6-ilova
7-ilova
7A-ilova
8-ilova
Dars – о‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli.
Ta’limning turli shakllaridan samarali foydalanish muhim
didaktik vazifa sanaladi. Ta’lim amaliyotida ta’limning
jamoaviy (ommaviy), guruhli va individual shakllaridan
foydalaniladi.
О‘ziga xos xususiyatlar
Bir xil yosh va taxminan bir xil tayyorgarlik darajasiga ega bо‘lgan
о‘quvchilardan tarkib topadi va bu tarkibta’limning umumiy davrida
doimiy tarkibini saqlaydi; о‘quv faoliyati yagona yillik reja va dasturga
kо‘ra turg‘un dars jadvali bо‘yicha tashkil etiladi; о‘quvchilar maktabga
yilning bir vaqtida va belgilangan soatlarida keladilar; о‘quv
mashg‘ulotining asosiy birligi dars hisoblanadi; dars odatda muayyan
fanlar bо‘yicha tashkil etiladi; о‘quvchilar sinfda bitta material ustida
ishlaydilar; о‘qituvchi о‘quvchilar faoliyatiga rahbarlik qiladi; u о‘z fani
bо‘yicha har bir о‘quvchining BKMni baholaydi va yil oxirida о‘quvchini
keyingi sinfga о‘tishi haqida qaror qabul qiladi
Sinf-dars tizimining о‘ziga xos xususiyatlari
Dars bevosita о‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt
davomida muayyan о‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim
jarayonining asosiy shakli sanaladi
Asosiy turlari
1) aralash darslar; 2) yangi ma’lumotlarni berish darslari;
3) bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
4) о‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari;
5) malaka va kо‘nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
6) bilimlarni tekshirish va tahlil qilish darslari;
7) bitta asosiy didaktik maqsadga ega darslar