doirasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari to‘g‘risida elektron xabardor qilish tizimiga davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish jadvali 5-ilovaga muvofiq;
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini Yagona billing tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish jadvali 6-ilovaga muvofiq;
|
| |