|
-2026 yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)
|
bet | 3/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 15,99 Kb. | | #145263 |
Bog'liq Mavzu Tadbirkorlik faoliyatida electron davlat xizmatlarida foy-fayllar.org2022-2026 yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, 2022 yil 1 iyuldan boshlab kommunal tashkilotlar tomonidan aholidan, shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son farmonining 4-bandi hamda 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son farmonining 5-bandida nazarda tutilgan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ va “Toshissiqquvvati” DUK Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 iyunga qadar o‘z axborot tizimlarining “Elektron hukumat” tizimi doirasida ishlovchi Raqamli ma’lumotlar platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
6. Xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolar va xususiy sektorga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagi nodavlat tashkilotlarga “Elektron hukumat” tizimi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratilsin:
tijorat banklari;
telekommunikatsiya tashkilotlari;
xususiy tibbiyot muassasalari;
nodavlat ta’lim tashkilotlari;
sug‘urta tashkilotlari.
Belgilansinki, “Elektron hukumat” tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan nodavlat tashkilotlar shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish hamda uchinchi shaxslarga ma’lum qilmaslik bo‘yicha zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishi shart. Bunda, shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish tegishli litsenziyaning talab va shartlaridan biri hisoblanadi.
7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
bir oy muddatda “Elektron hukumat” tizimi doirasida ma’lumotlarni nodavlat tashkilotlarga taqdim etuvchi Raqamli ma’lumotlar platformasini ishlab chiqsin;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-2026 yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)
|