• 2022 yil 1 iyunga
  • 2022 yil 1 avgustdan
  • Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatida electron davlat xizmatlarida foydalanish




    Download 15,99 Kb.
    bet4/6
    Sana25.01.2024
    Hajmi15,99 Kb.
    #145263
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu Tadbirkorlik faoliyatida electron davlat xizmatlarida foy-fayllar.org

    ikki oy muddatda nodavlat tashkilotlarni Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulash hamda barcha davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar nodavlat tashkilotlarga faqat Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali taqdim etilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
    2022 yil 1 iyunga qadar ushbu farmonga 4-ilovada ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan YAIDXPda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlamasdan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
    2022 yil 1 avgustga qadar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Mobil-ID tizimini, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimidan foydalangan holda taqdim etishning yangi tartibini joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirsin.
    8. Shaxsga doir ma’lumotlarning konfidensialligini va ishonchli himoya qilinishini ta’minlash maqsadida 2022 yil 1 avgustdan boshlab shaxsga doir ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimidan foydalangan holda olishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
    davlat organlari tomonidan shaxsga doir ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali so‘rab olinganda shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektining YAIDXPdagi shaxsiy kabineti yoki Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tgan mobil telefon raqamiga bu haqida xabarnoma yuboriladi (bundan davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan holatlar mustasno);
    xo‘jalik birlashmalari, davlat tashkilotlari va muassasalari, “Elektron hukumat” tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishda shaxsga doir ma’lumotlar uning sub’ekti roziligi bilan “Elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi. Bunda, ma’lumotlar tegishli tashkilotga shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektining YAIDXPdagi shaxsiy kabineti yoki Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tgan mobil telefon raqamidan tasdiq olingandan so‘ng “Elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi.
    Davlat personallashtirish markazi Adliya vazirligi bilan birgalikda 
    Download 15,99 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 15,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatida electron davlat xizmatlarida foydalanish

    Download 15,99 Kb.